O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#214774
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   153
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi

Tayanch so’z va iboralar 
Mehnat qilish, baxtli bo‘lishni istasa, mehnatsevar, mehnat ahli, istak, ehtiyoj, odat, ijtimoiy 
foydali mehnat, o‘z-o‘zidan qiziqib qolmaydi, kam o‘ylaydigan kishi, ko‘p qirrali mehnatsiz 
va hokazo. 
 


Insonning asosiy burchi, vazifasi mehnat qilishdir, chunki istalgan narsaga ishlash bilan, 
mehnat qilish bilan erishiladi. A.Beruniy. 
«Bola o‘z mehnati bilan o‘zini boqish qurbiga ega bo‘lgandan keyingina otaning o‘g‘liga 
(yoki  qiziga)  bergan  mehnat  tarbiyasi  yakunlangan  hisoblanadi»  deb  hisoblagan  Ibn  Sino. 
(A.Irisov. Ibn Sio ma‘rifatparvar adib. T: 1962 y. 10-bet). 
Qaysi narsaga ko‘p mehnat qo‘shilsa, 
O‘sha narsa sevimli, hammadan aziz. 
Qaysi narsaga kishi umrini sarf qilsa, 
O‘sha narsa shirin jon barobarida sevimli bo‘ladi. 
Biror ishni qilishga qasd qilgan bo’lsang, butun zehning, butun vujuding bilan tirishib, 
bitirmaguncha undan qo’l tortma, - deb o’git qilgan Amir Temur. 
K.D.Ushinskiy «Tarbiyaning o‘zi, agar kishining baxtli bo‘lishini istasa, uni baxt uchun 
tarbiyalamasligi, balki hayotdagi mehnatga tayyorlashi kerak», - degan. 
Umrni zoye etma, mehnat qil
Mehnatni saodatning kaliti bil. (A.Navoiy) 
Mehnat  tarbiyasi  tarbiyaning  tarkibiy  qismini  tashkil  etadi.  Haqiqatdan  ham,  kishining 
eng birinchi, zaruriy ehtiyoji – mehnatdir. «Buning uchun mehnat zarur, - deb uqtiradi Beruniy, 
faqat aql-idrok va mehnatning jonlanishigina kishilar hayotini belgilab beradi». Insonning asosiy 
burchi va vazifasi – mehnat qilishdir, chunki istalgan narsaga mehnat sarflash orqali erishiladi. 
A.N.Forobiy  inson  o‘z  ijtimoiy  vazifasini  bajarish  uchun  unga,  birinchidan,  kundaliy 
hayotda  odamlar  bilan  muloqotda  bo‘lish  zarurligini,  ikkinchidan  esa,  u  mehnat  va  kasb-hunar 
ko‘nikmalarini  va  axloqiy  fazilatlarni  hosil  qilishi  lozimligini  ta‘kidlaydi.  Va  yana  «Har  bir 
kishiga  berkitilgan  ma‘lum  bir  ish  bo‘lishi  kerak,  toki  u  kishi  o‘ziga  berkitilgan  ishni 
kechiktirmasdan o‘z vaqtida bajarsin», - deydi. (A.N.Forobiy. Risolalar. T., 1975 yil, 17-bet). 
Ali Abu ibn Sino «Kitob ush-shifo» asarida ideal davlat tuzumi ko‘rinishini chizib beradi. 
Uning fikricha, bu davlatning har bir a‘zosi jamiyat uchun foyda keltiruvchi biron bir ish bilan 
shug‘ullanishi  kerak.  Odamni  shundagina  odam  deyish  mumkinki,  qachonki  u  o‘z  manfaati 
uchungina emas, balki xalq va umumjamiyat manfaatlari uchun foydali mehnat qilishi bilandir. 
Birovlar  halol  mehnat  qilib  jamiyat  uchun  foyda  keltirsa,  boshqalar  tekinga  yashasa  –  bu 
adolatsizlik,  deb  ta‘kidlaydi,  Ibn  Sino  «Tadbiral  manozil»  asarining  «Afsofiy  bahtarin  zanho» 
bo‘limida  barcha  jamiyat  a‘zolari  ishlab  chiqarish  mehnati  bilan  shug‘ullanishi  zarur,  -  degan 
g‘oyani ilgari suradi. 
Kaykovus  «Qobusnoma»ning  «Hunarning  afzalligi  va  qadri  baland,  oliy  tabiatli  bo‘lish 
haqida»  degan  bobida  farzandlarni  mehnat  qilishga  undar  ekan,  agar  mehnat  qilib  badanni 
o‘zingga bo‘ysindirmasang sog‘lom va baland martabali bo‘la olmaysan. (Qobusnoma. T., 1973 
y. 33-bet). 
Pahlavon  Mahmud  «Inson  yuksak  kamolotdir,  lekin  u  ana  shu  sharafga  loyiq  bo‘lish 
uchun,  avvalo,  foydali  mehnat  bilan  shug‘ullanishi  va  o‘z  manfaatini  xalq  manfaatidan  yuqori 
qo‘ymasligi lozim», - degan g‘oyani ilgari suradi. 
Abdulqodir  Bedilning  fikricha  «Insonda  o‘z  hayotini  yaxshilash  uchun  imkoniyat 
mavjuddir. Bu imkoniyat, uning nuqtai nazaricha, kishining hafsalasida, harakatchan bo‘lishida, 
ilm,  kasb-hunar  o‘rganishi  va  mehnat  qilishidadir».  (I.M.Mo‘minov.  Tanlangan  asarlar.  I-tom, 
T., «Fan», 1969 y, 103-bet.). 
Yu.X.Xojib  «Qutabg‘u-bilik»  dostonida  «Inson  faqat  jamiyatdagina,  boshqa  kishilar 
bilan  muloqatda  va  o‘zaro  munosabatda,  ijtimoiy  foydali  mehnatdagina  chinakam  kamolotga 
yetishadi», - deb ta‘kidlaydi. 
Mehnat tarbiyasi haqida mashhur pedagog V.A.Suxomlinskiy quyidagi fikrlarni bildiradi: 
«O‘zi  yaxshi  ko‘rmaydigan  ish  bilan  shug‘ullanmaydigan  kishini  hyech  qanday  madaniy 
boyliklar, xazinalar bilan shod etib bo‘lmaydi», «Aqliy mehnat bilan jismoniy mehnatni qo‘shib 
olib borish – bu aqliy mehnatdan keyin mexaniq tarzda jismoniy mehnat bilan mashg‘ul bo‘lish 
degan so‘z emas, balki aqliy mehnatda hosil qilingan bilimni jismoniy mehnat vaqtida muttasil 
qo‘llab  borish  demakdir»,  «Mehnatdagi  muvaffaqiyat  –  bu  muvaffaqiyat  qozongan  kishining 


faxri. O‘z mehnatidan faxrlanmaydigan haqiqiy insonning o‘zi yo‘q», «Kam qayg‘uradigan, kam 
o‘ylaydigan  kishi,  birdan  mehnatsevar  bo‘lib  qolishi  mumkin  emas»,  «Bola  mehnatga  o‘z-
o‘zidan  qiziqib  qolmaydi,  modomiki  qiziqishi  bo‘lmas  ekan,  demak  mehnatga  muhabbat  ham 
bo‘lmaydi, albatta. Bolalar mehnatini noto‘g‘ri uyushtirish uni mantiqsiz bir ishga aylantiradi va 
u mehnatdan bezib qoladi». 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling