O‘t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarining vazifasi
Kontaktli o‘t oldirish tizimining tavsifnomasini yaxshilash
Download 352.21 Kb. Pdf ko'rish
|
4-мавзу
Kontaktli o‘t oldirish tizimining tavsifnomasini yaxshilash. O‘t oldirish
tizimining tavsifnomasini o‘t oldirish g‘altagining parametrlarini tanlash, variator va juft uzgichlar qo‘llash yo‘llari bilan yaxshilash mumkin. 1. O‘t oldirish g‘altagining parametrlarini tanlash. Birlamchi tokning aniqlash ifodaci (3.3) ga ko‘ra o‘t olish g‘altagi induktivligi qancha kichik bo‘lsa, uzilish tokining qiymati ham shuncha katta bo‘ladi Lekin, ikkinchi tomondan, induktivlik L ikkilamchi kuchlanishni aniqlash formulasi (3.4 ) ning ildiz ostidagi kasr suratiga kiradi va uni me’yoridan ortiqcha kamaytirilishi U 2max ning ham pasayishiga olib kelishi mumkin. Hozirgi vaqtda o‘t oldirish g‘altagining induktivligi va o‘ramlar sonining eng optimal qiymatlari elektron-hisoblash mashinalari yordamida aniqlanadi. 2. Variatorni qo‘llash. Ikkilamchi kuchlanish formulasi (3.4) o‘t oldirish tizimining tavsifnomasini yaxshilash, avvalo, uzilish toki I u ni oshirish bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bu tokni oshirish uchun birlamchi zanjir qarshiligini kamaytirish kerak. Ammo uzgich kontaktlari kuymasdan uzoq vaqt ishlashi uchun ulardan o‘tadigan tok 4,5 A dan ortmasligi kerak. Shuning uchun birlamchi zanjir qarshiligini uzgich kontaktlarining ishonchli ishlashini ta’minlaydigan qiymatidan kamay-tirish mumkin emas. Ammo birlamchi zanjir qarshiligini undan o‘tayotgan tok qiymatiga qarab avtomatik ravishda o‘zgartirish mumkin. Buning uchun birlamchi zanjirga, odatda, temperatura koeffitsienti katta bo‘lgan nikel simdan o‘ralgan qo‘shimcha qarshilik R q variator ulanadi. Variatordan qanchalik katta tok o‘tsa, u shunchalik ko‘p qiziydi va o‘z qarshiligini bir necha marta oshiradi. Variatorning bu xususiyatidan birlam-chi zanjir qarshiligini, undan o‘tayotgan tok qiymatiga ko‘ra o‘zgartirish uchun foydalaniladi. O‘t oldirish tizimi va g‘altak parametrlari shunday hisoblanadiki, dvigatelning eng past aylanishlar chastotasida variator qizib eng katta qarshilikka ega bo‘lganda, o‘t oldirish tizimi me’yorida ishlaydi va silindrlarda ishonchli o‘t oldirish jarayoni ta’minlanadi. Bu holda birlamchi zanjirdan o‘tayotgan tok eng katta qiymatga ega bo‘ladi. Endi, aylanishlar chastotasi ortishi bilan uzgich kontaktlarining tutashib turish vaqti t t kamayadi va birlamchi zanjirdan o‘tayotgan tok i 1 qiymati ham pasaya boshlaydi. Birlamchi tok i 1 ning pasayishi variator o‘ramlarini sovushiga va qarshiligini kamayishiga olib keladi. Birlamchi zanjirdagi qo‘shimcha qarshilik qiymatining kamayishi, birlamchi tok qiymatini nisbatan ortishiga olib keladi. Xulosa qilganda, o‘t oldirish tizimida variator qo‘llanishi dvigatelning aylanishlar chastotasi ortishi bilan birlamchi tok i 1 va ikkilamchi kuchlanish U 2max ning pasayish tezligi kamayib, o‘t oldirish tizimining aylanishlar chastotasi bo‘yicha ishlash doirasini kengaytirish imkoniyatini beradi (3.8-rasm). Download 352.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling