O‘tgan yuzyillikning boshlarida rus va G‘arbiy Yevropa olimlarining hozir


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/36
Sana13.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1195002
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
Bog'liq
qadimgi-turkiy-vasiqalar-stilistikasi

Vasiqada berimning qachon va 
oshig‘i bilan qancha qilib qaytari­
luvining ko‘rsatilishi. Oshig‘i bilan 
qaytarish evaziga olingan don-dun va 
shunga o‘xshash narsalar uchun tuzil-
gan vasiqalarda berimning qachon va 
qancha qilib qaytariluvi ham ko‘rsatiladi. 
Bunda gapning kesimi ko‘pincha köni 
berür-men (aniq qaytaraman) birikmasi 
bilan tugaydi. Masalan, Qayimtu degan 
boydan tariq (yür) olinganligi to‘g‘risida-
gi vasiqada berimning kuzda bir yarim 
barobar qilib qaytarilishi ko‘rsatilgan: 
Küz yaŋïda bir yarïm sïq yür köni berür-
men. – “Kuzning boshida bir yarim siq 
tarig‘ qilib qaytaraman” (TH.12,4–6).
Yerni ishlashga olish bo‘yicha tu-
zilgan vasiqalarda olinajak hosilning 
kimga qanchadan tegishi, ulushi ham 
ko‘rsatiladi.
Berimni qaytarish burchining 
ko‘rsatilishi. Oshig‘i bilan qaytarish 
evaziga olingan narsalar uchun tuzil-
gan vasiqalarda qarz vaqtida qaytaril-
masa, el qoidasicha (el yaŋïnča) oshig‘i 
bilan beriluvi ta’kidlanadi. Mabodo, ber-
imchi o‘lib-netib, berim qolib ketgudek 
bo‘lsa, unda inisi, bola-chaqasi yoki 
yaqinlariga yuklanadi. Bunda shart er-
gash gap Berginčä bar-yoq bolsar-men 
(Berguncha bor-yo‘q bo‘lsam [bor-
man-yo‘qman])shaklida bo‘ladi. 
Masalan, Qayimtudan tariq (yür) ol-
inganligi to‘g‘risidagi vasiqada o‘qiymiz: 
Bermädin, kečürsär-men, el yaŋïnča 
tüši bilä köni bersünlär. Berginčä bar-
yoq bolsar-men, inim Barčaqï anï tegilär 
bilä köni bersünlär. – “Bermay, kechik-
tirsam, el qoidasi bo‘yicha oshig‘i bilan 
bersinlar. Berguncha bor-yo‘q bo‘lsam 
[borman-yo‘qman; biror kor-hol bo‘lib, 
o‘tib qolsam], inim Barchaqi uni ukalari 
bilan qaytarsinlar” (TH.12,6–10).

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling