63
Matndagi so‘zlovchi nutqini
belgi-
lash uchun, boshlab, ushbu bitimga
aralashayotgan kimsalar aniqlab olin-
mog‘i kerak. Masalan, ushbu vasiqani
tuzishda
qatnashayotgan yuridik kim-
salar quyidagilar:
(1) Chintsu Shiladan
kumush qarz
olib, evaziga o‘z o‘g‘lini ishga topshi-
rayotgan Qaytsu tudung;
(2) Qaytsu tudungga kumush qarz
berib, evaziga uning yosh o‘g‘lini ishga
yollayotgan Chintsu Shila;
(3) Guvohlar ikki kishi: Qutadmish
Qaya va Sengichun;
(4) Hujjatni tuzuvchi Buyan Qaya.
Vasiqaning tartibli
va chiroyli xat bilan
yozilganiga qaraganda, harqalay, bu
kimsa kotib yoki davlat idorasining xo-
dimi (notarius) bo‘luvi kerak.
Muhimi shundaki, vasiqani tuzishda
qatnashayotgan kishilarning aytayot-
gan so‘zi
hujjatni tuzuvchi Buyan
Qaya tilidan emas, ularning o‘z tilidan
(nutqidan) berilgan.
Bu narsa vasiqan-
ing legitimligi bilan bog‘liq: matn kom-
ponentlarining oldi-berdi jarayonida qa-
tnashayotgan yuridik kimsalarning o‘z
tilidan berilishi va’daning haqqoniyligi,
hujjatning ishonchliligini ta’minlaydi.
Yana rasmiy nutqning ta’siri ham os-
hadi.
Matn o‘z mazmuniga ko‘ra quyidagi
komponentlarga bo‘linadi:
Birinchi komponent: Qaytsu tu-
dungga oldi-berdi uchun kumush kerak
bo‘lib, o‘z o‘g‘lini Chintsu
Shilaga ishga
topshirganligining ta’kidi:
Toŋuz yïl, aram ay, on yaŋïqa meŋä,
Qaytsu tuduŋqa yuŋlaqlïγ kümüš
kergäk bolup, özümtä tuγmïš Tïtsu atl(ï)
γ oγlumnï Čïntsu Šïlaqa üč yïllïq tutquγ
berdim. – “To‘ng‘iz yili, aram oyining
o‘ninchi kuni menga, Qaytsu tudungga
ishlatish uchun [ya’ni savdo-sotiqqa]
kumush kerak bo‘lib, o‘zimning tuqqan
Titsu otli o‘g‘limni Chintsu Shilaga uch
yil muddatga ishlatish uchun berdim”
(matnning 1
–4- qatorlari).
Do'stlaringiz bilan baham: