O‘tgan yuzyillikning boshlarida rus va G‘arbiy Yevropa olimlarining hozir
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qadimgi-turkiy-vasiqalar-stilistikasi
MANBASHUNOSLIK VA MATNSHUNOSLIKI
43 hqonlar, oddiy kishilarning oldi-berdi- si, xo‘jalikning kirim-chiqimi, kimgadir sotilgan yer hujjati, ijaraga olingan yer uchun yozilgan tilxatlar, qarzga olingan don-dunni, matoni ortig‘i bilan qaytar- ish to‘g‘risidagi vasiqalar, qullarning o‘z beklari ustidan yozgan shikoyatlari yoki yirik boylarning o‘z quliga bergan erk hujjatlaridir. Ular o‘sha kezlarda dav- lat siyosiy boshqaruvi, rasmiy-huquqiy munosabatlar, mahkama ishlari yo‘lga qo‘yilgani, qonun ustuvorligi ta’minlan- gani, jamiyatning huquqiy savodxonlik darajasi yuqori ekani, huquq-targ‘ibot masalalariga jiddiy qaralganidan da- lolat beradi. Eng muhimi, o‘sha davr jamiyatida kishilar orasidagi ijtimoiy-si- yosiy masalalar bo‘ladimi, yer va mulk egaligi, savdo-sotiq, oldi-berdi ishlari deysizmi, hamma-hammasi davlat qonunlari doirasida ishlagan va bular, qoidaga ko‘ra, rasmiylashtirib qo‘yilgan. Ushbu hujjatlar eski turkiy-uyg‘ur yo- zuvida bo‘lib, qadimgi turk-moniychi va buddizm jamoalari tomonidan yaratil- gan. Bu narsa davlat ishlarida, ayniq- sa, hujjatchilikda turkiy tilning, uyg‘ur yozuvining mavqei yuqori ekanini bildi- radi. Qadimgi turk jamoalaridan qolgan ushbu yozma yodgorliklar hujjatchili- kning nodir manbalari bo‘lib, turkiy ras- miy uslubning yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyotini o‘rganishda katta ahami- yatga ega. Hujjatshunoslikda bu turdagi biti- glarni vasiqa deyiladi. Vasiqa – qulga berilgan erkinlikni, kishilar o‘rtasidagi oldi-berdini, garovga qo‘yilgan buyum- ni, sotilgan yoki ijaraga olingan mulkni, merosni tasdiqlovchi, dalillovchi rasmiy hujjat, tilxatdir. Vasiqa so‘zi atama si- fatida keyinchalik, o‘rta asrlardan buy- on ishlatila boshladi. Ilk o‘rta asrlar va undan narida esa ularni yalpisiga bitig deb, turlarini bir-biridan farqlash uchun, qarz olish vasiqasini ötüg bitig, vasiyat- nomani qumaru bitig, qulga erkinlik be- ruvchi vasiqani boš bitig atalgan va b. Keyingi atamadagi boš so‘zi – “erkinlik, ozodlik” anglamidadir. Vasiqa hujjat tuzdirayotgan kimsal- arning, olimchi va berimchining ko‘z o‘ngida, bunga qo‘shimcha holda, ik- ki-uch kishi guvohligida tuzilgan; ularn- ing qo‘li, belgi-tamg‘asi bilan tasdiqlan- gan. Siyosiy-iqtisodiy, huquqiy muno- sabatlar vasiqa tuzilgan, qo‘l qo‘yilib, tamg‘a bosilgan kundan boshlab kuch- ga kirib, rasmiy tus olgan. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling