Otaqulova sarvinoz fozil qizining


Download 132.54 Kb.
bet4/8
Sana16.06.2023
Hajmi132.54 Kb.
#1500886
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
DISSERTATSIYA2

Tadqiqotning maqsadi: Navoiy nazmiy va nasriy asarlaridagi Bahrom Go’r obrazining xarakteri va tabiati, “Hayrat ul-abror”, “Tarixi mulki Ajam”, “Sabb’ai sayyor” asarlarida qahramonga yuklangan badiiy-g’oyaviy xususiyatlarni o’rganishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat:
Alisher Navoiy lirik asarlaridagi qahramon xarakter xususiyatlarini o’rganish;
Bahrom Go’r obrazining lirik janrlarda qo’llanish darajasi va badiiy o’ziga xosliklarini o’rganish;
“Tarixi mulki Ajam”da Bahrom Go’r qiyofasining tarixiylik jihatdan yoritilishini o’rganish;
“Hayrat ul-abror” dostonida qahramonga yuklangan g’oyaviy xususiyatlarni o’rganish;
“Sabb’ai sayyor” dostonida obraz yaratishdagi adabiy an’ana va novatorlikni o’rganish;
Mavzu va ma’nodagi o’ziga xosliklarni o’rganish;
Tadqiqotning obyekti: Bahrom Go’r obrazi, Alisher Navoiyning she’riy devonlari, “Sabb’ai sayyor”, “Hayrat ul-abror”, “Tarixi mulki Ajam”.
Tadqiqotning pradmeti: Alisher Navoiyning Bahrom Go’r obrazi keltirilgan barcha asarlarini muxtasar tahlil etib, ularning janri, mavzusi, mazmun-mundarijasi va g’oyaviy-badiiy yo’nalishlarini o’rganish tashkil etadi.
Tadqiqot usullari: tadqiqotda tarixiy-qiyosiy, ilmiy-nazariy tahlil, matnning poetik tahlili, avtobiografik-statistik tahlil usullaridan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” to’plamidagi devonlarida Bahrom obrazining keltirilishini poetik janrlar nuqtayi nazaridan o’rganish va Bahrom timsolining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash;
Navoiy poetikasida Bahrom obrazi bilan lirik qahramon xarakterining mutanosibligi va farqli jihatlarini, shuningdek, lirik qahramonnning badiiy qahramonga nisbatan ifodalangan munosabatini aniqlash;
“Tarixi mulki Ajam” asarida buyuk shoir uslubidagi tarixiy aniqlik bilan yondashuvni, xalqchil til va badiiylik tamoyillarini Bahrom Go’r timsoli vositasida ochib berish;
“Hayrat ul-abror” dostonida Bahrom obrazining asarning munojot qismi hamda maqolatlarda keltirilgan hikoyalarda qo’llanishi, hikoya va munojot janrlarida personaj tashigan badiiy-g’oyaviy xususiyatlarni aniqlash;
“Sab’ai sayyor” dostonida Alisher Navoiyning obraz yaratishdagi o’ziga xos xususiyatlari va xamsachilikdagi adabiy an’anaga amal qilgan o’rinlarini salaflari yaratgan “Xamsa” namunalari bilan qiyoslash asosida ochib berish;
“Sab’ai sayyor” dostonidagi Bahrom obrazining asardagi sujet bilan uzviy aloqadorligi, obraz zamirida davr shohiga xos xususiyatlar yashiringanligini tarixiy faktlar asosida ochib berish;

Download 132.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling