O'tkir Xoshimovning " Ikki eshik orasi" romanida yozuvchi uslubi va ijodiy induviduallik


Download 44.38 Kb.
bet6/8
Sana12.03.2023
Hajmi44.38 Kb.
#1263216
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Komola Bahodirovna D

2.1. Asarda yozuvchi mahorati
«Ikki eshik orasi» romani 1986-yilda yozilgan bo‘lib, O‘tkir Hoshimov adabiy merosida asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Romanda insonlar taqdiri va inson umrining murak-kabligi zo‘r mahorat bilan tasvirlanadi. Adib, birinchi navbat-
da, tinchlikka rahna solgan urushni qoralaydi; uning g‘ayri-insoniy mohiyatiga urg‘u beradi. Ayniqsa, urush voqeligining har bir ota-ona qalbini jarohatlagani, ko‘ngilla riga ozor yet-kazgani romanning umuminsoniy pafosini tashkil etadi. Adib qalamga olgan obrazlari vositasida oddiy odamlarning fazilatlari – mardligi, matonati, vatanparvarligi va sabr-bardoshini ko‘rsatadi.Tajribali yozuvchi roman hodisalarini teran o‘rgangani uchun har bir epizod o‘quvchini ishontiradi; qalbiga jiddiy ta’sir qiladi. Asarda tasvirlangan hayot manzaralari, insonlararo munosabatlar, ularning diologlari, shuningdek, yozuvchining o‘ziga xos badiiy uslubi juda tabiiy hamda samimiyligi bilan ajralib turadi. Yetti qism, qirq yetti bobdan tarkib topgan roman kompozitsion qurilishi jihatidan ham o‘ziga xoslik kasb etadi. Undagi voqea-hodisalar bayonida qatnashgan to‘qqizta personaj hikoyalarini adib bir-biriga ustalik bilan bog‘laydi. Tasvir uchun tanlangan bunday poetik usul yozuvchidan yuksak mahorat talab qiladi, albatta. Aks holda, syujet zanjirida uzilish yuz berib, voqealar sochilib ketgan bo‘lar edi. Biroq romanning ta’sir quvvati, ichki intizomi o‘quvchida juda yaxshi taassurot qoldiradi. «Ikki eshik orasi» romanidagi Orif oqsoqol, Husan Duma, Komil tabib kabi obrazlar o‘z individual qiyofasi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, Orif oqsoqol obrazi romanga ko‘rk bag‘ishlaydi. Unin g insonparvarligi, odamlar orasida qozongan obro‘-e’tibori, eng og‘ir damlarda qiyinchiliklarni yengib o‘tishga kuch topishi bilan o‘quvchi xotirasiga muhrlanadi. U donishmand, tajribali, hayotning achchiq- chuchugini tatib ko‘rgan o‘zbek qariyalariga o‘xshab har bir ishda tashabbuskorlikni o‘z qo‘liga oladi. Orif oqsoqol haqiqatgo‘yligi bois o‘zi anglab yetgan bor haqiqatni yuzga aytishdan cho‘chimaydi. Undagi jasorat va
shijoat boshqalarga ilhom beradi. U odamlarga baho berganida xalqona ta’bir bilan «mard odamning belida belbog‘i bo‘lishi kerak» degan taomilga rioya qiladi. Atrofidagi odamlarning ruhiy butunligini, jo‘mardligi va odamiyligini sadoqat, va’daga vafo, ezgu amallar bilan o‘lchaydi. Ba’zan ayollarga ham shu
o‘lchov bilan yondashadi.Romanda ayollar obrazi ham zo‘r mahorat bilan tasvirlangan bo‘lib, ular orasida Qora amma o‘ziga xos tabiati bilan ajralib turadi. Qora amma obrazining aksariyat sifatlari romanning «Qora amma hikoyasi» qismida namoyon bo‘ladi. Qora amma – mehribon, sodda, bardoshli va jafokash ayol. Uning obrazida urush davridagi o‘zbek onalarining siymosi mujassam topgan. U boshiga tushgan barcha ko‘rgiliklarni sabr- bardosh bilan yengib, o‘zida yashashga kuch-qudrat topadi. Ukasi Shomurodning xotini Ra’no eriga xiyonat qilib, Umar zakunchining hiyla-nayrangiga uchadi. Ukasining oilaviy tashvishlari ham Qora ammaning yelkasiga tushadi. Kelini
Ra’noning qilmishlaridan norizo bo‘lgan Qora amma uni aslo kechira olmaydi. «Juvongina o‘lgur, noinsof! Bolaning uvoli tutgur imonsiz! Eringni birovdan kam joyi yo‘q edi-ku! Cho‘loq bo‘lsa devor oshib o‘g‘rilik qilib bo‘lmagandir! To‘rt yil qon kechib keldi-ku! Eri urushda o‘lgan qanchadan qancha gulday juvonlar yuribdi sabr qilib. Aqalli bolangni o‘ylasang bo‘lmasmidi, imonfurush!» – Qora amma shu zaylda yozg‘iradi. Asarda Ra’noning taqdiri badbaxtlikka borib taqaladi, u baxtsiz bo‘ladi.Aziz o‘quvchi! Shunday o‘rinlarda adib bu dunyoning kayf-u safosiga uchmasdan, har kim o‘z qalbiga nazar solib, insof bilan yashamog‘i kerak degan ta’lim-tarbiyani berayotgandek tuyuladi.Bir tasavvur qiling: Qora amma olti farzandini yerga berib, bittagina Kimsanini yer-u ko‘kka ishonmasdan katta qildi. Yurtda mudhish urush boshlangach, miq etmay, el-yurt ishiga kamarbasta bo‘lsin degan niyatda yolg‘iz farzandi – Kimsanini urushga kuzatdi. Kimsanning peshonasiga urushda halok bo‘lish bitilgan edi. Biroq Qora amma o‘g‘lining urushda o‘lganiga ishonmadi; farzandining bir kunmas bir kun ota uyiga kirib kelishiga umid qilib yashadi. Shuning uchun aza ham ochgani yo‘q. Bunday o‘rinlarda ona qalbining naqadar bebaholigiga tan berasiz. Bag‘ri kuygan mushtipar ona kecha-yu kunduz: «Qayoqdasan, bolam? Qaysi yurtlarda yurib-
san?! Joning sog‘mi o‘zi? Mayli, oyoq-qo‘lsiz bo‘lsang ham, birov zambilda ko‘tarib kelsayam jon derdim! Kaftimda olib yurardim! Otang yo‘lingga termula-termula o‘tdi. Endi aqalli meni o‘z qo‘ling bilan tuproqqa qo‘ysang-chi!» – deb o‘g‘lini yo‘qlaydi. Qora ammaga taqdirning bu ko‘rguliklari ham kamlik qil-di. Yolg‘izgina farzandi Kimsanning sevgilisi, o‘zining o‘gay qizi Robiyani ukasi Shomurodga xotin qilmoqchi bo‘ladi. Bu maqsadni amalga oshirish unga qanchalar qiyin kechadi, uning ichki his-tuyg‘ulari, ruhiy holati har qanday insonni larzaga soladi. O‘g‘li Kimsanning oldida, qizi Robiyaning oldida ham o‘zini gunohkor sezadi, ulardan tinimsiz kechirim so‘raydi: «Yuragim uvishib, boshim xam bo‘lib qoldi. Men noinsof, men yuzi qaro qaysi yuz bilan?.. Kimsanim, jon bolam, kechir gunohkor onangni!»Romandagi yana bir ayol obrazi bor – Robiya. Unga ham taqdir kulib boqmadi. Yoshligidan onasidan yetim qolgan Robiya otasi tarbiyasida ulg‘ayadi. Onasining o‘limidan so‘ng ular Samarqanddan Toshkentga, No‘g‘ay qishloqqa ko‘chib kelib, Husanboy ismli kishining hovlisida yashay boshlaydi. Otasi o‘qituvchi bo‘lgani uchun qishloq bolalarini o‘qitadi. Robiya Husanboy Dumani bobo, uning xotini Qora ammani oyi, ularning o‘g‘li Kimsanni aka, Qora ammaning ukasi Shomurodni ada deb katta bo‘ldi. Robiya sofdil, mehnatkash qiz bo‘lib ulg‘ayadi. U Kimsanga ko‘ngil qo‘ydi. Kimsan va Robiyaning sevgisi bir guli ochilmay so‘ldi. Yurtda urush boshlangach, urushga ketgan sevgilisi qaytmadi. Robiya uni yillar davomida kutdi. Urush tugaganiga bir necha yil bo‘lsada, uni sadoqat bilan kutishdan charchamadi.
Qora amma, ya’ni oyisi unga sovchi bo‘lib, ukasi Shomurodga so‘raganida, Robiya aql-u hushidan ayrildi: «Nima deyotganini o‘zi biladimi oyim? Axir... Kimsan akam mening qaylig‘im bo‘lsa, oyim ning o‘g‘li-ku! Kimsan akam hamma-dan ko‘ra oyimga yaqin-ku. Nima jin urdi?» Bechora Robiya taqdirning achchiq qismatiga ilojsiz ko‘nadi. Insonlarning murakkab taqdirini maromiga yetkazib tasvirlagan roman katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.Muhtaram o‘quvchi, romanda tasvirlangan voqea-hodisa-larni o‘zlaringiz yashab turgan davr bilan xayolan qiyoslab ko‘rishingiz foydadan xoli emas.



Download 44.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling