O’tkir va surunkali bronxit o’tkir bronxit
Download 228.9 Kb. Pdf ko'rish
|
1 - Nazariy materiallar
Bronxiolit – bronx daraxtining terminal kismini yallig’lanishi (mayda bronxlar va bronxiolalar) ko’prok bolalarda o’tkir respirator kasalliklarda uchraydi va anik bilingan nafas yetishmovchiligi bilan kuzatiladi. Bronxiolitni klinik mezonlari: bronxiolit rinointerstitsial infektsiya (90-95%) kamrok adenovirus infektsiyani ko’rinishi sifatida rivojlanadi. Bronxiolitni xarakterli belgisi ekspirator xansirash 1 minutda 80-90 tadan. Terida diffuz tsianoz. Auskultatsiyada o’pkada tarqokq mayda pufakchali xirillashlar. Perkutor tovush – kutichasimon. Nafas yetishmovchiligi belgilari anik bilingan bo’lib taxikardiya va yurak tovushlari bug’iklashuvi bilan kuzatiladi. Qonda – limfotsitoz, leykopeniya. Rentgenda – o’pka rasmi «perebronxial qattiklashuv» tipida, o’pka tinikligi oshgan, atelektazlar. DIAGNOZI. O’tkir bronxit tashxisi kasallikning o’tkir boshlanishi, yo’tal vaktida balg’am ko’chishi, zaxarlanish belgilari, auskultatsiya qilganda avvval quruq, keyin nam xirillashlar eshitilishiga asoslanadi. DIFFERENTSIAL TASHXIS. O’tkir bronxitni o’chog’li zotiljamdan farklashda ko’krak qafasini rentgenologik yo’l bilan tekshirish muxim rol o’ynaydi. O’tkir o’chog’li zotiljamda esa, o’pkaning shamollagan kismida qorayish ko’rinadi. DAVOLASH. O’tkir bronxitning yengil turi bilan oqrig’an bemorlar ko’pincha uyda davolanadilar. Bemorni sovuq qotishdan, qattiq isib ketishdan asrash kerak bo’ladi. SHamollashga karshi va og’rik koldiruvchi dorilar - analgin 0,5 dan 3 maxal, amidopirin 0,5 dan 3 maxal, vitaminlar, ko’prok S vitaminlar buyuriladi. Balg’am ko’chishini yengillashtirish uchun termopsis, altey damlamasi, mukaltin tabletkasi kuniga 3 marta, sodali ingalyatsiya buyuriladi. Nafas qisishini to’xtatish uchun teofedrin 0,025 dan kuniga 2 marta buyuriladi. Eufillin 0,15 dan 2 – 3 maxal, agar tabletkalar nafas qisishini to’xtatmasa, unda qisqa muddat 6 – 8 kunga 20 – 30 mg dan kortikosteroidlar buyuriladi. Chalg’ituvchi vositalardan ko’krak kafasiga banka, gorchichniklar qo’yish, oyokka issik vannalar tavsiya qilinadi. Kasallikning og’ir kechadigan turida bemorlar shifoxonaga yotkizilib, ularga antibiotik va sulfanilamidlar buyuriladi. O’tkir bronxit surunkali bronxitga o’tmasligi uchun kasallikni to’la davolash, fizioterapevtik davolash usullaridan foydalanish tavsiya qilinadi. Download 228.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling