Otajonova malikabonu sadulla qizi o‘quvchilarni matematika fan olimpiadalariga bosqichma – bosqich tayyorlash tizimi
III BOB. O‘QUVCHILARDA MATEMATIK OLIMPIADA MASALARINI YECHISHNI RIVOJLANTIRISH METODIKASINING SAMARADORLIGI
Download 1.3 Mb.
|
Dissertatsiya-Otajanova
III BOB. O‘QUVCHILARDA MATEMATIK OLIMPIADA MASALARINI YECHISHNI RIVOJLANTIRISH METODIKASINING SAMARADORLIGI
3.1-§. O‘quvchilarda matematik olimpiada masalarini yechishni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tajriba sinov ishlari Pedagogik tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish metodikasini shakllantirish tadqiqotning umumiy nazariy asoslariga mos ravishda amalga oshirildi. Unga ko‘ra o‘quv jarayonining asosiy maqsadlaridan biri o‘quvchilarining matematik fikrlash darajalarini aniqlash va shu asosda ular faoliyatini rivojlantirish nazarda tutiladi. Fikrlash faoliyati doirasida o‘quvchilarni intellektual rivojlantirishning ustivorligi haqidagi tasdiq tajriba-sinov ishlarining mohiyatini belgilab berdi, hamda taklif etilayotgan metodikaning samaradorligini aniqlashni taqozo etdi. Mavzuga oid ilmiy tadqiqotlarning tahlillari shuni ko‘rsatdiki, tadqiqotchilar tomonidan pedagogik tajriba-sinov ishlarini turli xil usullarda olib borilgan. Biz dastlab tajriba-sinovni tashkil etish metodlarini belgilab olishga harakat qildik. Pedagogik tajriba-sinov ishlari deyilganda nazariy-mantiqiy metod bilan uzviy o‘zaro bog‘liq, ishlab chiqilgan metodikaning real amaliy modelini ifodalovchi o‘ziga xos tadqiqot metodlari majmuasini tushunamiz. Biz pedagogik tajriba-sinov ishlarini to‘rt bosqichda tashkil etdik. I-bosqichda real pedagogik jarayonning (amaliyotda shakllangan) tahlili asosida o‘quvchilarining olimpiada masalalarini yechish darajalari o‘rganildi. Tajriba-sinovning bu bosqichida tadqiqotning ilmiy farazi va vazifalari shakllantirildi, olimpiada masalalarini yechish imkoniyatlarini rivojlantirishda olimpiada masalalaridan foydalanishning nazariy modeli, tadqiqot vazifalarini hal qilish yo‘llari aniqlandi. I-bosqichning asosiy maqsadi kelgusida nazariy tahlil qilish va qayta ishlash uchun material tanlashdan iborat bo‘ldi. Birinchi bosqichda asosan quyidagi metodlardan foydalanildi: o‘qituvchilar va o‘quvchilar faoliyatini kuzatish, so‘rovlar va anketalar o‘tkazish, yozma ish va testlar o‘tkazish, tadqiqotchi va tajriba-sinov ishlarida qatnashayotgan o‘qituvchilar tomonidan tajriba darslarini o‘tkazish. Bu bosqich aniqlashtiruvchi xarakterga ega bo‘lganligi uchun uni ta’kidlovchi bosqich deb nomladik. O‘quvchilarida olimpiada masalalarini yechishni rivojlantirishda muammoli topshiriqlarning mohiyatini to‘la aniqlab olish uchun o‘quv jarayoniga zarur o‘zgartirishlar kiritildi, u yangi pedagogik vositalar bilan ta’minlandi. Bunday o‘zgarishlar yangi metodik yondoshuvni amalga oshirishning nazariy va amaliy modelini yaratishni talab etadi. Ushbu bosqichning oxiriga kelib bunday modelning asosiy jihatlari shakllantirildi. Ikkinchi bosqich o‘quvchilarida olimpiada masalalarini yechishni rivojlantirish jarayoniga maxsus tanlangan mashqlarni tatbiq etish va uning natijalarini umumlashtirish bilan xarakterlanadi. Shuning uchun bu bosqich modelning elementlari orasida o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish, ularning ayrim xossalarini qo‘shimcha o‘rganish, masalani model asosida yechishga yo‘naltirildi, ya’ni nazariyani shu model doirasida rivojlantirishga qaratildi. Bu bosqich tashkiliy-tayyorgarlik bosqichi deb ataldi. O‘quv jarayonining maqsad va vazifalari, mazmuniga aniqliklar kiritildi, o‘rganilayotgan mavzularning matematik asoslari aniqlandi. O‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatining mantiqiy-psixologik, tashkiliy-pedagogik jihatlari tahlil qilindi. Amaldagi matematika darsliklari tahlil qilindi. Shakllantiruvchi-izlanish bosqichi ishlab chiqilgan metodika asosida amalga oshiriladi. Tajriba-sinov ishlarining uchinchi bosqichi shakllantiruvchi bosqich deb ataldi. Bu bosqichda kutilayotgan natijalar amalda qo‘llanilayotgan natijalar bilan solishtirildi. Shu asosda natijalar baholandi, dastlabki ilmiy farazga va nazariy modelga ma’lum o‘zgartirishlar kiritildi. Tajriba-sinov ishlarining to‘rtinchi bosqichi yakunlovchi bosqich deb atalib, ushbu bosqichda taklif etilayotgan metodikaning samaradorlik darajasi statistik tahlillar yordamida aniqlandi. Tajriba-sinov ishlari (2019-2022 yil) 3 yil davomida olib borildi. Dastlabki ikki yilda asosan tajriba-sinovning ta’kidlovchi bosqichi amalga oshirildi, keyingi olti yil davomida esa tajriba-sinovning tashkiliy-tayyorgarlik, shakllantiruvchi va yakunlovchi bosqichlari o‘tkazildi. Shakllantiruvchi bosqich ma’lum vaqt davomida tashkiliy-tayyorgarlik bosqichi bilan parallel ravishda olib borildi, uning natijalari ohirgi ikki yilda umumlashtirildi. Tajriba-sinov maydonchasi sifatida Xorazm viloyatidan 8 ta, Bog‘ot tumanida 2 ta hamda Shovot tumanida 2 ta. Urganch tumanida 2 ta, Urganch shahrida 2 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining iqtidorli o‘quvchilari jalb qilindi. I-bosqichda: Maxsus tanlangan olimpiada masalalardan foydalangan holda o‘quvchilarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish metodikasini yaratishning shart- sharoitlarini aniqlash. II-bosqichda: o‘quvchilarida olimpiada masalalarini yechishni rivojlantirishda maxsus mashqlardan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan modelni tadqiq etish hamda rivojlantirish. III-bosqichda: Shakllantiruvchi tajriba-sinov ma’lumotlari asosida o‘quvchilarida olimpiada masalalarini yechishdan foydalanish modeliga o‘zgarishlar va aniqliklar kiritish. IV-bosqichda: Takomillashtirilgan metodikani amaliyotga joriy etish va tajriba-sinov ishlari natijalarini umumlashtirish. Ushbu bosqichda umumta’lim maktablaridagi o‘quvchilarda matematika darslarida olimpiada masalalardan tuzilgan ishlanma asosida tashkil etildi va natijalar umumlashtirildi. Foydalanilgan metodlar: I-bosqichda: O‘quvchilarni mantiqiy fikrlashini rivojlantiruvchi metodlar asosida tadqiqot natijalarining nazariy tahlili. Ta’limning rivojlantiruvchi funksiyasini kuchaytirish uchun o‘quvchilarga darslarini o‘qitish jarayonining imkoniyatlarini aniqlash maqsadida dastur va darsliklarni tahlil qilish. II-bosqichda: Ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tadqiqotlarning tahlili. O‘qituvchilar va tadqiqotchining maxsus ishlab chiqilgan dastur va metodik materiallar asosida olib borgan tajriba-sinov ishlari. III-bosqichda: O‘qituvchi va o‘quvchining hamkorlikdagi mujassamlashgan faoliyatini kuzatish. Ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida pedagogik vaziyatlarni yaratish. IV-bosqichda: Darslarni o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish maqsadida olimpiada masalalaridan tuzilgan ishlanma asosida tashkil etish va natijalarni umumlashtirish. Tadqiqot metodining samaradorligini tekshirish usullari: I-bosqichda: Tahlilga tizimli yondashuvni ta’minlash maqsadida turlicha qarashlarni hisobga olish. Anketa va so‘rov natijalarini qayta ishlashning statistik usullarini qo‘llash. II-bosqichda: Taklif etilayotgan metodika bo‘yicha kutilayotgan natijalarni umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari talablari bilan taqqoslash. Turli hududlardagi o‘qituvchilarning metodikani qo‘llash mahoratini o‘rganish. III-bosqichda: Tajriba-sinov ishlarining natijalarini sifat va miqdor jihatdan qayta ishlash. Tajriba-sinovning asosiy natijalari: I-bosqichda: O‘qituvchilarining matematika darslarida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda olimpiada masalalaridan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlik darajasi aniqlandi. O‘quvchilarning fanlarga qiziqishi, motivlarini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan anketa so‘rovlarining tahlili amalga oshirildi. II-bosqichda: O‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda olimpiada masalalaridan foydalanish modeli tajriba-sinov uchun tanlangan maktablarda sinovdan o‘tkazildi va amaliyotga tatbiq etildi. III -bosqichda: Ishlab chiqilgan o‘quvchilarda olimpiada masalalarini yechishdan foydalanish metodikasi amalda sinovdan o‘tkazildi. IV-bosqichda: Ishlab chiqilgan metodika asosida o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarining yakuniy natijalari umumlashtirildi va samaradorligi aniqlandi. Kuzatish natijalari shuni ko‘rsatdiki, o‘quv materialini bayon qilishning nazariy darajasi odatdagidek, muayyan darsliklarning bayon qilish darajasida amalga oshiriladi. Ko‘pchilik o‘qituvchilar fanlarni o‘qitishning maqsadlari ko‘p jihatli ekanligini tushunishadi, jumladan o‘quvchilarni aqliy rivojlantirish eng muhim vaazifalaridan biri ekanligini qayd etishadi, ammo bu fikrlar amaliy xatti-xarakatlar bilan mustahkamlanmasdan kelinayotganligini ko‘rish mumkin. To’garak o‘qituvchilari o‘quvchilarni intelektual rivojlantirishdagi muhim vosita imkon boricha ko‘proq turli tuman topshiriqlar yechish deb bilishadi; bunda nutqqa jiddiy e’tibor qaratilmaydi. O‘tkazilgan so‘rovlar shuni ko‘rsatdiki, o‘qituvchilar tomonidan mahsuldor ta’limni amalga oshirish bo‘yicha anchagina tajriba to‘plangan va bu tajribalarga tayanish mumkin. Ta’kidlash lozimki o‘qituvchilar shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning mohiyatini anglab olishda tashqi yordamga muhtojdirlar. Ular fanlarni o‘qitish metodikasidagi mavjud muammolarni hal qilishda olimpiada masalalaridan foydalanish va bunga qaratilgan olimpiada masalalari tizimini yaratish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladilar. Bu bosqichning to‘rtinchi vazifasini bajarish uchun o’quvchilardan nazorat testlari o‘tkazildi. Testlarni o‘tkazish natijasida o‘quvchilarining fikrlash darajalarini tavsiflovchi daliliy materiallar jamlandi. O‘quvchilarning ishlarini o‘rganish va tahlil qilish natijasida o‘qitish asosan tushunchalarni eslab qolish darajasida olib borilayotganligini, o‘rganilayotgan materialni tushunish darajasida tashkil qilinmayotganligini ko‘rsatdi. Natijada o‘quvchi o‘zlashtirgan bilimlarini amalda qo‘llay olmaydi. Bu shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarida olimpiada masalalarini yechishni rivojlantirish metodikasi yetarlicha ishlab chiqilmagan. U takomillashtirishga muhtoj. II-bosqich: tashkiliy-tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqichning o‘quv vazifalari quyidagilardan iborat: 1. o‘quvchilarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda olimpiada masalalaridan foydalanish modelini tahlil qilish va rivojlantirish (didaktik shart-sharoitlarni aniqlash, matematika o‘qitishda olimpiada masalalaridan foydalanishning amaliy yo‘llarini ishlab chiqish). 2. Ishlab chiqilgan metodika bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini tashkil qilish va o‘tkazish. III-bosqich: shakllantiruvchi bosqich. Bu bosqich kutilayotgan natijalarni amaliyotda amalga oshirilgan natijalar bilan solishtirishga yo‘naltirilgan. Shuningdek natijalarni baholash dastlabki ishchi ilmiy farazga o‘zgartirishlar kiritishga qaratilgan. IV-bosqich: yakunlovchi bosqich. Ushbu bosqichda umumiy o‘rta ta’lim darslari olimpiada masalalaridan tuzilgan ishlanma asosida tashkil etildi va natijalar umumlashtirildi. Shakllantiruvchi tajriba-sinov davomida biz taklif qilayotgan metodikaning natijaviyligini aniqlash zaruriyati tug‘ildi. Shuning uchun o‘quvchilar o‘rtasida matematik olimpiadadan foydalanish ishlari o‘tkazildi. Tashhislash asosida olingan natijalar bizlarga bir tomondan tajriba-sinov ishlariga zarur o‘zgartirishlar kiritishga, boshqa tomondan esa o‘quvchilarida olimpiada masalalaridan foydalanish metodikasini kelgusida takomillashtirish bo‘yicha materiallar bilan boyitdi. Ushbu bosqichda darslar loyihalangan ishlanma va uslublar asosida tashkil etildi. Tajriba guruhida olimpiada masalalariga asoslanib, ilmiy asosda ishlab chiqilgan o‘qitish ishlari olib borildi. Nazorat guruhida esa, mavjud darslik, o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘qituvchilarining tajribasiga asoslanib mashg‘ulotlar tashkil etildi. Bu o‘rinda maqsad – aniqlash va izlanish tajribasida keltirilgan natijalar asosida o‘qitishni tashkil etish va bilimlar berishni yanada samarador usullar bilan olib borishdan iborat bo‘ldi. O‘quvchilarda oldindan mavjud bilimlar darajasini aniqlash maqsadida biz ular uchun yangi yoki o‘quv materialida berilmagan topshiriqlar miqdorini oshirishga harakat qildik. Bundan tashqari o‘quvchilarga yangi bayon qilingan materiallardan tajriba sifatida rivojlantiruvchi test mashqlarini tuzdik, chunki bu o‘quvchilarning yangi o‘quv materialini qanchalik o‘zlashtirganligini kuzatish imkonini berdi. Shuningdek, mashqlarda mantiqiy fikrlashni talab etuvchi, nostandart masalalar ham o‘rin olgan. Taklif etilgan didaktik vositalarning o‘quvchilar fikrlash faoliyatini rivojlantirishga ko‘rsatgan ta’sirini tajriba va nazorat guruhlarida o‘tkazilgan darslar, baholar nazorat uchun o‘tkazilgan mashg‘ulotlar natijalariga ko‘ra belgilandi. Har ikkala guruhdagi o‘quvchilarning fikrlash darajasi o‘zaro muvofiqligiga e’tibor qaratildi. Taklif etilayotgan metodikaning samaradorligini aniqlash uchun o‘quvchilardan olingan nazorat ishlari va tajriba-sinov ishlarini umumlashtiruvchi darslarning natijalari miqdor va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahlil qilindi. Ushbu bosqichda tajriba-sinovning yakuniy natijalari tahlil qilindi. Tajriba-sinov materiallari to‘ldirildi, takomillashtirildi. Olingan natijalar matematik-statistik qayta ishlandi, umumlashtirildi, xulosalandi. Yakuniy bosqich oxirida test va yozma ish o‘tkazildi Taklif etilayotgan metodikaning samaradorligini aniqlash uchun o‘quvchilardan olingan nazorat ishlari va tajriba-sinov ishlari vazifalarni bajarish darajalari: 1-daraja - guruhlardagi mashqlarni o‘quvchilar bitta yechimini topishgan. Boshqa yechimlar qaralmagan; 2-daraja - vazifalar ikki va undan ortiq tarzda guruhlarga bo‘linib yechilgan. Bu daraja shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchi faqat ko‘rib chiqish jihatini topa olmaydi, balki boshqa jihatga o‘tib, yangi asosda tasnif qila oladi; 3-daraja mashqlar bir necha usullar bilan amalga oshirilgan, ular orasida mantiqiy bog‘liqlikda o‘xshashlikka asoslangan, to‘liq yechilgan. Bu darajadagi ishlarni bajarish fikrlash rivojlanishining yuqori darajasini, uning moslashuvchanligi, harakatchanligi va chuqur tahlil qilish qobiliyatini ko‘rsatadi. O‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarining samaradorligi tajribadan avval va keyin bu borada qo‘lga kiritilgan natijalarni o‘zaro qiyosiy o‘rganish, shuningdek, ular o‘rtasidagi farqni aniqlash asosida baholanadi. Jadval ko‘rsatkichlaridan anglanganidek, tajriba guruhida maxsus metodikani qo‘llash natijasida o‘quvchilarida mantiqiy fikrlashinishakllantirish va rivojlantirishda olimpiada masalalaridan foydalanishda muayyan samaradorlikka erishildi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling