O‘t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarining vazifasi


Download 352.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/25
Sana16.06.2023
Hajmi352.21 Kb.
#1511517
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
4-мавзу

Vakuum-rostlagich. Vakuum-rostlagich o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini
dvigatelning yuklamasiga ko‘ra rostlash uchun xizmat qiladi. Yuklama kam 
bo‘lganda silindrlarning yonilg‘i aralashmasi bilan to‘lish darajasi, va demak, o‘t 
olish daqiqasidagi bosim pasayadi. Shu bilan birga ishchi aralashmaning qoldiq 
gazlar bilan ifloslanishi kuchayadi, natijada yonish tezligi kamayadi. Bu esa o‘t 
oldirishning 
ilgarilatish 
burchagini 
oshirish 
zaruriyatini tug‘diradi. Yuklama ortishi bilan 
silindrlarning yonilg‘i aralashma bilan to‘lish darajasi 
ortib boradi, qoldiq gazlar miqdori esa aksincha, 
kamayib boradi va yonish tezligi ortadi. Demak, bu 
holda o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini 
kamaytirish kerak bo‘ladi. 
3.11-rasm. Markazdan 
qochma rostlagich 


Vakuum-rostlagichning 
tuzilishi 
3.12-rasmda 
keltirilgan. 

ichki 
bo‘shlig‘i elastik diafragma 4 bilan 
bo‘lingan qobiq 5 va uning qopqog‘i 
1 dan iborat bo‘lib, uning prujina 3 
joylashtirilgan o‘ng yarim bo‘shlig‘i 
naycha 2 yordamida drossel 
to‘siqchasining 
yuqori 
qismidagi 
karburatorning aralash-tirish kamerasi 
bilan bog‘langan. Ikkinchi yarim 
bo‘shlig‘i 
esa 
atmosfera 
bilan
tutashtirilgan. Diafragma 4 ga tortqi 6 
mahkamlangan bo‘lib, u sharnirli 
birikma yordamida uzgich o‘rnatilgan 
qo‘zg‘aluvchi 
plastina 

bilan 
bog‘langan. Qo‘zg‘aluvchi plastina 
zo‘ldirli 
podshipnikka 
o‘rnatilgan 
bo‘lib, 
bu 
vakuum-rostlagichning 
sezuvchanlik darajasini oshiradi. 
Vakuum-rostlagich 
quyidagicha 
ishlaydi
Dvigatel 
yuklamasi 
kamayganda drossel to‘siqchasi qiya 
berkitiladi 
va 
vakuum 
rostlagich 
naychasi 2 ulangan joyda, demak, 
diafragmaning o‘ng tomonidagi yarim
bo‘shliqda havoning siyraklashishi
ortadi. Natijada, ikkita yarim bo‘shliqlar 
orasida vujudga kelgan bosimlar farqi 
ta’sirida diafragma 4 prujina 3 kuchini 
yengib harakatga keladi va u bilan birga 
harakatlangan tortqi 6 qo‘zg‘aluvchi 
plastina 7 ni, unga joylashtirilgan 
uzgichni kulachok aylanishiga qarama-qarshi yo‘nalishda buradi. Bu o‘t 
oldirishning ilgarilatish burchagini oshiradi. Dvigatel yuklamasi ortishi bilan drossel 
to‘siqchasi ham ochila boshlaydi, diafragmaning o‘ng tomonidagi bo‘shliqda 
havoning siyraklashishi kamayadi va prujina 3 diafragmani, u bilan bog‘liq bo‘lgan 
tortqini o‘ng tomonga harakatlantiradi. Tortqi qo‘zg‘aluvchi plastinani va uzgichni 
kulachok aylanishi yo‘nalishida burib, o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini 
kamaytiradi. 
Dvigatel salt ishlaganda drossel to‘siqchasi naycha 2 ning karbyuratorga 
tutashgan teshikchasini berkitib qo‘yadi va vakuum-rostlagich ishlamaydi. 

Download 352.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling