O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»
Ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher navoiy nomidagi
Ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari O‘quvchilarda qarashlar va e‘tiqodlar tizimini shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg‘ulari va irodasiga har tomonlama ta‘sir ko‘rsatadi o‘z ifodasini topadi. Bu metodning mohiyati shundan iboratki, ularning vositasi bilan yosh avlodga nisbatan qilayotgan talablar bola ongiga yetkaziladi. "Odamni tarbiyalashning eng asosiy yo‘li ishontiriщdir, odamning e‘tiqodiga esa faqat ishontirish bilan tasir qilish mumkin". K.D.Ushinskiy, 1. Tushuntirish - o‘quvchilarda e‘tiqod hosil qilishning eng keng yoyilgan metodidir. Tushuntirishdan maqsad - bolaga hatti-harakatlar, voqyealar va hodisalarga nisbatan u yoki bu talablarning ijtimoiy, ma‘naviy, estetik mazmunini ochib berishdan, o‘quvchiga xulq-atvorga va ijtimoiy munosabatlarga to‘g‘ri baho berishni shakllantirishda ko‘maklashishdan iborat. 2. Hikoya va suhbat. O‘qituvchining jonli so‘zi orqali hamisha bola shaxsini g‘oyaviy va ma‘naviy shakllantirishning ta‘sirchan metodi bo‘lib kelgan. Hikoya uchun mavzu tanlayotganda uning sinf uchun aktualligiga, u bolalarda ma‘naviy ishonch, kechinma, his-tuyg‘uni yuzaga keltirishi shart. Suhbat turli mavzularda: etika (insonning yurish turin xaqida), estetik, siyosiy bilim beruvchi bo‘lishi mumkin. Suhbat vaqtida o‘quvchilar tinglovchilar emas, balki muhokama qilinayotgan voqyealarning faol qatnashchilari bo‘lishi kerak. Suhbatda o‘qituvchi bolalarning hissiy tajribasiga, ularning konkret bilimlariga tayanadi. Mashq va o‘rganish A.S.Makarenkoning ta‘kidlashicha, tarbiya - to‘g‘ri hatti-harakatga o‘rgatuvchi mashqdan boshqa narsa emas. Mashq - bolalar hayotini oqilona bir maqsadga qaratiladi, har taraflama faoliyatini jamiyatda qabul qilingan normalar va qoidalarga muvofiq, tashkil etishdir. Mashq muayyan harakatlar va ishlarni ko‘p marta takrorlashni o‘z ichiga oladi. Bola uchun mashq - ongli ijodiy jarayondir. Mashqlar natijasida malaka va ko‘nikmalar, odatlar, yangi bilimlar hosil qilinadi, aqliy qobiliyat rivojlantiriladi. ―O‘yin sinchkovlik va qiziquvchanlik olovini o‘t oldiruvchi uchqundir", - degan V.A. Suxomlinskiy. O‘quvchilar hayotida, ayniqsa boshlang‘ich sinflarning o‘quvchilari qayotida o‘yin faoliyati katta o‘rin tutadi. "Bola uchun o‘yin – voqyelik, - deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, - binobarin, uning tevarak atrofidagi voqyelikdan ko‘ra qiziqarliroq voqyelikdir. U bolaga, xususan tushunarli bo‘lgani uchun qiziqdir, o‘yin bolaga shuning uchun tushunarliki, unda qisman bolaning o‘zi yaratgan narsa bor". Bola o‘yinda qanday bo‘lsa, u katta bo‘lganida ishda ham ko‘p hollarda o‘shanday bo‘ladi, deb bildirgan. Makarenkoning so‘zlarida katta pedagogik mazmun bor. O‘yin - bolalar jamoaini jipslashtiradigan va rivojlan- tiradigan faoliyat turlaridan biridir. Bolalar o‘yiniga e‘tibor bilan razm solinsa, ularning o‘yinlarida kattalar dunyosi qanday aks etishini qanday bilib olayotganliklarini ko‘rish mumkin. Bola uchun mashq - ongli, ijodiy jarayondir. Mashqlar natijasida malaka va ko‘nikmalar, odatlar, (tajriba) bilimlar hosil kilinadi, aqliy qobiliyat rivojlantiriladi. K.D.Ushinskiy tarbiyaning vazifasi xarakterni shakllantirishdan hamda hayotda hosil qilingan e‘tiqod va odatlardan tarkib toptirish deb hisoblagan. Odat, Ushinskiyning fikricha, e‘tiqodni maylga aylantiradigan va fikrni ishga aylantiradigan jarayondir. Odat - odamning ikkinchi tabiati, lekin tarbiya sanatiga bo‘ysunadigan tabiatdir. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling