Ot so‘z turkumini o‘qitish. N. Abdurahmonova


Otlarda son bilan tanishtirish


Download 51.47 Kb.
bet4/11
Sana09.06.2023
Hajmi51.47 Kb.
#1473692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
bjkk

3. Otlarda son bilan tanishtirish.

Otlarga xos morfologik xususiyatlardan biri son kategoriyasidir. Otlarda son kategoriyasini bir-biriga qarama-qarshi qo'yilgan birlik son shakli va ko'plik son shakli tashkil etadi.


Birlik son shaklida qo'llanuvchi otlar yakka bir predmetni yoki yakkalikka ajratilmaydigan predmetni anglatadi: qalam, daftar, tog', uy, talaba kabi. Birlik shaklda qo'llangan ot maxsus grammatik ko'rsatgichga ega emas, shuning uchun otning bunday qo'shimcha olmagan shakli grammatik jihatdan birlik son shakli deb qaraladi.
Ko'plik son shaklida qo'llanuvchi otlar ikki yoki undan ortiq predmetni (yoki noaniq ko'plikni) anglatadi: qalamlar, daftarlar, tog'lar, uylar talabalar kabi. Otlarda kfplik son shakli -lar qo'shimchasi bilan hosil qilinadi.
Demak, ot bir predmetni va ko'p predmetni ifoda etadi. Bu ma'nolar va uni ifoda etuvchi shakllar yig'indisi otlarda son kategoriyasini hosil qiladi.

  1. Birlik va ko'plik son shakliga bo'lgan otlar

Otlarda son kategoriyasi birlik va ko'plik son shakliga ega bo'lgan otlarga xosdir. Chunki tilda ko'plik son shakliga ega bo'lmagan otlar ham mavjud.
Sanash mumkin bo'lgan, bevosita predmetni anglatadigan konkret turdosh otlar birlik shakli bilan birga ko'plik son shaklida ham qo'llanadi: xona-uchta xona-xonlar; bola-besh bola-bolalar kabi
Demak, bunday otlar yakka bir predmetni hamda shaxs va predmetlarning son jihatdan ko'pligini ifodlaydi: odamlar, shaharlar, uylar, daryolar kabi.

  1. Otlardarda ko'plik ma'nosining ifodalanish usullari

Otlarda ko'plik ma'nosi quyidagi usullar bilan ifodalanadi:
1)morfologik usul; 2) leksik-semantik; 3) sintaktik usul
1) Otlarda ko'plik son shakli -lar qo'shimchasini qo'shish bilan hosil qilinadi. Ko'plik ma'nosining bunday maxsus qo'shimcha qo'shish bilan ifodalanishi morfologik usul bilan ko'plikning ifodalanishi deyiladi: eshiklar, daftarlar kabi.
2) Otlarda ko'plik ma'nosi leksik ma'nosi ko'p predmetni bildiradigan otlar orqali ham anglatiladi. Bunday otlar birlik shaklda bo'lsa ham, ayrim predmetlarning to'dasini, jamini bildiradi: to'da, xalq, olomon, ko'pchilik kabi. Ko'plik ma'nosining bunday otlar orqali ifodalanishi leksik semantik usul deyiladi.
Jamlovchi otlarga grammatik jihatdan birlikda, leksik-semantik jihatdan ko'plikda deb qaraladi.
3) Otlarda ko'plik ma'nosi ot oldidan miqdor bildiruvchi ravishlar, sanoq sonlar, gumon olmoshlarini keltirish, so'zlarni takrorlash bilan ham hosil qilinadi. Bu usul bilan ko'plik ma'nosining ifodalanishi sintaktik usul deyiladi.
Masalan: Ko'p bola, uchta kitob, bir necha qiz, har xil kitob, dasta-dasta gul, to'da-to'da odam kabi




  1. Download 51.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling