Ot so‘z turkumini o‘qitish. N. Abdurahmonova
Otlarda egalik qo’shimchalari
Download 51.47 Kb.
|
bjkk
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birlik Koplik
- Bir shaxsga oid Kop shaxsga oid
Otlarda egalik qo’shimchalari
. Egalik kategoriyasi haqida ma'lumot Otga xos morfologik xususiyatlardan yana biri egalik kategoriyasidir. Predmet (keng ma'noda)ning uch shaxsdan biriga taalluqli (oid, tegishli) ekanligini ko'rsatuvchi umumiy ma'nolar va ularni ifoda qiluvchi shakllar tizimiga egalik kategoriyasi deyiladi. Masalan:
I shaxs. Mening kitobim, bizning kitobimiz. II shaxs. Sening kitobing, sizning kitobingiz III shaxs. Uning kitobi ularning kitobi Misoldan ko'rinadiki, predmet so'zlovchi (I shaxs) tinlovchi (II shaxs) o'zga (III shaxs) ga bir predmet yoki ko'p predmet taalluqli bo'lishi mumkin. Mana shu egalik, oid tegishlilik ma'nosini ifodalash uchun xizmat qiladigan shakllar ham mavjud. O'zbek tilida egalik ma'nosi, asosan, morfologik usul bilan ifodalanadi. Egalik, oidlik, tegishlilik ma'nosini ifodalash uchun xizmat qiladigan qo'shimchalar egalik qo'shimchalari deyiladi. Maslan: daftarim, vazifam kabi so'zlar tarkibidagi -im, -m qo'shimchalari shu so'z orqali ifodalangan predmetlarning har biri yakka bir shaxsga (mening daftarim, mening vazifam) taalluqli ekanligini ko'rsatsa, daftarimiz, vazifamiz so'zlari tarkibidagi -imiz, -miz qo'shimchalari ularning har biri I shaxsga ko'p shaxsga (bizning daftarimiz, bizning vazifamiz) tegishli ekanligini ifodalaydi. Demak, egalik qo'shimchalari shaxs ma'nosi bilan birga (shaxsning sonning (Birlik yoki ko'pligini) ham ko'rsatadi. Egalik qo'shimchalari negizning so'nggi tovushi unli yoki undosh tovush bilan tugaganiga ko'ra ikki xil shaklda qo'llanadi. Bir shaxsga oid Ko'p shaxsga oid Unlidan so'ng undoshdan so'ng Unlidan so'ng undoshdan so'ng I shaxs -m -im -miz -imiz (bog'cha-m) (gul-im) (bog'cha-miz) (gul-imiz) II shaxs. -ng -ing -ngiz -ingiz (bog'cha-ng) (gul-ing) (bog'cha-ngiz) (gul-imiz) III shaxs -si -i -si -i (bog'cha-si) (gul-i) (bog'cha-si) (gul-i) Egalik qo'shimchasini olgan ot, odatda, qaratqich kelishigidagi boshqa ot, olmosh yoki otlashgan so'z bilan o'zaro bog'lanadi: daftarning varag'i, mening vazifam, yaxshining so'zi kabi. Egalik qo'shimchasi otning gapdagi sintaktik vazifasini ko'rsatmaydi. Download 51.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling