O’tkir va surunkali bronxit o’tkir bronxit
Download 228.9 Kb. Pdf ko'rish
|
1 - Nazariy materiallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- TASHXIS
Taxlillar: qonda o’zgarish yuk. Yiringli bronxitda leykotsitoz, SOE ortishi mumkin, astma sindromida - eozinofiliya. R – da o’pka rasmi kuchaygan. Emfizema rivojlanganda – o’pka tinikligi oshadi. Bronxoskopiya – kataral endobronxit deformatsiyasida gemorral, yiringli o’zgarishlar kuzatiladi. TASHXIS: farklash kerak Surunkali zotiljam o’pka sili o’pka raki DAVOLASH. KOMPLEKS DAVO. Kasallik qo’zg’algan paytda etiotrop va patogenetik davo qo’llaniladi. Bemorni kasalxonaga yotkizish kerak. Yengilrok kechadigan surunkali bronxitni kunduzgi statsionarda davolasa bo’ladi. Davolash jarayonida ko’pincha antibiotiklarni o’zgartirib turishga tugri keladi – mikrob florasi antibiotikka o’rganib koladi. Agar flora ta’sirchanligini aniklash imkoni bo’lmasa, davolanishni penitsillin katoridagi antibiotiklardan boshlash kerak. Penitsillin katoridagi antibiotiklarni ko’tara olmagan takdirda tsefalosporin guruxidagi antibiotiklar beriladi. Bularning nafi bo’lmasa, rezerv guruxi antibiotiklari beriladi. Sulfanilamidlar tayinlanadi. Davolash kursiga 28 – 30 g. Bronx yo’llarining yaxshirok ochilishi uchun balg’am kuchiruvchi moddalar, mukolitik dori – darmonlar, davolovchi bronxoskopiyadan keng foydalaniladi. Bronxospazm bo’lib turgan xollarda eufillin, efedrin, atropin, simpatomimetik preparatlar, aerozol ko’rinishidagi preparatlar buyuriladi. Kasalning axvoli yaxshilanmasa, oz mikdorda kortikosteroidlar ko’llaniladi. Prednizolon dozasini xafta sari kamaytirib boriladi. O’pka gipertenziyasini kamaytirish uchun kislorod ingalyatsiyasi, ganglioblokatorlar buyuriladi. O’ng korincha yetishmovchiligida yurak glikozidlari, siydik xaydovchi vositalar ko’llanildi. Yo’talga qarshi – kodein, dionin kullash mumkin. Organizmni karshiligini oshirish uchun vitaminlar, aloe ekstrakti va boshkalar qo’llaniladi. Kislorod terapiyasi va shifobaxsh fizkultura, birinchi galda nafas gimnastikasi foydalidir. Fizioterapevtik davo keng qo’llaniladi. Remissiya davrida davolanish uchun Krimning Janubiy soxili, O’rta Osiyo kurortlariga va tog’ – iqlim kurortlariga yuborilganda yaxshi natijalar olingan. Surunkali bronxit profilaktikasi bronx – o’pka tizimining o’tkir kasalliklari, grippning oldini olish, xavoning ifloslanishiga, chang va zararli gazlarga qarshi qurash tadbirlarini amalga oshirish, ichkilikbozlikka, chekishga qarshi qurash, burun xalkumni sanatsiya qilishni o’z ichiga oladi. Profilaktika maksadida aerozol va elektro – aerozol terapiya xam o’tkaziladi. Xar kuni fizkultura bilan shug’ullanish, velosepedda yurish, bog’larda yumush kilish, piyoda yurish, xovuzlarda cho’milish organizmni chiniqtirish kerak. Download 228.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling