Oltinchi komponent: O‘g‘ilcha
kasal bo‘lib qolsa, kimlar uni boqajagi:
İgläsär, yeti künki mün-aš men,
Čïntsu Šïla berür-men. – “Kasal
bo‘lib qolsa, yetti kunlik quyuq-su-
yug‘ini [so‘zma-so‘z: sho‘rvasi bilan
oshini] men, Chintsu Shila berurman”
(17v–18v- qatorlar).
Yeti kündin kečsär, men, Qaytsu
tu(duŋ) yegäläp alïp, kün eksükin köni
berür-men. – “Etti kundan o‘tsa, men,
Qaytsu tudung har kungi chiqimini
qoplab, albatta to‘layman” (18v–19v-
qatorlar).
Yettinchi komponent: Kasal bo‘lib
o‘lsa, olingan qarzni kim va qay miqdor-
da qoplashi:
İgläp ölsär, yarïm tawarï ölür, yarïm
tawarï tirilür. Tirildäči tawar yana men
Qaytsu tu(duŋ) üzä bolup, köni berür-
men. – “Kasal bo‘lib o‘lib qolsa, yarim
moli ham o‘ladi [qarzning yarmi hisob-
dan chiqadi], yarim moli qoladi [yarmi
to‘lanadi]. Saqlanib qolgan moli yana
men, Qaytsu tudungning yelkamda
bo‘lib, (uni) aniq to‘layman” (20v–22v-
qatorlar).
Sakkizinchi komponent: Uch yilga
qadar vasiqa o‘z kuchida qolajagi, bitim
buzilgan taqdirda ziyon uchun to‘lana-
jak jarimaning miqdori:
Üč yïl tügämäginčä, öntürmäz-men.
Apam öntür[ür]-men, tesär-men, bu
kümüš-ök bermiš küntin berüki asïγï
bilä köni berür-men. – “Uch yil tugama-
guncha, so‘zimdan kechmayman. Agar
so‘zimdan kechdim, degudek bo‘lsam,
bu kumush berilgan kundagi hujjat
bo‘yicha foydasi bilan albatta qaytara-
man” (22v–25v- qatorlar).
To‘qqizinchi komponent: Oldi-
berdini rasmiylashtirishni kuzatib tur-
gan guvohlar:
Tanuq – Qutadmïš Qaya, tanuq –
Seŋičün. – “Guvoh – Qutadmish Qaya,
guvoh – Sengichun” (25v–26v- qatorlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |