Ota ona va farzand munosabatlarining o‘ziga xosligi kamolaxon Nabiyeva


E.Fromm konsepsiyasi bo‘yicha onalik va otalik muhabbati bir-biridan farqli; yuzaga kelishi, ko‘rinishi va bolani rivojlanishida farqli ta’siri bo‘ladi


Download 0.57 Mb.
bet3/4
Sana09.05.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1448974
1   2   3   4
Bog'liq
ota ona va bola munosabatlari

E.Fromm konsepsiyasi bo‘yicha onalik va otalik muhabbati bir-biridan farqli; yuzaga kelishi, ko‘rinishi va bolani rivojlanishida farqli ta’siri bo‘ladi.

Onalik mehri- tabiatan shartsiz bo‘ladi, bolani yutuqlariga bog‘liq emas, ko‘zlari ko‘r, va odalatli bo‘lmaydi.


Otalik mehri esa-shartli, talabchan ko‘rinishida bo‘ladi, otasini muhabbatiga bola erishish kerak.
Ota ijtimoiy kontrol vazifasini bjaradi: bolani tekshirish, intizom talab qilish, o‘zini qonun-qoidalariga bo‘ysindirish.

Tadqiqot shuni ko‘rsatganki o‘smirlar ota tomonidan olidagina jazoni to‘g‘ri qabul qiladilar; onani jazosini esa – rad etish, yaxshi ko‘rmaslik, adovat deb qabul qiladi.


Tadqiqotlarda o‘g‘il va qizlarni tarbiyasida otaning hulqatvorida ko‘rinarli farqlar ko‘ringan. Otalar bolani go‘dalik va ilk bolalik davrida qiz va o‘g‘ilni jinsiy farq qilmagan holda munosabatda bo‘ladilar. Jinsiy farqlash tarbiyada, bolani bog‘cha yosh davrida boshlanadi. Ota o‘g‘illarda maskulin sifatlarini, qizlarda esa femin sifatlarini shakllanishida katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Maskulin sifatlarga: avtonomlik, mustaqillik, konkurentlik, maqsadga erishish kiradi;
femin sifatlarga – yuqori darajadagi empatiya, g‘amho‘rlik, kommunikativlik kiradi.
Otaning yoki onaning o‘g‘ilga va qizga bo‘lgan munosabati: ota-onaning yoshiga, er-xotinni o‘zaro munosabatiga, oiladagi bolalar soniga, bola oilada nechanchi farzandligiga va bolani shaxs hususiyatlariga bog‘liq.
Oila muhiti har bir shaxs uchun birlamchi, dastlabki ijtimoiylashuv o‘chog‘i, maskani hisoblanadi.
Ijtimoiylashuvning ikkilamchi maskanlari ham mavjudki, unga Mehribonlik uylari, maxsus internatlar hamda harbiy bilim yurtlari kiradi.
Chunki u yerda nisbatan uzoq vaqt mobaynida bola tarbiyalandi, o‘sha yerning normalari, qadriyatlari va talablari ta’sirida dunyoqarashi shakllanadi, shaxs bo‘lib yetiladi. Agar dastlabki yoki ikkilamchi sotsializatsiyadan chekinish, undan mahrum bo‘lish yoki xulqning tashqi salbiy ta’sirotlar natijasida deviant shaklga kelishi qayd etiladi va bu ilmiy tilda aytganda, resotsializatsiya deb nomlanadi.
Oilaviy ijtimoiylashuvning qadri va ahamiyati shundaki, uning ta’sirida birinchidan, shaxs katta, mustaqil hayotga, jumladan, oilaviy hayotga tayyorlanadi, o‘ziga yarasha sifat va fazilatlarni shakllantirib boradi, ikkichnchidan, har tomonlama yetuk, barkamol, aqlli, soh va salomat shaxs bo‘lib yetishish imkoniyatiga ega bo‘ladi
Rus sotsiolog olimi A.Antonovning ta’kidlashicha, oila ijtimoiypsixologik yaxlitlik sifatida shaxsga shunday normativ va axborot ta’sirlarini ko‘rsatadiki, oqibatda bola eng avvalo, jamiyatdagi qonuniy normalar, xulq andozalarini egallaydi. Oila qanchalik inoq, uyushgan va mustahkam bo‘lsa, uning normativ ta’siri ham shunchalik samarali bo‘ladi. Bunday oilada o‘zining qadriyatlaridan tashqari, jamiyatning qadriyatlari, qonun-qoidalar va normalar hurmat qilinadi, bola boshidan jamiyatda yashashga o‘rgatilgan bo‘ladi.
Uning ahamiyati shundaki, farzand maktabgacha tarbiya muassasasida ham, keyinchalik maktab, kollej yoki litseyda o‘qiganda ham tartibli, intizomli, aytilgan vazifa, berilgan topshiriqlarni mas’uliyat bilan vijdonan bajdaradigan bo‘lib, bolalar jamiyatida hamisha o‘zining o‘rniga ega bo‘la oladi. Bunday farzanjdga turli bid’atlar, bemaza chaqiriqlar, da’vatlar ta’sir etmaydi, mustqil fikrli, pok vijdonli inson bo‘lib yetishadi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling