Otaqulova sarvinoz fozil qizining
KIRISH Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati
Download 132.54 Kb.
|
DISSERTATSIYA2
KIRISH
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Mumtoz adabiyotimizning buyuk siymolaridan biri Alisher Navoiy adabiy me’rosi nafaqat o’z davrida, balki bugungi kunda ham xalqimiz ma’naviy xazinasi durdonalaridan biri bo’lib kelmoqda. Navoiy ijodini o’rganish hayotlik davridanoq boshlanib, bugungi kunga kelib bu boradagi izlanishlar o’zining dolzarbligi bilan alohida ahamiyat kasb etmoqda. Navoiy merosini o’rganish va yoritishda o’zbek adabiyotshunoslari bilan birga jahon adabiyotshunoslari ham katta qiziqish bildirdilar. Chunonchi, XVI-XIX asrlarda G’arbda ham Alisher Navoiy merosiga bo’lgan qiziqish, asarlarini nashr etish, tarjima qilish holatlari ko’zga tashlanadi. Buyuk olimning ba’zi asarlari yangi asarlarning yaratilishiga asos bo’lib xizmat qildi. Masalan, Xristofor Armaniyning italyan tilida nashr etilgan “Sarandib shohi uch yosh o’g’lonining ziyorati” asarida Navoiy “Xamsa”sidan o’rin olgan Bahrom va Dilorom sarguzashti keltirib o’tiladi. Navoiy asarlarini tarjima qilish ishlari keyinchalik ham davom ettirilib, XIX asrning oxiri va XX asrda turk va tatar tillariga ham o’giriladi. Bu borada fransuz sharqshunosi M.Belenning maqolalari hamda “Xamsat ul-mutahayyirin”, “Mahbub ul-qulub”dan adabiy parchalarni chop etishi, Katrmerning esa “Muhokamat ul-lug’atayn”, “Tarixi mulki Ajam” asarlarini aslidek nashr etishi, M.Nikitskiyning “Amir Nizomiddin Alisher va uning davlat hamda adabiyot sohasidagi ahamiyati” mavzusida yo’qlagan magistrlik dissertatsiyasi kabi ishlar qilinganini ko’rsatish mumkin. M. Nikitiskiy Navoiyning madaniy sohadagi ishlari, siyosiy faoliyati va o’zbek adabiy tili taraqqiyotidagi roliga yuqori baho beradi, uning iste’dodli shoir, davlat arbobi va olim ekanligini ta’kidlaydi. O’zbek adabiyotshunosligida Navoiy shaxsiyati va ijodi chuqur va atroflicha o’rganilgan va bu boradagi ishlar hozirgacha davom ettirilib, xalqimiz buyuk olimnining ijod sarchashmalaridan bahramand bo’lib kelmoqda. Shoirning ham nasriy, ham nazmiy asarlari turli yo’nalishlarda tadqiq etilib, navoiyshunoslik sohasida yangidan yangi yutuqlarga erishilmoqda. S.Mutalliboyev, G’.Karimov, P.Shamsiyev, H.Sulaymonov, S.G’aniyeva, A.Hayitmetov kabi olimlarimiz bu boradagi izlanishlarga tamal toshini qo’ygan desak mubolag’a bo’lmaydi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-oktabrdagi “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to’g’risidagi PQ-4865-sonli qarori va shu kabi ko’plab qaror va farmonlarda shoir ijodini chuqur o’rganish va izlanishlar olib borish har tomonlama qo’llab-quvvatlanganini ko’rishimiz mumkin. Bu esa Alisher Navoiyning ta’limiy, tarbiyaviy, iqtisodiy, tarixiy, ijtimoiy-siyosiy, davlatchilik borasida yuksak saviyaga ega bo’lgan asarlar yaratganligi bilan belgilanadi. Alisher Navoiy asarlarida teran ifoda topgan milliy va umuminsoniy g’oyalarning jahon tamaddunida tutgan o’rni hamda o’sib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, ular qalbida yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalashdagi beqiyos ahamiyatini nazarda tutib, ulug’ shoir va mutafakkirning adabiy-ilmiy merosini mamlakatimizda va xalqaro miqyosda yanada chuqur tadqiq qilish va keng targ’ib etish, shuningdek, yurtimiz “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning butunlay yangi bosqichiga qadam qo’yib, yangi Uyg’onish davri-3-Renessans poydevorini yaratayotgan bugungi kunda Alisher Navoiyning bezavol adabiy merosi misolida o’zbek adabiyoti va madaniyatini chuqur o’rganish va ommalashtirish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biz yuqorida Alisher Navoiy asarlari turli yo’nalishlarda o’rganilganligini ta’kidlab o’tgandik. Mana shu yo’nalishlardan biri shoir asarlarini obrazlar tizimida o’rganishdir. Alisher Navoiy nasriy va nazmiy asarlariga bosh va epizodik obrazlar tanlashda bir tomondan o’zigacha bo’lgan ustozlarining izidan brogan bo’lsa, ikkinchi tomondan obrazlar tabiati va xarakteriga birmuncha yangiliklar kiritib, novatorlikka qo’l uradi. Masalan, “Xamsa”ning ikkinchi dostonida Xusravga xos bo’lgan salbiy illatlarni Shirinning muhabbatiga loyiq ko’rmaganligi uchun shoir ushbu personaj o’rniga Farhod obrazini kiritib, tom ma’noda ustozlarining xatosini tuzatadi. Shunday obrazlardan yana biri Bahrom Go’r obrazidir. Ushbu obraz haqidagi dastlabki ma’lumotlar “Xvataynamak” kitobida uchraydi. Firdavsiyning “Shohnoma” asari orqali yozma adabiyotga kirib keladi. Keyinchalik xamsanavislik traditsiyasida bu mavzu davom ettirilib, Navoiy asarlarida yuqori cho’qqisiga yetadi. Bizning tadqiqot ishimizdan ko’zlangan maqsad Alisher Navoiyning nasriy va nazmiy asarlaridagi Bahrom Go’r obrazining xarakter xususiyatlarini tarixiylik va badiiylik jihatidan o’rganishdan iborat. Download 132.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling