O’tkir va surunkali bronxit o’tkir bronxit
Funktsional belgilarga qarab
Download 228.9 Kb. Pdf ko'rish
|
1 - Nazariy materiallar
Funktsional belgilarga qarab:
a) Obstruktsiyasiz. b) Obstruktsiya bilan. Klinik – laborator kursatkichiga karab: a) Kataral. b) SHillik – yiringli. Kasallik davri: a) qo’zg’alishi b) remissiya BEMORNI KO’RGANDA: kasallik boshlanishida o’zgarish bo’lmaydi. Kasallik uzoq vaqt davom etganda xatto remissiya vaktida xam nafas va yurak yetishmovchiligi, o’pka emfizemasi, buyin venalari shishi, tirnoklari soat oynasi, barmoklari «nogora tayokchaga» o’xshaydi. Ovoz dirillashni boshlashi o’zgarishi kasallik uzoq davom etganda susayganda perkussiyada – boshlanishida o’zgarishsiz mayda bronxlar zararlanganda bronxobstruktsiya qilinganda perkutor tovush timpanik bo’ladi. Emfizema belgilari (ekskursiya chegaralanishi, Krening maydoni kengayishi) kuzatiladi. Auskultatsiyada nafas kuchaygan yoki susaygan bo’ladi. Isitma vaqtida nafas kuchayigan bo’lishi mumkin. Nafas susayishi ko’pincha emfizema rivojlanganda kuzatiladi. Surunkali bronxitning boshlanishiga xos: dag’al nafas, tarqoq kuruk xarillashlar. Bu xirillashlar yirik va o’rta bronxlarda paydo bo’ladi. Yo’talda yo’qolib paydo bo’lib turadi. Tarkok bronxlar zararlanishida xirillash tembri yukori bo’ladi. Xushtaksimon xirillashlar mayda bronxlar jarayoniga ko’shilganiga xos. Nafas yetishmovchiligida bu xirillashlarni eshitilmay kolishi yomon belgi. U mayda bronxlarni yopishkok shilliq bilan to’silishidan darak beradi. Obstruktiv o’zgarishlar bo’lib o’pka ventilyatsiyasi buzilib gipoksemiya, giperkapniya rivojlanadi. Bronx devorida suyuk sekretni to’planishi natijasida nam xirillashlar eshitiladi. Mayda pufakli xirillashlar mayda bronxlar zararlanganda eshitiladi. Surunkali bilan kasallangan bemorlar kasalligini boshlangan vaqtini aniq ayta olmaydi. Masalan: chekuvchilar, yo’talga o’rganib qolishgan. SHuning uchun kasallik oldi xolati ajramaydi: 1. Chekuvchi, yqtal; 2. Ishlab chikarishdagi gaz, tutun ta’sirida yo’tal; 3. O’tkir bronxit chuzilishi; 4. Xavodagi changlar ta’sirida diskomfort; 5. Yukoridagi variantlar birga uchrashi. Surunkali bronxit noobstruktiv bo’lganda bemorlarda yo’tal, balg’am chiqishi kuzatiladi. Xansirash yo’k, fakat qo’shimcha semizlikda, kam xarakatlikda bo’lishi mumkin. Baxor, kuzda ko’zaladi. Remissiya vaktida bemorlarni shikoyati yo’k. Uzok yillar ish kobiliyati saklanadi. Ko’zgalgan davrida kataral yiringli o’zgarishlar bo’ladi. Kataral bronxit ko’zg’alganda balg’am – shilliqli yoki shilliq yiringli, isitma – subfebril. Yiringli bronxitda – yiringli balg’am isitma, intoksikatsiya, qo’zg’alish o’zok vaqt davom etadi. O’pkani tashqi nafas faoliyati noobstruktiv bronxit remissiyasi venus o’zgaradi. Qo’zgalganda xam o’zgarmay funktsional stabil bronxit deyiladi. Qo’zg’alganda agar bronxospazm kuchaishi fizik kuchlanishda nafas yetishmovchiligi kuzatiladi. Bu funktsiya nostabil bronxit. Bularda ko’pincha obstruktiv bronxitga o’tadi. Obstruktiv surunkali bronxitga xos: yo’tal, balg’am, xansirash (xansirash bronxiti). Balg’am oz chikadi, kiyin ajraladi. Klinikasi obstruktiv o’zgarishlar kay darajada rivojlanishiga bog’lik. Kasallik qo’zg’alganda balg’am ko’payadi. Xansirash kuchayadi, xatto nafas yetishmovchiligi rivojlanib reanimatsion yordamga muxtoj bo’ladi. Kasallik rivojlanib borgan sari uning qo’zgalish va remissiya davrini ajratib bo’lmaydi. Remissiya vaqtida balg’am chiqishi, xansirash bo’ladi. Bronxospazm kuchayadi. Tashqi nafas faoliyati remissiya vaqtida xam normaga qaytmaydi. Surunkali bronxitning asoratlari: Nafas yetishmovchiligi o’pka emfizemasi o’pka gipertenziyasi o’pka yuragi, o’pka yurak yetishmovchiligi o’chog’li zotiljam |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling