O‘tgan yuzyillikning boshlarida rus va G‘arbiy Yevropa olimlarining hozir
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qadimgi-turkiy-vasiqalar-stilistikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- MANBASHUNOSLIK VA MATNSHUNOSLIKI
bar-yoq bol- va uning ma’nosi:
Hozirgi o‘zbeklar Besh kunligim bormi-yo‘qmi? deymiz, bunda, tabiiyki, “o‘lim” nazarda tutiladi. Yoki uzoqroq vaqt to‘g‘risida so‘z ketganda: Ungacha kim bor-kim yo‘q? deyiladi. Buning: Ungacha nima gap-nima so‘z? vari- anti ham bor. Bu jumlalarning barida kishining o‘limi ko‘zda tutiladi. Shularga tayanib, vasiqalarda kechgan bar-yoq bol- ni ham kishining o‘limiga bog‘lag- an ma’qul. Bu o‘rinda bar bol – “bor bo‘lmoq; yashamoq”; chog‘ishtiring, o‘zbekchada bor bo‘ling – “yashang” degani; yoq bol – “yo‘q bo‘lmoq; o‘lmoq”; bar-yoq bolsar-men deganda “(mabodo) o‘lib ketsam” degan ma’no anglashiladi. Masalan, Qayimtudan tariq olingan- ligi to‘g‘risidagi vasiqada: Berginčä bar- yoq bolsar-men, inim Barčaqï anï te- gilär bilä köni bersünlär. – “Berguncha bor-yo‘q bo‘lsam [borman-yo‘qman], inim Barchaqi uni ukalari bilan qaytar- sinlar” (TH.12.8–10). örü-qudï bol- va uning ma’nosi: P. Zayme örü-qudï ni qutblarga (Janub va Shimolga) nisbat bergan, ya’ni matndagi örü-qudï bolsar-men birikmasini “Janubda bo‘lamanmi, Shimolda bo‘lamanmi, (qat’i nazar)” deya talqin qilgan (UDD,Za.4: 41, ikki yulduzli izohga qarang). MANBASHUNOSLIK VA MATNSHUNOSLIKI 57 Bunda u örü taγqa, qudï quumqa bar- birikmasidagi örü taγqa ni “janub- ga” deb tushungan, shunga bog‘liq hol- da, örü ni ham “janub”, uning antonimi bo‘lmish qudï ni esa “shimol” deya talqin qilgan. Ta’kidlash joizki, yozma manbalar- da taγ so‘zi shimolga nisbatan ham ishlatilgan: öŋdün yïŋaq – sharq, kündün yïŋaq – janub, kedin yïŋaq – g‘arb, taγdïn yïŋaq – shimolni an- glatadi. Masalan, Sada otli kishining So‘lda og‘adan bo‘z olgani va evazi- ga o‘z uzumzorini sotganligi to‘g‘risi- dagi vasiqada: Bu borluqnïŋ sïčïsï: öŋdüni Qara Temürniŋ borluq adïrar; kündüni yïŋaq sïčïsï ögän adïrar; ke- din yïŋaq sïcïsï ögän-ök adïrar; taγdïn sïčïsï Surïqa tegmiš borluq adïrar. – “Bu uzumzorning chegarasi: sharqdan Qara Temurning uzumzori ayiradi; janub tomondagi chegarasi o‘zanga taqaladi; g‘arb tomondagi chegarasi ham o‘zanga taqaladi; tog‘ tomondan ya’ni shimoldan chegarasi Suriga tek- kan uzumzor ayiradi” (TH.22.6–9). Shimolga nisbatan taγ so‘zining ishlatilishi, harqalay, Turfonliklarning tasavvuri bilan bog‘liq. Chunki Turfon vohasining shimoli tog‘lar bilan o‘ral- gan. Vasiqalarda kechgan örü taγqa, qudï quumqa barsar jumlasini ko‘zda tutadigan bo‘lsak, bu jumlada “shimol” va “janub” tushunchasi yo‘q. Undagi örü taγ – “yuqori tog‘” hamda qudï quum “quyi qum” ifodasi “to‘rt tomon; o‘zi istagan yer” ma’nosida; “yuqori toqqa (boradimi), quyi qumga borad- imi”, ya’ni “istagan yerida; hamma yer- da” anglamida kelgan. Mana uning misoli: Bu küntä mïnča Burxan Qulïnïŋ ya örü taγqa, qudï quumqa barsar, öz köŋülinčä buyan berip yorïsun. – “Bugundan boshlab Burxan Qulining (erki o‘zida), yuqori toqqa (boradimi), quyi qumga boradimi, o‘z ko‘nglicha yo‘l tutsin, savob uchun yuraversin” (TH.30.8–10). Ushbu misolimizdagi örü taγqa, qudï quumqa barsar birikmasidagi örü taγ – “yuqori tog‘” hamda qudï quum – “quyi qum”, ularni o‘zaro qarshilantirish yo‘li bilan badiiy san’at hosil qilinmoqda; “yuqori toqqa (boradimi), quyi qumga boradimi” degan ma’noda, ya’ni “ista- gan yerida; hamma yerda” anglamida kelgan. Fikrni bu tarzda ifodalash ras- miy bitiglar uslubi uchun g‘ayri-odatiy, lekin matnning ta’sirini oshirish, ifoda badiiyligini ta’minlash, “erkinlik” tushun- chasini teran anglatish maqsadida ana shu ibora qo‘llanilgan. Shuning singari, örü-qudï bol- ifo- dasida ham “janub” va “shimol” tushun- chasi yo‘q. Vasiqalarda kechgan örü-qudï bol- ifodasi, bizningcha, ikki xil ma’noni an- glatadi. Birinchisi, “qashshoqlashish”ni bildiradi: örü – asli “yuqori”, ko‘chma ma’noda boylikka nisbatan ishlatila- di; qudï – asli “quyi”, ko‘chma ma’no- da qashshoqlikka nisbatan ishlatiladi. Vasiqalarda Berginčä örü-qudï bol- sar-men degan shaklda keladi. Bu jum- la “(qarzni) berguncha qashshoqlashib qolsam ham, uni to‘lashni kafolatlay- man” degan ma’noni anglatadi (TH.52- vasiqaning izohiga qarang). Ikkinchisi, “o‘lim” ma’nosida: örü bol – “yuqorilashmoq”, ya’ni “yashamoq”; qudï bol – “quyi bo‘lmoq; inmoq”, ya’ni “o‘lmak”; örü-qudï bolsar-men – “(mabo- do) o‘lib ketsam / borman-yo‘qman” de- gani. Matn ham shunga yarasha talqin qilinadi. Mana misoli: Berginčä örü-qudï bolsar-men, inim Bilär köni bersün. – “Berguncha yuqori-quyi bo‘lsam [ya’ni borim bor, yo‘g‘im bor / boy yoki qa- Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling