O‘t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarining vazifasi
ELEKTRON O‘T OLDIRISH TIZIMLARI
Download 352.21 Kb. Pdf ko'rish
|
4-мавзу
3.4. ELEKTRON O‘T OLDIRISH TIZIMLARI
3.4.1. Umumiy ma’lumotlar Kontaktli o‘t oldirish tizimi tarkibiga tranzistor kiritilishi, bu tizimga xos bo‘lgan barcha kamchiliklarni bartaraf qilish imkoniyatini bermaydi. Xususan, ko‘p silindrli dvigatellarda aylanishlar chastotasining katta qiymatlarida uzgich pishangchasining dirillash hodisasi ruy berib, bu bir sikl (ya’ni bir uchqun hosil bo‘lish uchun ajratilgan vaqt) davomida kontaktlarni ko‘p marta uzilib- tutashishiga olib keladi. Natijada, bir uchqun o‘rniga quvvati ancha kam bo‘lgan bir necha uchqun hosil bo‘ladi, o‘t oldirishni ilgarilatish burchagining belgilangan qiymati o‘zgarib ketadi, o‘t oldirish ishonchli amalga oshirilmaydi. Bundan tashqari uzgich kontaktlarining yeyilishi, oksidlanishi va ifloslanishi o‘t oldirish tizimining ishonchlilik darajasini pasaytiradi. Kontaktlar oksidlanishi, ifloslanishi va moylanib qolishi, ularning kontakt qarshiligi ortib ketishiga va tranzistorning boshqarish toki I b qiymatining kamayib ketishiga olib keladi. Bu tranzistorni ochilmaslik va o‘t oldirish tizimining ishlamaslik hollarini vujudga keltiradi. Ishlatish davrida qo‘shimcha mehnat va vaqt sarf qilib, muntazam ravishda, uzgich kontaktlarining tutashib turish burchagini rostlab turish ehtiyoji ham kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimining kamchiliklariga kiradi. Zamonaviy avtomobillarda keng tatbiq etilgan kontaktsiz-tranzistorli o‘t oldirish tizimlar yuqorida keltirilgan kamchiliklardan holidir. Bu o‘t oldirish tizimning asosiy fazilati ularda uzgich kontaktlarining yo‘qligidir. Uning vazifasini kontaktsiz datchiklar bajaradi. Kontaktsiz-tranzistorli o‘t oldirish tizimlari bir-biridan asosan datchiklarning turi va tuzilishi bilan farq qiladi. Magnitoelektr datchik (3.24-rasm) uzgich-taqsimlagich 2 valiga o‘rnatilgan doimiy magnit 3 va o‘zakka o‘ralgan stator chulg‘ami 4 dan iborat. Doimiy magnit aylanganda uning magnit maydon ta’sirida stator chulg‘amida o‘zgaruvchan EYUK induksiyalanadi. Datchik kuchlanishining musbat yarim davri qiymati ta’sirida tranzistor 5 ochiladi va akkumulatorlar batareyasi 8 dan o‘t oldirish g‘altagi 6 ning birlamchi chulg‘ami hamda tranzistorning kollektor-emitter o‘tish joyi orqali birlamchi tok I 1 o‘ta boshlaydi. Datchik kuchlanishi manfiy bo‘lganda tranzistor yopiladi, o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amidan o‘tayotgan tok zanjiri uziladi va ikkilamchi chulg‘amda yuqori kuchlanish induksiyalanadi. Shunday qilib datchik magniti bir aylanganda chulg‘am 4 da EYUK ning bitta musbat va bitta manfiy impulsi mavjud bo‘ladi va natijada tranzistor bir marta ochilib, bir marta 3.24-rasm. Magnitoelektr datchikli kontaktsiz- tranzistorli o‘t oldirish tizimi. yopiladi, ya’ni o‘t oldirish g‘altagida yuqori kuchlanishning bir impulsi hosil bo‘ladi. Ko‘p silindrli dvigatellar uchun datchikning juft magnit qutblar soni silindrlar soniga teng bo‘lishi kerak. 3.25-rasmda 4 silindrli dvigatellar uchun mo‘ljallangan magnitoelektr datchikning sxemasi keltirilgan. Magnitoelektr datchik ishlashining o‘ziga xos tomonlaridan biri, stator chulg‘amida hosil bo‘la-digan EYUK amplitudasi doimiy magnitni, ya’ni tirsakli valning aylanishlar chastotasiga bog‘liqligidir. Aylanish chastotasi ortishi bilan EYUK amplitudasi ham ortadi. Bu esa tranzistor ochilishi va yopilishi va demak o‘t oldirish daqiqasi o‘zgarishiga olib keladi. Aylanish chastotasi va yuklamaning o‘t oldirishning ilgarilatish burchagiga ta’siri kontaktsiz-tranzistorli o‘t oldirish tizimining to‘ngich avlodlarida ham markazdan qochma va vakuum rostlagichlar yordamida hisobga olinadi. Magnitoelektr datchiklar avj oldiradigan EYUK qiymati juda kichik va u tranzistorni ochish uchun yetarli bo‘lmaganligi tufayli kontaktsiz o‘t oldirish tizimlarining amaliy sxemalarida maxsus bir necha bosqichli ko‘chaytirgichlar qo‘llaniladi. Kontaktsiz o‘t oldirish tizimlarida magnitoelektr datchiklardan tashqari yuqori chastotali generator, fotoelektr, yarim o‘tkazgichli va boshqa turdagi datchiklar qo‘llanishi mumkin. Yuqori chastotali generator-datchiklarda (3.26-rasm) boshqaruvchi signal yuqori chastotali kuchlanishni o‘zgartirish yo‘li bilan hosil qilinadi. Generator 1 ishlab chiqqan kuchlanish transformatorning birlamchi chulg‘ami 2 ga uzatiladi. Transformatorning ikkilamchi chulg‘ami 3 da hosil bo‘ladigan kuchlanish birlamchi va ikkilamchi chulg‘am o‘zaklari orasidagi havo tirqishining magnit qarshiligiga bog‘liq. Bu magnit qarshilik dvigatel silindrlar soniga teng teshiklarga ega bo‘lgan po‘lat rotor yordamida davriy ravishda o‘zgartirilib turadi. Transformator o‘zaklari orasiga rotor teshiklari to‘g‘ri kelganda, havo tirqishining magnit qarshiligi eng katta va aksincha, o‘zaklar orasi rotor tanasi bilan berkitilganda eng kichik qiymatga ega bo‘ladi. Transformatorning ikkilamchi chulg‘amida hosil bo‘ladigan kuchlanish ham shunga mos ravishda o‘zgaradi. 3.25-rasm. Magnitoelektr datchik sxemasi. Download 352.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling