O‘tgan yuzyillikning boshlarida rus va G‘arbiy Yevropa olimlarining hozir
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qadimgi-turkiy-vasiqalar-stilistikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- QADIMGI TURKIY VASIQALAR STILISTIKASI 44 Matn ko‘rki va badiiy bezaklari.
Vasiqalarning hozirgi
saqlanganlik holati va matn paleografiyasi Ilk o‘rta asrlarda yaratilgan turkiy hujjatlarning hozirgi kezdagi saqlan ganlik darajasi har xil: ba’zilari, qog‘oz- ining uringanligi demasa, nisbatan yaxshi turibdi. Ayrim bitiglar nihoyatda parokanda, qog‘ozi titilib ketgan, matn- ning bir parchasigina saqlangan, xolos. Matnlarning rangi bir xil emas: quyuq siyoh bilan tiniq yozilganlari ham ko‘p, orada siyohi namiqib, o‘chib ketganlari ham bor. Lekin, bir jihatiga tan bermak kerak, ko‘pining siyohi xali xanuz tini- qligicha turibdi. Ayni chog‘da ayrim hujjatlarning originali yo‘qolgan. Muhimi shunda- ki, bitiglarni topib keltirgan yoki ilk bor o‘rganib, nashr ettirgan olimlar o‘sha original nusxalardan foydalanganlar. Lekin orada nima bo‘lgani noma’lum, ayrim hujjatlarning o‘zi yo‘q. Yaxshiki, ular o‘sha chog‘da suratga olib qolin- gan ekan. Hozir o‘sha suratga olingan nusxalarigina qolgan, xolos. Ushbu fotonusxalar ham Rossiya FA Sharq qo‘lyozmalari institutida boshqa qo‘ly- ozmalar orasida saqlanmoqda. QADIMGI TURKIY VASIQALAR STILISTIKASI 44 Matn ko‘rki va badiiy bezaklari. Vasiqalarda ortiqcha bezaklar yo‘q. Matn bir tekis, chiroyli xat bilan tartibli yozilgan bo‘lsa, yutug‘i shunda. Vasiqalarni ba’zan savodli, oldi-ber- di qilib yurgan mansabdor kishilarning o‘zlari bitgan. Ko‘pincha bu yumush bi- lan baxshi (o‘tmishda kotibni shunday atashgan) yoki idora xodimi (notarius) shug‘ullanar edi. Vasiqalarning xat uslubida ham bu narsa sezilib turadi: oldi-berdi qilib turgan kimsalar bitgan vasiqalarning xat uslubi oddiy, ba’zan qatorlarida izchillik yo‘q, shoshib yo- zilgani bilinib turadi. Kotiblar yoki ido- ra xodimi bitgan vasiqalar esa tartibli, ayrimlarining xati chiroyli, injuday tizilib turadi. Matndan tashqari, hujjatlarga muhr-tamg‘alar yoki kishilarning o‘z tamg‘alari yoki belgilari qo‘yib ketilgan. Matnda bular tamγa, nišan yoki belgü deb atalgan. Tamg‘a va nishonlarning qo‘yilish tartibi bor. Kishilarga tegishli tamg‘a yoki belgi-nishon, odatda, vasiqa oxir- laganda qo‘yilgan. Matnda uning kimga tegishli ekanligi ta’kidlab ham qo‘yiladi. Davlat idorasi yoki rasmiy kishilar- ga tegishli muhr-tamg‘alarning qo‘yilish tartibi biroz farqli. Bunda vasiqa yozib bo‘lingach, bir betli bo‘lsa, ko‘pincha, matnning uchta joyiga: birinchi qatorn- ing boshlanishiga, matnning o‘rtasiga va so‘nggi qatorning oxirlariga tamg‘a bosilgan. Matn qog‘ozning ters beti- ga o‘tgan bo‘lsa, u yerda ham so‘nggi qatorga tamg‘a urilgan. Ba’zi hujjatlar- da matnning bir nechta joyiga muhr- tamg‘a urib chiqilgan. Kishilarning shaxsiy belgilari besh qirrali, olti qirrali, sakkiz qirrali yulduz, shuningdek, turli chiziqlar, geomertik shakllar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Ular ixtiyoriy tanlangan bo‘lib, qoidasini bir tizimga solish qiyin. Bunday belgilar, odatda, kichikroq narsalarning oldi-ber- disi uchun tuzilgan vasiqalarda uchra- ydi. Nima bo‘lganda ham, ular yuridik kuchga ega edi. Muhr-tamg‘alar esa to‘rt burchak- li, doirasimon, bodomsimon, sakkiz burchakli, yarimoysimon ishlangan bo‘lib, ichiga o‘ziga xos uslubda yozuv bitilgan. Muhr-tamg‘alar yirik oldi-berdi hujjatlarida ishlatilar edi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling