O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#214774
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   153
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi

isrof va hokazo. 
 


Bozor  iqtisodiyotiga  o‘tilayotgan  bir  paytda  yoshlarda  iqtisodiy  tafakkurni  tarbiyalash 
ayniqsa juda muhim. Avvalo o‘quvchilar iqtisodiy tarbiya haqida mukammal, to‘la tushunchaga 
ega  bo‘lmog‘i  darkor.  Iqtisodiy  tarbiya  o‘quvchilarda  tejamkorlik,  mehnatsevarlik, 
tashabbuskorlik,  ishbilarmonlik,  iqtisodiy hisob-kitob va ayni  vaqtda shu kabilar haqida fikrlay 
olish qobiliyatini kamol toptirishdir. Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan 
asosli  boyitib  kelindi.  Chunonchi,  Muhammad  Ibn  Suso  Al-Xorazmiy  matematika  fani  inson 
hayotida  asosiy  o‘rin  tutishini  alohida  ta‘kidlaydi.  Uning  fikricha,  kishi  hisob  ilmini  bilishi  va 
o‘z ishiga pishiq bo‘lishi kerak. Shunda u o‘z mehnatining natijalarini o‘lchovlar orqali aniqlay 
olishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da: «Ta‘limning barcha 
darajalari  ta‘lim  oluvchilarning  iqtisodiy  ta‘limi  hamda  tarbiyasini  takomillashtirish»,  zarurligi 
(45-bet)  a‘lohida  ta‘kidlangan.  Barkamol  inson  avvalo  iqtisodiy  tarbiya  olmog‘i  shart.  Chunki 
iqtisodiy  tarbiyasiz,  unga  bog‘liq  ko‘nikmalarsiz,  odatlarsiz  haqiqiy  mukamml  inson  bo‘lishi 
mumkin  emas.  U  eng  avvalo  o‘z  mehnati  va  boshqalar  mehnatini  qadrlaydigan,  uni  hayotda 
tadbiq  qilishning  ta‘limiy  asoslarini  ilmiy  bilmog‘i  zarurdir.  Iqtisodiy  tarbiya  iqtisodiy  ta‘lim 
negizida quriladi. Tarbiya esa kundalik turmushda  yuqoridagi sifatlarni qo‘llash jarayonida o‘z 
ifodasini topadi. Bu muammo esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘ziga xos tarzda, ya‘ni sodda 
shaklda  tashkil  etiladi.  Chunki  kichik  o‘quvchilarda  iqtisodiy  ma‘lumotni,  madaniyatni,  ongni, 
ko‘nikma  va  odatlarni  birdaniga  tarkib  toptirish  mumkin  emas.  Shuning  uchuk  kichik 
o‘quvchilarda  dastlab  iqtisod  haqida  tasavvur,  tushuncha  va  ularni  turmushda  qo‘llash  bilan 
bog‘liq ko‘nikmalarni tarkib toptirish muhim vazifa hisoblanadi. 
Kichik  o‘quvchilarning  barkamol  insonga  xos  bo‘lgan  iqtisodiy  bilimlari  bosqichma-
bosqich  ular  yoshining  ortib  borishi  bilan  uzviy  bog‘liq  holda  tashkil  etiladi.  Iqtisodiy  ong, 
madaniyat  birdaniga  tarkib  toptirilmaydi.  O‘quvchilarning  bu  sohadagi  tasavvurlari  bevosita 
ta‘lim  jarayonida  tarkib  toptirilib  borishni  talab  etadi.  Bunday  mas‘uliyat  boshlang‘ich  sinf 
o‘qituvchisi zimmasiga to‘g‘ri keladi. Bu ish boshlang‘ich ta‘limning to‘rt yilli davrida amalga 
oshiriladi. 
Tejamkorlik. Abu Nasr Forobiy «Baxt-saodatga erishish haqida» asarida shunday yozadi: 
«Inson  o‘z  mablag‘ini  to‘g‘ri  sarflashni  bilishi  kerak.  Pul  sarflashda  qizg‘anchiqlik  qilish, 
xasislikka  olib  keladi.  Pullarni  rejasiz  ishlatish  esa  insonni  beboshlikka  yetaklaydi».  Ko‘rinib 
turibdiki  Sharq  mutafakkirlari  maktab  va  oila  sharoitida  bolalarning  iqtisodiy  tafakkurini 
kengaytirish,  ularni  tejamkorlikka,  tashabbuskorlikka,  ishbilarmonlikka,  iqtisodiy  hisob-kitobga 
o‘rgatishni hayotiy tajriba asosida amalga oshirish lozimligiga asosiy e‘tiborni qaratganlar. 
«Ey  farzand,  o‘zingni  mol  jam  etmoqdan  g‘ofil  tutmag‘il  va  lekin  har  narsani  etmak 
tilasang  jahd  qilg‘il,  toki  halollik  bila  jam  bo‘lsin  va  hamisha  senga  boqiy  hamda  yoqimli 
bo‘lsun. Agar moling ko‘p bo‘lsa, uni taqdir va tadbir bila ishga yaratg‘il. Nedinkim, taqdir va 
tadbir bila yaratgan ozgina mol taqdirsiz va tadbirsiz ko‘p moldin yaxshidur. Agar mol oz bo‘lsa, 
ham  yaxshi  saqlamoqni  vojib  bilg‘ilki,  har  kishi  oz  narsani  saqlay  olmasa,  ko‘p  narsani  ham 
saqlay  olmag‘uvsidir.  Har  narsa  qo‘lingga  tushsa,  bir  tangadin  ikki  hissani  qarilig‘  va  ojizlig‘ 
vaqtining zaruriy ishlariga ehtiyoj uchun ehtiyot qilib qo‘yg‘il, va undin ko‘z yumib aslo unga 
qo‘l urmag‘il. Qolgan ikki hissani o‘zingning ziynat va asbobingga sarf etgil» (Qobusnoma. 70-
72 bet). 
«...Olamdagi hamma millatlarning hol va qudratlari mol va boyliklari ila o‘lchanur» - deb 
Abdulla Avloniy o‘rinli ta‘kidlagan. (A.Avloniy. Toshkent tongi. G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot 
va san‘at nashriyati. T., 1979 y, 267-bet). 
Xalq ongiga singib ketgan «Iqtisod bilan ishlagan kishilar faqir bo‘lmaslar» degan hadis 
bor, unga quyidagicha izoh berish mumkin: «Kirimiga qarab chiqimini tuta bilmagan kishi bor 
davlatini  bitirib,  oxiri xo‘rlikka  tushgani  holda,  kirimiga  qarab  chiqimini  tuta  bilgan  kishi  boy 
bo‘lmasada,  o‘zini  faqirlikdan  saqlay  oladi».  (Yuz  bir  hadis.  T.,  «Mehnat»,  1991  y,  38-bet). 
Demak,  iqtisodning  yaxshi  yoki  yomonligi  tejamkorlik  bilan  bevosita  bog‘liqdir.  Bas,  shunday 
ekan bolaga oilada iqtisod, kirim-chiqim mohiyati haqida ta‘lim-tarbiya berish kerak. 


Bu ishni o‘quvchi bevosita maktab ta‘limi davrida oladi. Shuning uchun o‘quvchida ilk 
iqtisodiy  tushuncha  asoslari  va  ko‘nikmalarni  tarkib  toptirishga  alohida  e‘tibor  berilishi  shu 
kunning muhim muammolaridan biridir. 
Mol  jam  etarda  baxillik qilmag‘il,  bu  badbaxtlikning  shogirdidir.  O‘zingga  ranj  berg‘il, 
ya‘ni  o‘zing  mashaqqat  tortg‘il,  nedinkim  mol  qiyinchilik  bilan  yig‘iladi  va  qohillik  bila  yo‘q 
bo‘lur. Donolar debdurlarki: «Harakat qiling to obodon bo‘lg‘aysizlar va ozga qanoat qiling, toki 
mollaringiz  ko‘p  bo‘lg‘ay,  yumshoq  tabiatli  va  shirin  so‘zli  bo‘ling,  do‘stiniz  ko‘p  bo‘lg‘ay». 
Demak,  ko‘p  ranj  bila  topilg‘on  ganjni  (boylik)  g‘aflat  va  qohillik  bila  qo‘ldan  bermoq  aqlli 
kishining ishi emasdur. Qashshoq bo‘lg‘andin so‘ng har qancha pushaymon bo‘lsa, sud (foyda) 
qilmaydur.  Demak,  moling  barqaror  bo‘lguncha  mashaqqat  ustiga  mashaqqat  chekg‘il,  sen 
bundan bahramand bo‘lg‘aysan. 
Biroq  mol  har  qancha  aziz  bo‘lsa  ham,  uni  do‘stlardin  darig‘  tutmag‘il.  Har  holda 
molingni  go‘ringga  olib  bormagungdur.  Ammo  daromad  na  chog‘liq  bo‘lsa,  xarjing  ham  ul 
miqdor  bo‘lsun.  Shunda  senga  qashshoqlik  mashaqqati  yuzlanmag‘ay.  Har  kishiki  xarjini 
daxlidin oz qilsa, hyech vaq qashshoq bo‘lmag‘ay. 
Donishmandlar debdurlarkim, hyech bir ishda isrof qilmag‘il, isrof qiluvchi barcha vaqt 
ziyonkordur.  Ammo  tirikchilikni  talx  qilgudek  qattiqliq  qilmag‘il.  Ro‘zgoringning  zaruriy 
ishlarida tahsir nuqson ko‘rguzmag‘il. Joningga jabr qilmag‘il: mol har nechakim azizdur, ammo 
jonigdan aziz emasdur. Alqissa, jahd etib yig‘ilgan molingni bahllarning qo‘liga topshirmag‘il va 
sharobxo‘r,  qimorbozlarga  e‘timod  qilmag‘il.  Mol  jam  etmakda  xato  qilmag‘il,  har  odam  o‘z 
ishida xato qilsa, saodatdin mahrum bo‘lg‘ay va muddaolarda bebahra qolg‘ay, nedinkim, roham 
mehnatdadur. Shundoqki, bugunning rohati kechagi mehnatning natijasidur. 
Molingdin  mustahiqlarga  (munosib,  loyiq)  yedurg‘il.  O‘zgalarning  molidin  ta‘ma 
qilmag‘il, tokim barcha xaloyiqning yaxshiroq va azizrog‘i bo‘lg‘aysan. Molingni o‘zgalarning 
moli  deb  bilg‘il,  o‘zgalarning  molin  o‘z  molingdin  ziyodrog‘  bilg‘il,  toki  omonatga  xiyonat 
qilmaslik, to‘g‘rilik bila xalqqa mashhur bo‘lg‘aysan (Qobusnoma. 70-72 bet). 
«...  Har  ishning  bir  sababi  bordir.  Ammo  qashshoqlikning  sababi  isrofdir.  Isrof  faqat 
molni  sarf  qilishgagina  emas,  ovqatda,  kishining  qiziqishlari,  nutqida  ham  isrof  bo‘ladi,  isrof 
tanni aldaydi, nafsni ranjitadi, aqlni qochiradi va tirikni o‘ldiradi». 
Isrof  so‘zining  lug‘aviy  ma‘nosi  bu  –  molni  gunoh  ishlarga  sarflash  yoki  o‘zi  va  bola-
chaqasi  uchun  hyech  narsa  qoldirmay,  bor-yo‘g‘ini  mayda-chuyda,  ikir-chikirlarga  sarflab 
yuborish  ma‘nolarini  anglatadi.  Isrof  –  u  qaysi  ko‘rinishda  bo‘lmasin  kishining  bor-yo‘g‘ini 
sovuradi,  yakson  qiladi,  degan fikr ilgari surilgan (Al-adab al-mufrat.  Imom  Ismoil  al-Buxoriy. 
131-bet). 
«Yaxshi  sayrat,  chiroyli  hay‘ot  va  har  bir  ishda  iqtisodchilik  yetishi  hislatlardan  bir 
bo‘lagidir» (216 bet, 468 hadis). Yana bir hadisda «Sizlarning uchta ishingiz uchun olloh taolo 
rozi va uchta ishingiz uchun g‘azabda bo‘ladi. Molni noo‘rin yerlarga sarf qilib zoye qilganingiz 
shularning  bittasidur,  deydilar»  (206  bob,  131  bet).  Markaziy  Osiyolik  olim  Rozouddin  ibn 
Faxriddin  odob-axloq  tushunchasiga  oid  «Kattalarga  nasihat»  asarining  so‘nggi  qismi  «Butun 
a‘zolaringizni gunohlardan saqlang, deyiladi unda, - insof, adolatni o‘zinizga rahbar qilib oling. 
Pul,  mol  dunyongizni  tejab  sarf  eting,  isrofgarchilikka  yo‘l  qo‘ymang.  Birovdan  qarzdor 
bo‘lsangiz,  va‘da  qilg‘an  kuningizda  topshiring»,  deb  ta‘kidlanadi  Qobusnomada.  Haqiqatdan 
ham  inson  mol,  mablag‘,  boylik  uchun  o‘zini  xavf-xatarga  qo‘ymasligi  shart.  Albatta  har  bir 
inson uchun mol, mablag‘, boylik zarur, bu hayotning talabi. Ammo uni topishda O‘zbekiston 
Respublikasi  Konstitusiyasiga  va  boshqa  me‘yoriy  hujjatlarda  ko‘rsatilgan  qoidalarga  rioya 
qilish  oilaning,  davlatning,  jamiyatning  rivojlanishiga  to‘siq  bo‘lmasligi  darkor.  Bu  sohada 
tadbirkorlik,  tashabbuskorlik,  halollik,  adolat,  xalq,  davlat  manfaatlaridan  kelib  chiqib  amalga 
oshirilsa samarali natijalar keltiradi. 
O‘quvchilarga  iqtisodiy  tarbiya  avvalo  dars  jarayonida  singdiriladi.  O‘qituvchi  qaysi 
sinfda qaysi predmetdan dars berishidan qat‘iy nazar o‘rganilayotgan materialning mazmunidan, 
uning xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘quvchilarga iqtisodiy 
 ta‘lim,  tarbiya  elementlarini 
singdirib, kerakli ko‘nikma, odatlar haqida ma‘lumot beradi. Masalan, adabiyot, tarix, geografiya 


darslarida  biror  yozuvchining  asaridagi  mazmunni  bayon  qilishda  mazkur  mahsulotni  yoki 
boylikni  ishlab  chiqaruvchilar  mehnati  evaziga  bunyod  bo‘layotganligini,  ular  mehnatini 
qadrlash,  mehnat  ahllarini  hurmatlash  har  bir  odamning  o‘z  mehnatini  qadrlashligini  badiiy 
obrazlar  vositasida  o‘quvchilar  ongiga  singdiriladi.  Geografiya  kursini  o‘qitish  asosida  tabiiy 
boyliklar, ularning turlari, ularning davlat rivojidgi hissasini uqtirish orqali mazkur boyliklar har 
bir  kishiga  kerak  ekanligini,  ularsiz  inson  hayoti  farovon  bo‘lishi  mumkin  emasligini 
tushuntiradi.  O‘quvchi  mazkur  fanlardan  olgan  bilimlarini  qiyoslab,  taqqoslashtirish  aasosida 
birinchi  navbatda  o‘z  mehnatini,  so‘ng  o‘zgalar  mehnatini  qadrlashga  o‘rganadi.  Shu  asosda 
o‘quvchilarda  iqtisodiy  ma‘lumot,  ko‘nikma  va  odatlar  tarkib  topadi.  O‘quvchilarni  iqtisodiy 
tarbiyalashda  sinfdan  va  maktabdan  tashqari  tarbiyaviy  tadbirlar  samarali  ta‘sir  ko‘rsatadi. 
Masalan, «Mohir qo‘llar» to‘garagi ishtirokchilari o‘qituvchi-usta rahbarligida turli xil buyumlar
kiyim-kechaklar, o‘yinchoqlarni tayyorlash bilan bog‘liq ko‘nikmalarni o‘rganadilar, ya‘ni biror 
bir  mahsulot  ishlab  chiqarishni  o‘rganadilar.  Ana  shu  mahsulotlar  ishlab  chiqarilmasa  odamlar 
ularni  bozordan  xarid  qilishlari  zarur  bo‘ladi.  Demak,  ishlab  chiqargan  buyumlar  kishilarning 
shu  sohaga  bo‘lgan  ehtiyojlarini  qanoatlantiradi,  ya‘ni  ta‘minlaydi.  Xullas,  bu  mahsulotlar 
mablag‘,  ya‘ni  pul  hosil  bo‘lishiga  asos  soladi.  Pul  esa  o‘z  navbatida  o‘quvchilarni  iqtisodiy 
fikrlashga va shu haqda to‘g‘ri xulosa chiqarishga undaydi. 
Yoki  maktabdan  tashqari  biror  zavod  yo  fabrika  yo  korxonada  ishlab  chiqarish  jarayoni 
bilan  o‘quvchilarni    tanishtirish  orqali  ularning  mazkur  sohalar  bo‘yicha  tasavvur,  bilim, 
ma‘lumotlarini  takomillashtiradi.  Qaysi  soha  bo‘lmasin  u  davlatning,  kishilarning  kundalik 
turmushi,  hayoti  bilan  bog‘liqligini  anglaydi.  Mazkur  sohaning  iqtisodiy  imkoniyatlari  va  o‘z 
navbatida  odamlarning  shu  sohaga  bo‘lgan  ehtiyojini  o‘quvchilar  o‘rganish,  ko‘rish,  kuzatish 
jarayonida  o‘zlarining  iqtisodiy  ma‘lumotlarini  oshirib  borishadi.  Bularning  barchasi 
o‘quvchilarni  iqtisodiy  tarbiyalashda  ijtimoiy  ahamiyatga  ega.  O‘quvchilarni  iqtisodiy 
tarbiyalash  ommaviy  axborot  vositalari,  teatr,  kino,  sayohatlarni,  ko‘rgazmalarni  tashkil  qilish 
singari manbalari mavjudki,  ularsiz fuqarolarning iqtisodiy madaniyatini,  tafakkurini,  ongini va 
ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash masalasini hal etish mushkul. 
Oilada tejamkorlik tarbiyasi. Pul ham tarbiyalaydi. Bungga befarq qaramaslik darkor. Pul 
muomalasiga mensimay qarash, ko‘pincha ikki tomonlama muammoga olib keladi. Tekinxo‘rlik 
va  oilaning  iqtisodiy  qiyinchiliklarini  bilishni  istamaslik  odati  tarbiyalanadi.  Ikkinchidan,  pul 
ochko‘zlik,  pul  jamg‘arishga  intilishni  tarbiyalashi  mumkin.  Ilk  yoshlikdanoq  bolani  oilaning 
xo‘jalik  ishlari  bilan  tanishtirib  borish  zarur.  Bola  oila  mablag‘ini  bilishi,  oila  hayotining  bir 
oylik, bir kunlik «taxminiy smetasini» bilishi lozim. U asosiy oziq-ovqatlarning – non, yog‘, sut, 
go‘sht,  baliq,  sabzavot  va  boshqalarning  narxini  bilishi  kerak.  Bola  kamolga  yetib  borgan  sari 
uni  buyumlar  (kiyim,  poyafzal,  televizor  va  hokazolarning)  qimmati  bilan  tanishib  bormog‘i 
lozim. Agar ota-ona qo‘shimcha ish olib ishlayotgan bo‘lsa, bola shuni tushunishi kerakki, onasi 
va  otasi  oilada  hamma  yaxshi  yashashi  uchun  mehnat  qilayopti.  U  shunday  mantiqni 
tushunmog‘i  lozim:  Har  kim  oila  hayotini  yaxshilashga  o‘zining  qo‘lidan  kelgan  hissasini 
qo‘shishi kerak. Bola sizga qancha ertaroq yordam bera boshlasa, shuncha yaxshi bo‘ladi. 
 
 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling