48
gan kuni men, Basa To‘g‘ril tugal ber-
dim. Biz, (O‘zmish) Tugal bilan sira
qoldirmay, tugal oldik” (TH.36,6
–9).
Mulkning butunlay sotilganligini
dalillovchi jumla. Mulkning
oldi-ber-
disi bilan bog‘liq
vasiqalarda yer yoki
qulning
butunlay
sotilganligini bildirish
uchun
miŋ yïl tümän künkä tegi erklig
bolsun (ming yil tuman kunga qadar
egalik qilsin), miŋ tümän yïlqa tegi
erklig bolsun (ming tuman yilga qadar
egalik qilsin) singari jumlalar ishlatiladi.
Bunda
miŋ yïl, tümän kün; miŋ tümän
yïl birikmalari vaqtning o‘la-o‘lguncha
ekanligi, doimiyligini anglatadi. Yana,
oluvchi kimsaning bundan buyog‘iga
erkinligi o‘zida ekanini ta’kidlash uchun
yuqoridagi jumlaga
Taplasar, özi tut-
sun, taplamasar, adïn kišikä ötkürü
satsun (Istasa, o‘zi tutsin, istamasa,
boshqa kishiga sotib yuborsin) deb ham
qo‘shib qo‘yilgan. Buning bilan yer yoki
qulning yangi
egasiga butunlay erkinlik
berilmakda.
Do'stlaringiz bilan baham: