O’tkir va surunkali bronxit o’tkir bronxit


Download 228.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana19.06.2023
Hajmi228.9 Kb.
#1622921
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 - Nazariy materiallar

 
PATOLOGIK ANATOMIYASI. 
O’tkir bronxit bronxlar devorida qizarish, shish, shilliq moddaning ko’p 
ajralishi, leykotsitlar diapedezi bilan kechadi. Keyinchalik erroziyalar xosil 
qiluvchi epiteliy deskvamatsiyasi kuzatiladi. Bronxlar devorining ayrim joylarida
esa yallig’lanish shilliq osti va mushak to’kimalariga, peribronxial interstitsial 
to’qimaga o’tishi mumkin. 
KLASSIFIKATSIYASI. 
Etiologiyasi buyicha o’tkir bronxit:
1. Infektsion kelib chikishiga ega; 
a) virusli; 
b) bakterili; 
v) virusli – bakteriyali; 
2. Fizik – ximik zararlovchilar ta’sirida. 
3. Aralash. 
4. Noanik sababli. 
Patogenez buyicha: birlamchi va ikkilamchi. 
Zararlanish dajarasiga qarab:
1. Traxeobronxit. 
2. O’rtacha bronxlar zararlanishi. 
3. Bronxeolit.
Yallig’lanish xarakteriga qarab:


1. Kataral.
2. Yiringli. 
Funktsional xolatiga karab: 
1. Noobstruktiv
2. Obstruktiv 
Taraqqiyot variantlari: 
1. O’ta o’tkir (2 xaftagacha) 
2. Cho’zilgan (1 oygacha) 
3. Kaytalanuvchi (yil dvomida 3 va ko’prok kaytalash).
KLINIK MANZARASI. 
Kasallik quruk iztirobli yo’tal, to’sh suyagi atrofida og’rik, nafas 
yo’llarining o’tkir yallig’lanishiga xos o’zgarishlar bilan boshlanib, yallig’lanish 
bronxlarga tarqalgach, xansirash va ketma – ket yo’talish paydo bo’ladi. Bemorlar 
yo’talish vaqtida ko’krak kafasining pastki kismida og’rik sezadilar. Bexollik, 
terlash, tana xaroratining 37,5 – 38 
0
S ga ko’tarilishi, gripp bilan og’rigan 
bemorlarda esa lablariga uchuq toshishi (herpes labialis) kuzatiladi. 
Perkussiya qilinganda o’zgarmagan o’pka tovushi eshitiladi. Auskultatsiya 
vaqtida o’pkada tarkalgan quruk xushtaksimon yoki g’o’ng’illovchi xirillashlar 
eshitiladi, yo’taldan sung xirillash paydo bo’lishi mumkin. 
O’tkir bronxit kasalligida o’pka rentgenogrammasida o’zgarish bo’lmaydi. 
Tashki nafas funktsiyasi tekshirilganda o’pkaning tiriklik sig’imi va maksimal 
ventilyatsiya 15 – 20 foizga kamayadi. Qonning kislorod bilan tuyinishi daqiqali 
(minutli) nafas sig’imining ortishi xisobiga buzilmaydi. Konda leykotsitlarning 
neytrofillar xisobiga ortishi 8 – 12 x 10 
9
/l, eritrotsitlar cho’kish tezligi (EChT) 
ortishi kuzatiladi. O’tkir bronxitning yengil formasi qisqa muddatli bo’lib (2 – 3 
kun), bemor o’zini yomon xis qiladi, u subfebril xarorat, yo’tal, tush suyagi 
atrofida og’rik bilan o’tadi. Og’ir formasi tana xaroratining baland bo’lishi, yutal 
balg’am kuchishi, qonda leykotsitlar va EChT ortib ketishi bilan kechadi. 



Download 228.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling