O‘tgan yuzyillikning boshlarida rus va G‘arbiy Yevropa olimlarining hozir
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qadimgi-turkiy-vasiqalar-stilistikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Komp. TH.36 vasiqa TH.39 vasiqa
Vasiqalarni komponentlari bo‘yi
cha o‘zaro solishtirish. Shu o‘rinda O‘zmish bilan Tugalning o‘z yerini bo‘z evaziga Basa To‘g‘rilga xatlab bergan- lari to‘g‘risida tuzilgan TH.36- vasiqa bilan Yarp To‘g‘rilning o‘z joriyasini Inalga ellik tanga kumushga sotganligi bo‘yicha tuzilgan TH.39- vasiqani kom- ponentlari bo‘yicha o‘zaro solishtirib chiqaylik. Jumladan, TH.36- vasiqaning komponentlari shunday: (1) Vasiqa tuzilgan kun (sana, yil-oy- kun). (2) Mulk sotilayotganligining sababi, olimchi va berimchining ismi-sharifi. (3) Narxni kelishuv. (4) Sotuvchi va oluvchi o‘rtasida ol- di-berdining bo‘lib o‘tganligi. (5) Mulkni sotib oluvchining erki o‘zi- da ekanligi va uning kafolati. (6) Sotilgan mulkning daxlsizligini ta’minlash. (7) Sotilgan mulkka da’vo qiluvchi- larga yuklanajak jazo. Sotib oluvchining ziyon ko‘rmasligiga kafolat berilishi. (8) Sotilayotgan yerning chegarasi. (9) Sotilayotgan yerga qo‘shimcha soliqlarning yo‘qligi. (10) Oldi-berdini kuzatib turgan gu- vohlarning ismi-sharifi. (11) Vasiqaga qo‘yilayotgan tamg‘a va belgilar kimlarga tegishli ekani. (12) Vasiqani bituvchi kimsaning is- mi-sharifi. Bularni TH.39- vasiqa komponent- lari bilan qiyoslansa, quyidagi o‘xshash va farqli jihatlar ko‘zga tashlanadi (tus- hunish o‘ng‘ay bo‘lsin uchun matnning hozirgi o‘zbekchadagi variantini kelti- ramiz): Komp. TH.36 vasiqa TH.39 vasiqa (1) Quyon yili, o‘n birinchi oyning To‘ng‘iz yili, oltinchi oyining yettinchi kuni (2) menga, O‘zmishga, Tugalga, biz ikkimizga kiyim-kechaklik bo‘z kerak bo‘lib, Tayku o‘zan (bo‘yida)gi olachuq [chodir] …q… yerimizni olachuqi bilan qo‘shib Basa To‘g‘rilga uzil-kesil sotdik. menga, Yarp To‘g‘rilga … kumush kerak bo‘lib, Kimzun otli joriyamni ellik sitir kumush tangaga Inachiga uzil-kesil sotdim. (3) Bo‘zning narxini shunday kelishdik: Lukchung bozorida o‘tadigan imzoli-tamg‘ali yigirma uch to‘p bo‘zga kesishdik. (4) Bu yigirma uch (to‘p) bo‘zni hujjat tuzilgan kuni men, Basa To‘g‘ril tugal berdim. Biz, (O‘zmish) Tugal bilan sira qoldirmay, tugal oldik. Bu joriyaning narxi – kumushni hujjat tuzilgan kuni men, Inachi tugal sanab berdim. Men, Yarp To‘g‘ril ham tugal sanab oldim. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling