O‘t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarining vazifasi


Kontaktli o‘t oldirish tizimining ishlash prinsipi


Download 352.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/25
Sana16.06.2023
Hajmi352.21 Kb.
#1511517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
4-мавзу

Kontaktli o‘t oldirish tizimining ishlash prinsipi. O‘t oldirish kaliti 2 
ulanganda, 
tok 
akkumulatorlar 
batareyasi 1 ning musbat qutbi, o‘t 
oldirish kaliti 2, qo‘shimcha qarshilik 
4, o‘t oldirish g‘altag 5 ining birlamchi
chulg‘ami va uzgich kontaktlari 7, 8 
(ular tutash bo‘lganda) orqali massaga 
o‘tadi va massadan batareyaning
manfiy qutbiga qaytib keladi.
Birlamchi chulg‘amdan o‘tayotgan tok 
uning atrofida magnit maydon hosil 
qiladi. Maydon kuch chiziqlari o‘t
oldirish g‘altagining har ikkala 
chulg‘amini kesib o‘tadi va g‘altak 
o‘zagi orqali tutashadi. Aylanayotgan 
3
.5-rasm. Kontaktli o‘t oldirish tizimining
umumiy sxemasi 


kulachok kontaktlarni uzganda, birlamchi chulg‘amdan o‘tayotgan tok zanjiri 
uziladi va natijada u hosil qilgan magnit maydon katta tezlik bilan yo‘qola boshlaydi.
Yo‘qolib borayotgan magnit maydon har ikkala chulg‘amda o‘zinduksiya EYUK
hosil qiladi va elektromagnit induksiya qonuniga asosan uning kattaligi magnit 
maydonning yo‘qolish tezligiga va chulg‘amlardagi o‘ramlar soniga to‘g‘ri 
proporsional bo‘ladi. Natijada, o‘ramlar soni juda ko‘p bo‘lgan ikkilamchi 
chulg‘amda, o‘t oldirish shami elektrodlari orasidagi tirqishni teshib o‘tishga yetarli
bo‘lgan, 15000-20000 V kuchlanish induksiyalanadi va taqsimlagich rotori 11 orqali 
o‘t oldirilishi lozim bo‘lgan navbatdagi silindrdagi shamga uzatiladi. Yuqori 
kuchlanishli tok sham elektrodlari orasidagi tirqishdan uchqun sifatida o‘tib, massa, 
akkumulatorlar batareyasi va qo‘shimcha qarshilik orqali o‘t oldirish g‘altagiga 
qaytib keladi. 
Kontaktlar uzilganda, birlamchi chulg‘amda ham kattaligi 200-400 V ga etadigan, 
yo‘nalishi birlamchi tok yo‘nalishida bo‘lgan va uning yo‘qolishiga qarshilik 
ko‘rsatadigan o‘zinduksiya EYUKi hosil bo‘ladi. Bu EYUKi, uzgich kontaktlari 
uzilganda, ular orasida kuchli elektr yoyini hosil qilib kontaktlarning kuyishiga va 
ularning juda tez ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Bu zararli jarayonning 
oldini olish uchun uzgich kontaktlariga parallel ravishda kondensator 14 ulanadi. Bu 
holda birlamchi chulg‘amda hosil bo‘lgan o‘zinduksiya EYUK kondensator 14 ni 
zaryadlaydigan tok hosil qiladi. Keyingi davrda kondensator o‘t oldirish g‘altagining 
birlamchi chulg‘ami, qo‘shimcha qarshilik 4 va akkumulatorlar batareyasi 1 orqali, 
ya’ni birlamchi tok yo‘nalishiga qarama-qarshi yo‘nalishda razryadlanadi. Shunday 
qilib, uzgich kontaktlariga parallel ulangan kondensator, birinchidan kontaktlar 
orasida uchqun hosil bo‘lishini deyarli bartaraf qilib , kontaktlar ishlash muddatini 
oshirsa, ikkinchidan birlamchi zanjirdagi tokni va demak, magnit maydonni 
yo‘qolishini tezlatish hisobiga ikkilamchi chulg‘amda induksiyalanadigan yuqori 
kuchlanishni ma’lum darajada orttirishga yordam beradi. 
Qo‘shimcha qarshilik 4 dvigatelni ishga tushirish vaqtida o‘t oldirish tizimining 
me’yorida ishlashini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, startor 
ulanganda (ayniqsa, qishda) akkumulatorlar batareyasining kuchlanishi belgilangan 
chegarada, keskin kamayadi. Natijada, akkumulatordan tok iste’mol qiluvchi o‘t 
oldirish g‘altagida induksiyalanadigan yuqori kuchlanish qiymati ham kamayib 
ketadi va bu silindrlardagi ishchi aralashmani o‘t oldirishda uzilishlarga olib kelishi 
mumkin. Bu hodisani bartaraf qilish maqsadida startor ulanishi bilan bir vaqtda o‘t 
oldirish kaliti yoki startor relesiga o‘rnatilgan qo‘shimcha kontaktlar 3 ulanib, 
qarshilik 4 qisqa tutashtiriladi. Shu tarzda, dvigatel startor yordamida ishga 
tushirilayotgan vaqtda, tok akkumulatordan o‘t oldirish g‘altagining birlamchi
chulg‘amiga qo‘shimcha qarshilik 4 orqali emas, balki qo‘shimcha kontaktlar orqali 
o‘tadi. Bu esa o‘t oldirish g‘altagida talab qilingan darajada yuqori kuchlanish 
induksiyalanishini va o‘t oldirish tizimi-ning startor ulangan vaqtda ham ishonchli 
ishlashini ta’minlaydi. 

Download 352.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling