O‘t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarining vazifasi


  O‘t oldirish tizimiga bo‘lgan talablar va uning asosiy


Download 352.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/25
Sana16.06.2023
Hajmi352.21 Kb.
#1511517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
4-мавзу

3.1.2. 
O‘t oldirish tizimiga bo‘lgan talablar va uning asosiy 
ko‘rsatkichlari 
Ichki yonuv dvigatellarining ishlash sharoitlariga ko‘ra, o‘t oldirish tizimlari 
quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim: 
- dvigatelning hamma ish rejimlarida o‘t oldirish shami elektrodlari orasidagi 
tirqishini teshib o‘tish uchun yetarli bo‘lgan yuqori kuchlanishni avj oldirish; 
- o‘t oldirish shami elektrodlari orasida hosil bo‘ladigan uchqun dvigatelni ishga 
tushirish jarayonida va boshqa barcha ish rejimlarida yonilg‘i aralashmasini 
ishonchli o‘t oldirish uchun yetarli energiyaga ega bo‘lishi; 
- ishchi aralashmaning aniq belgilangan daqiqada o‘t oldirilib, dvigatelning 
ishlash sharoitiga mos tushishini ta’minlanish ; 
- dvigatelning me’yorida va tejamli ishlashini ta’minlashda alohida o‘rin
tutganligi sababli, o‘t oldirish tizimi hamma qismlarining yuqori ishonchlilik 
darajasiga ega bo‘lishi ; 
- o‘t oldirish shami elektrodlarining yemirilish darajasi belgilangan chegarada 
bo‘lishi. 
Yuqorida keltirilgan talablardan kelib chiqib, o‘t oldirish tizimi quyidagi 
ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi: 
• avj oldiradigan yuqori (ikkilamchi) kuchlanish, U
max 

• teshib o‘tish kuchlanishi, U
to 

• yuqori kuchlanish bo‘yicha zaxira koeffitsienti, K


3.1-rasm. O‘t oldirish tizimining umumiy sxemasi 
1 – akkumulatorlarlar batareyasi; 2 - o‘t oldirish kaliti; 3 - o‘t oldirish g‘altagi; 4 
– uzgich-taqsimlagich; 5 - kondensator; 6 - - o‘t oldirish shamlari 


• uchqunli razryad parametrlari; 
• o‘t oldirishni ilgarilatish burchagi ; 
• yuqori kuchlanishning o‘sish tezligi. 
Teshib o‘tish kuchlanishi. O‘t oldirish sham elektrodlari orasidagi tirqishni
teshib o‘tadigan darajadagi qiymatlarga ega bo‘lgan kuchlanishga teshib o‘tish 
kuchlanishi - U
to
deb ataladi. U Pashen qonuniga binoan dvigatel silindrlaridagi 
bosimga va sham elektrodlari orasidagi tirqish kattaligiga to‘g‘ri proporsional va 
yonilg‘i aralashmasi haroratiga teskari proporsional bo‘ladi. Teshib o‘tish 
kuchlanish qiymatining yonilg‘i aralashmasining temperaturasi va silindrdagi
bosimga bog‘liqligi 3.2-a rasm-da ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, U
to
yonilg‘i 
aralashmasining tarkibiga sham elektrodlari materialiga, shakliga va 
temperaturasiga, uzatilgan yuqori kuchlanishli impulsining davomiyligiga va uning
qutb ishorasiga va nihoyat dvigatelning ishlash sharoitlariga ham bog‘liq. Masalan, 
atrof-muhit harorati past bo‘lganda dvigatelni ishga tushirishda silindr devorlari va 
sham elektrodlari sovuq, so‘rilayotgan yonilg‘i aralashmasining temperaturasi past 
va yaxshi aralashmagan bo‘ladi. Natijada, siqish taktida aralashma yaxshi qizimaydi 
va yonilg‘i tomchilarining bug‘lanishi sust sodir bo‘ladi. Sham elektrodlari orasidagi 
tirqishga tushgan bunday aralashma, U
to
qiymatini 15-20% ga oshirilishini talab 
qiladi. 
Dvigatel tirsakli vali aylanishlar chastotasining ortishi va silindrlardagi 
bosimning o‘sishi hisobiga U
to
dastlab ortadi, lekin keyinchalik kamaya boshlaydi, 
chunki yonilg‘i aralashmasining yangi ulushi bilan silindrlarni to‘lish darajasi 
pasayadi va shamlarning markaziy elektrodi temperaturasi ortadi. Teshib o‘tish 
kuchlanishining maksimal qiymati dvigatelning ishga tushishi va to‘la yuklama 
bilan ishlash hollariga to‘g‘ri keladi (3.2-b rasm). 
Yangi avtomobillar dastlabki 20 ming kilometr masofani bosib o‘tganda, sham 
elektrodlari shakli-ning o‘zgarishi (chekkalari yumaloqlanishi) hisobiga U
to
qiymati 
3.2-rasm. Turli omillarning teshib o‘tish kuchlanishiga ta’siri 
a) Silindrdagi bosim va yonilg‘i aralashmasi temperaturasining U
tu
 ga ta’siri; 
 b) U
to

 
ni dvigatel yuklamasining turli qiymatlarida tirsakli valning aylanish chastotasiga 
bog‘liqligi : 1 - to‘la yuklama bo‘lgan holat; 2-yuklama yarim qiymatga ega bo‘lgan holat; 3-
yuklama eng kichik qiymatga ega bo‘lgan holat; 4 - dvigatelni ishga tushirish va u salt ishlagan 
holat 


20-25% ga oshadi. Keyinchalik, elektrodlar yeyilishi va ular orasidagi tirqish 
ortishi sababli U
to
sekin-asta oshib boradi. Shuning uchun, avtomobil har 10-15 
ming kilometr yo‘l bosib o‘tganda sham elektrodlari orasidagi tirqishni tekshirib
zarurat bo‘yicha rostlab turish kerak. U
to
ning eng katta qiymati (12000V) 
dvigatelni ishga tushirish va aylanish chastotasini oshirish jarayonida, eng kichik 
qiymati ( 5000-6000V) esa dvigatel maksimal quvvat bilan barqarorlashgan rejimda
ishlaganda kuzatiladi. Uchqunli razryad parametrlari (energiyasi va davom etish 
vaqti, elektrodlar orasidagi tirqish) silindrdagi yonish jarayonining boshlang‘ich 
qismiga, dvigatelni ishga tushirishda, salt ishlaganda hamda barqarorlashmagan va 
qisman yuklamali rejimlarda ishlaganda katta ta’sir ko‘rsatadi. 

Download 352.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling