O'tkir Xoshimovning " Ikki eshik orasi" romanida yozuvchi uslubi va ijodiy induviduallik


Download 44.38 Kb.
bet2/8
Sana12.03.2023
Hajmi44.38 Kb.
#1263216
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Komola Bahodirovna D

Mavzuning o‘rganilish darajasi.
Noyob qobiliyat egasi O‘tkir Hoshimov adabiyotga Abdulla Oripov, Shukur Xolmirzayev, Omon Muxtorov singari tengdoshlari bilan birga kirib keldi.
O‘tkir Hoshimov o‘z ijodini she'r va ocherklar yozishdan boshladi.Keyin esa uning birin-ketin hikoya, qissa va romanlari kitobxonlarning qo‘liga borib tegdi.Uning ilk qissasi "Cho‘l havosi" adabiy jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. Abdulla Qahhor bu qissa haqida o‘sha paytda yaxshi fikrlar bildirgan.O‘tkir Hoshimovning bu qissasiga yozgan oq yo‘lida u "Birdan lov etib alanga bilan boshlangan ijodning kelajagi porloq bo‘ladi",-deb bashorat qilgan edi.Adibning roman, qissa, hikoyalarida adabiyotning bosh mavzusi-inson taqdiri va qalbining badiiy tahlili ham mavjud. Mavzuning o‘rganilish darajasi.Muallif dolzarb ijtimoiy muammolar talqini bilan yondosh holda ko‘p o‘rinlarda personajlar ruhiyatidagi g‘oyat nafis jarayonlarni san'atkorona ifoda eta olardi. "Cho‘l havosi", "Muhabbat", "Nigora", "Shamol esaveradi" nomli hikoya va qissalar shundan dalolatdir. O‘tkir Hoshimov asardan asarga jadallik bilan o‘sib bordi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs ishimizning maqsadi O‘tkir Hoshimovning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni hamda o‘zbek romanchiligiga qo‘shgan hissasini yanada yoritib berish. Yozuvchining asarlarini tahlil qilib o‘rganish orqali adibning yozuvchilik mahorati va til uslublarini ochib berishdir.
Kurs ishining obyekti. Kurs ishining obyekti sifatida O‘tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" asari olindi. O‘tkir Hoshimov asarlari o‘zining xalq tiliga boyligi tarbiyaviy ahamiyati bilan bugungi kundagi merosimizga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Kurs ishining predmeti. O‘tkir Hoshimov romanlarida an'anaviylik, yozuvchi mahorati bilan tanishtirish ko‘nikmalari.
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Mazkur tadqiqotdan maqsad o‘zbek adabiyotining adabiy merosi hisoblangan "Ikki eshik orasi" romani haqida qilingan tadqiqotlar teranroq o‘rganilib bularga qo‘shimcha sifatida o‘z mushohadalarimizni keltirib o‘tdik. Qahramonlarning o‘xshash va farqli jihatlarini keltirdik.

Download 44.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling