Vasiqalarda sana(tarix, yiloy
kun)ning berilishi. Yusuf Xos Hojib
“sana”ni yïl-ay-kün deb atagan: Yïl-ay-
kün kečär-teg tiriglig kečär. – “Tiriglik
yil-oy-kundek kechadi” (QBN.50b,8).
Yïl-ay-kün “kalendar, taqvim”ni ham
bildiradi. Sharq manbashunosligida yïl-
ay-kün ni sana yoki ta‘rix deyiladi.
Vasiqalar hujjat tuzilgan kunni, ya’ni
tarixni aytish bilan boshlanadi. Sana
yil-oy-kun ketma-ketligida, ya’ni bash-
lab yil, keyin yilning oyi va oyning kuni
aytiladi. Yil eskicha turk-muchal tartibi-
da: ud yïl, ït yïl, qoyn yïl singari. Oylar
eskicha sanoq ketma-ketligida: bir-
inč ay, ikinč ay, üčünč ay, törtünč ay
singari. Ikki xonali songa kelganda bir
yigirminč ay, iki yigirminč ay deyiladi.
Ayrim vasiqalarda oylar buddaviy otlari
bilan atalgan: aram ay (birinchi oyning
oti), čaxšapat ay (yil oxiridagi oyning
oti) singari. Kuni aytilganda, ko‘pincha,
yaŋïqa so‘zi ham qo‘shib qo‘yiladi (bir
yaŋïqa singari), bu sanoq “(oyning) bir-
inchi kunida” degan ma’noni anglatadi.
Mana misoli: Toŋuz yïl, onunč ay, altï
y(i)g(i)rmikä – “To‘ng‘iz yili, o‘ninchi
oyining o‘n oltinchi kunida”; Qoyn yïl,
aram ay, bir yaŋïqa – “Qo‘y yili, aram
oyining birinchi kunida”.
Sana jo‘nalish qo‘shimchasi -qa, -kä
bilan qo‘llansa-da, biroq “shu sanada”
degan ma’noni anglatadi. Sababi, bu
jumlaning davomida hujjat nima uchun
tuzilayotgani ta’kidlanadi va meŋä so‘zi
bilan olinayotgan narsa olimchiga te-
gishliligi bildiriladi. Meŋä olmoshidagi
jo‘nalish shakli yil-oy-kunning aytilishini
ham o‘ziga moslaydi.
Vasiqada qarz olinayotganligi
Do'stlaringiz bilan baham: |