O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#214774
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   153
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi

 
 
17-Mavzu: Huquqiy tarbiya 
 
Reja: 
1.  Huquqiy tarbiya – shaxs erkinligini tarkib toptirish jarayonining tarkibiy qismi sifatida. 
2.  Maktabda huquqiy tarbiyaning mohiyati, mazmuni, maqsad va vazifalari. 
3.  O‘quvchilarda huquqiy tarbiyani tarkib toptirish uslbiyati. 
 
Tayanch so’z va iboralar 


o‘z haq-huquqi sari intilish, qonun, huquq, bilim, tarbiya, qonun hukmron bo‘lgan joyda 
erkinlik bo‘ladi, Konstitusiyaviy himoya, huquqiy ko‘nikma, odat va hokazo. 
 
«Ilm  ila  o‘z  haq-huquqi  sari  intilish  bandasi  uchun  farzdir  va  u  hayot  ekanmi,  ani  ado 
etmog‘i zarur» - deb ta‘kidlagan M.Ulug‘bek. 
«O‘z  haqini  himoya  qilish  yo‘lida  qurbon  bo‘lgan  odamning  o‘limi  naqadar  yaxshi 
o‘limdir.  Qonunchilik  ijtimoiy  hodisalardan  biridir,  u  hyech  qanday  orqaga  qaytishga  yo‘l 
qo‘ymaydi. Undan hatto zarracha orqaga qaytish ham qonunni buzishdir» (Hadis). 
Buyuk bobomiz A.Temur «Qonun hukmron bo‘lgan joyda erkinlik bo‘ladi» degan dono 
so‘zlarni oltin harflar bilan yozib qo‘yishga amr bergan edi deb ta‘kidlaydi I.A.Karimov «Buyuk 
kelajak sari» asarida (624-bet). 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2001  yil  4  yanvardagi  «O‘zbekiston 
Respublikasi  Konstitusiyasini  o‘rganishni  tashkil  etish»  to‘g‘risidagi  farmoyishi  asosida 
mamlakatimiz 
ta‘lim 
tizimining 
barcha 
bosqichlarida 
«O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitusiyasini o‘rganish» o‘quv kursi joriy qilindi. Farmoyishga asosan 2001 yil 1 sentyabdan 
e‘tiboran respublikamizda uzluksiz ta‘lim tizimida bog‘chadan to oliy ta‘limning yuqori bosqichi 
– magistraturagacha huquqiy bilimlarni o‘rganish avvalam bor Konstitusiyadan boshlandi. 
Barcha ta‘lim turlari uchun bolalar va o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan 
holda, huquqiy ong va madaniyatni shakllantirishga qaratilgan Konstitusiyani o‘rganish bo‘yicha 
dasturlar, darsliklar, adabiyotlar yaratish vazifalari kun tartibiga qo‘yildi. 
Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib umumiy o‘rta ta‘limning boshlang‘ich sinflarida 10 
soatdan  «Konstitusiya  alifbosi»  va  5-7  sinflarda  «Konstitusiya  olamiga  sayohat»  (14  soat) 
darslari  joriy  etildi.  Boshlang‘ich  sinflarda  ona  tili,  atrof  olamni  muhofaza  qilish  va  o‘qish 
darslarni o‘rganish tarkibida o‘rganiladigan bo‘ldi. 
Hammamizga  dunyo  xalqlari  tarixidan  ma‘lumki,  har  bir  millat  va  elatlar  faqat  o‘z 
erkinliklarini qo‘lga kiritgandan so‘nggina 
Markaziy Osiyo xalqlari ko‘p ming yillik boy huquq va huquqiy madaniyatga ega. Islom 
huquqshunosligi  asosan  Qur‘oni  Karim  va  sunnati  nabaviyya  asosida  shakllanadi  va  sunnat 
negizini  tashkil  etuvchi  hadislarni  jamlab  kelajak  avlodni  huquqiy  tarbiyalash  ehtiyoji  vujudga 
keldi.  Dastlabki  urinishlar  natijasida  Zayd  ibn  al-Hasanning  «Majma‘  ul  fiqh»,  Malik  ibn 
Anasning  «al-Muvatga»  va  Ahmad  ibn  Hanbaning  «al-Musnad»  nomli  hadislar  to‘plamlari 
vujudga  keldi.  Lekin  ular  hadislarni  saralab  to‘plashni  vazifa  qilmay,  huquqiy  tarbiyaga  javob 
berishga asos  bo‘ladigan zarur hadislarni to‘plash bilan cheklanganlar. Keyinchalik bu faoliyat 
hadis ilmi bilan shug‘ullanuvchi olimlar tomonidan davom ettirildi. Ulardan butun islom olamida 
e‘tirof  etilgan  «Olti  ishonchli  to‘plam»  (Qutub  assihah  as-sitta)  deb  yuritiladigan  to‘plamlar 
alohida  o‘rin  tutadi.  Bular  imom  al-Buxoriy  va  imom  Muslumlarning  «Jome‘  as-sahih» 
(ishonchli  to‘plam),  an  Nassoiy,  Abu  Dovud,  at-Termiziy  va  Ibn  Mohjalarning  «As-sunan» 
nomli hadislar to‘plamidir. 
Buyuk  islom  olimi,  faqiq  Burxoniddin  al-Marg‘inoniy  Qur‘oni  Karim  va  hadis  ilmini 
mukammal  egallab,  fiqh-islom  huquqshunosligi  borasida  benihoya  chuqur  bilimga  ega  bo‘lgan 
va huquqiy tarbiya sohasini beqiyos durdonalar yaratgan. U Samarqandga ko‘chib borib, butun 
islom olamida mashhur «Al-hidoya» asarini 573 yilda yozgan (1170 yil milodiy). Bu asar ovrupa 
xalqlari  tillariga  tarjima  qilinib,  katta  qiziqish  bilan  o‘rganilganidan  uning  ko‘pgina 
mamlakatlarda huquq ilmi rivojiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatganiga shubha yo‘q. 
O‘zbekiston  –  mustaqil,  demokratik,  huquqiy  davlat,  insonparvarlik  qoidalariga 
asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e‘tiqodlaridan qat‘iy nazar fuqarolarning huquq 
va  erkinliklarini  ta‘minlab  beradigan  davlatdir.  Qonuniylik  va  huquq-targ‘ibot  tantana  qilmasa 
shaxsning  huquq  va  erkinliklarini  amalga  oshirib  bo‘lmaydi.  Shu  jihatdan  «O‘zbekiston 
Respublikasining  ma‘muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi  kodeksi»  huquqiy  tarbiyada  asosiy 
dasturdir. 
O‘zbekiston  Respublikasi  mustaqil  bo‘lishi  munosabati  bilan  maktablardagi  ta‘lim-
tarbiya ishlari tinimsiz rivojlanib bormoqda. 


Respublikadagi  sog‘lom  vaziyat,  xalqning  moddiy  farovonligi  va  madaniy  saviyasining 
o‘sib  borayotganligi  mehnatkashlarning  onglilik  va  intizomlilik  darajasi  yuksalganligi  tufayli 
huquqbuzarlik  holatlari  tobora  kamayib  bormoqda.  Kishilar  ongiga  jamiyat  manfaatlari  yo‘lida 
halol mehnat qilish, sofdil, haqgo‘y bo‘lish,  adolatsizlikka, tekinxo‘rlikka, ta‘magirlikka qarshi 
murosasiz bo‘lish, qonun me‘yorlariga hurmat nazari bilan qarash kabi hislatlar ko‘proq singib 
bormoqda.  O‘quvchilar  ongiga  huquqiy  sifatlarni  singdirishda  tarbiyaning  barcha  omil  va 
vositalaridan,  pedagogik  ishning  barcha  usullaridan  oqilona,  maqsadga  muvofiq  foydalanish, 
hyech shubhasiz o‘zining samarali natijalarini beradi. 
O‘quvchi  va  yoshlarga  huquqiy  tarbiya  berishda,  ularda  yuksak  fuqarolik  his-
tuyg‘ularini,  sifat  va  hislatlarini  tarkib  toptirishda  ta‘lim-tarbiya  birligi  muhim.  Ta‘limiy  va 
tarbiyaviy vosita va omillar ko‘p. Hozirgi vaqtda davlat ramzlaridan foydalangan holda o‘quv-
tarbiya ishlarini tashkid etish muhim masalalardan biri bo‘lib turibdi. Hayotga qadam qo‘yuvchi 
har  bir  o‘smir  o‘z  respublikasining  Qomusini  bilishi,  unga  amal  qilishi  kerak.  O‘quvchilarda 
O‘zbekiston  Respublikasi  madhiyasi,  Gerbi  va  bayrog‘iga  nisbatan  chuqur  hurmat-ehtirom 
tuyg‘ularini tarbiyalash ishlarimizning uzviy qismini tashkil etadi. 
Hukumat  qarorlarida  maktablar,  oliy  va  o‘rta  maxsus  o‘quv  yurtlari  yosh  avlodni  har 
tomonlama yetuk va ma‘naviy barkamol tarbiyalashga da‘vat etilgan. O‘zbekiston Respublikasi 
fuqrarosi o‘z vatanini sevishi, xalqiga cheksiz sadoqatli bo‘lishi, O‘zbekiston Respublikasining 
qonun  va  qoidalarini,  ramzlarini  yaxshi  bilishi  va  ularga  chuqur  hurmat  bilan  munosabatda 
bo‘lishi  shart.  O‘quvchi  va  talabalarda  ana  shu  his-tuyg‘ularni  tarbiyalash  o‘qituvchining 
muqaddas burchidir. 
 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling