TAQDIRLASh TARTIBI
30. Musobaqani o‘tkazish va g‘oliblarni aniqlash bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
31. Musobaqaning mahalla, tuman (shahar), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi bosqichlarining g‘olib va sovrindorlariga O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda "Alpomish" va "Barchinoy" ko‘krak nishonlari (guvohnomasi bilan) topshiriladi hamda tashkilotlarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishi mumkin, shuningdek maxsus testlarni topshirish jarayonida rekordlar aniqlanadi.
32. "Alpomish" va "Barchinoy" ko‘krak nishonlari va guvohnomalarini tayyorlash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari "Sport" maxsus hisob raqami hisobidan qoplanadi.
5-BOB. YaKUNIY QOIDA
33. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Nizomga
1-ILOVA
Musobaqa ishtirokchilarining natijalarini aniqlash
MEZONLARI
6 - 8 yoshdagilar
1. Bilimlar. Yuvinish, artinish, cho‘milishning gigienik ahamiyati. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, o‘yinlar, sayrlar uchun kiyimlarni tanlash.
2. Ko‘nikmalar. Ertalabki gimnastika mashqlarini (3-4 ta) bilish. Jamoada o‘zini tuta bilish, musiqa jo‘rligida raqsga tushish, nostandart anjomlar va jihozlardan foydalana olish.
Sinov turlari va mezonlari
Do'stlaringiz bilan baham: |