O'tkir Xoshimovning " Ikki eshik orasi" romanida yozuvchi uslubi va ijodiy induviduallik
Asarda inson taqdiri va qalbining badiiy tahlili
Download 44.38 Kb.
|
Komola Bahodirovna D
1.2. Asarda inson taqdiri va qalbining badiiy tahliliYozuvchining ikkinchi romani «Ikki eshik orasi», kitobning eng tagida ko‘rsatilishicha, 1982-1985 yillar orasida yozilgan. Ammo roman ikki oy ichida bitgan edi. Yozuvchining ko‘rsatgan sanasida xatolik yo‘q. Gap shundaki, yozuvchi roman bilan uch yil to‘lg‘oqda yurgan. Shu orada O‘tkir Hoshimov xastalandi, kasalxonaga yotishga majbur bo‘ldi. Kasalxona ma’muriyati rafiqasi O‘lmasxon bilan ikkoviga bitta alohida palata ajratib berdi. Kasalxonaga yotganining dastlabki ikki-uch kuni intizomli bemor bo‘lib, bilagiga nina sanchtirdi, do‘xtirlar buyurgan hapdorilarni muntazam yutdi, palatada emas, hovliga chiqib chekdi...Hamma yozuvchi ham shunaqa bo‘lsa kerak, ammo O‘tkir Hoshimovda kuzatganim shundoq bo‘lganki, u bir asar yaratishdan oldin bir necha kun, balki bir necha oylar, hattoki yillar sandiraqlab yurardi. Hech qanaqa ishga qo‘li bormasdi. Birov bilan suhbatlashayotganda ham xayoli parishon bo‘lardi. «Ikki eshik orasi» romanini yaratish fikri tug‘ilganda u G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda bosh muharrir o‘rinbosari edi.«Bosh muharrirga o‘rinbosar ikki kishi edik, – degan edi O‘tkir Hoshimov. – Mahkam Mahmudov adabiyotshunoslik va san’at masalalari bilan shug‘ullanar, men badiiy asarlarga mas’ul edim. Nasr, nazm bo‘limlaridan kitoblarning qo‘lyozmalari stolim ustiga taxlab tashlanar, ularni bir chekkadan varaqlab chiqishim kerak edi. Esimda yo‘q, kimningdir qo‘lyozmasini o‘qib o‘tirib, xayolimda pishib yetilayotgan gaplarni qo‘shib yozayotganimni sezib qoldim. Uch-to‘rt qator yozdim-ov. Xayolim joyiga kelib qarasamki, birovning asarini boshqatdan yozayapman...»Kasalxonada yotganda ikki-uch kundan keyin xastalik kun tartibini buzishga majbur bo‘ldi. Uning miyasiga fikrlar, voqealar quyilib kelardi.Mashhur adabiyotshunos, tarixiy-biografik romanlarni o‘zbek adabiyotida boshlab bergan ustoz Naim Karimov «Mirtemir» tarixiy-biografik romanida shoirdagi she’r to‘lg‘og‘ini yaxshi tasvirlagan: Mirtemir akaning xayolida she’r tug‘ilar ekan, u yurgan yo‘lida ham, hovlisida ham oldin barmog‘i bilan havoga misralar bitar, yoqmaganini qo‘l harakati bilan o‘chirar, yana yozar ekan. O‘tkir Hoshimovda ham shunga o‘xshagan holat yuz berdi. Albatta, u barmog‘i bilan havoga yozmadi, ammo o‘zidan o‘zi lablari pichirlar, kim va kimlardir bilan gaplashayotgandek bo‘lardi. Voqealar, tuyg‘ular, tug‘yonlar xuddi she’rdek, g‘azaldek quyilardi. Yozmaslikning iloji yo‘q. Odatda bemorlar kasalxonaga ortiqcha narsa olib bormaydilar. O‘lmasxon har ehtimolga qarshi xalta ichiga bir to‘p oq qog‘oz ham solib olgan ekan. Kasalxona bog‘ida aylanib yurib, fikr toshqini uni ichkariga itardi. U palataga kira solib rafiqasidan qog‘oz-qalam so‘radi va palataning balkoniga chiqib olib yoza ketdi. O‘tkir tez yozardi, ammo tez yozgani bilan harflari almoyi-aljoyi bo‘lib ketmas, begona ko‘z ham bemalol o‘qiy olardi. Bir qo‘lining barmoqlari orasida ruchka, ikkinchi qo‘li barmoqlari orasida «Radopi» sigareti tutab turar, ba’zan uni chekish esidan chiqib qolar, barmoqlari kuygandan keyingina kuldonga tashlab boshqasini yondirardi. Palataning ichi tutun, palataga kirib kelgan odam tutun pardasidan O‘tkirning bukilib yozayotganini arang ilg‘asa kerak, ammo u parvo qilmas, qitirlatib yozib borardi.Download 44.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling