B TOPSHIQ. Gaplardagi otlarni shaxs, narsa, o‘rin-joy va faoliyat-jarayon otlariga ajrating.
1. Har qalay, o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishloq. Bolaligini eslatadigan guvala devorlar bilan qurshalgan ko‘chalar, suvga cho‘milgan jimjit soylar, olisda sadafdek chaqnab turgan cho‘qqilar, yam-yashil o‘tloqlar ko‘ngliga taskin berar-ku! (Said Ahmad) 2. Darvozadan chiqib, katta yo‘ldan biroz yurilgach, chap tomondagi tolzor ko‘chaga burilishdi. (Abdulla Qahhor) 3. O‘ktam Komila orqasidan yurib, olchazor orqali keng, tekis, bahavo maydonga chiqdi... (Oybek) 4. Cho‘pon otaning katta hovlisi, otlar bog‘langan bostirmasi, sigirlar boqiladigan molxonasi va qo‘ylar turadigan ikkita katta qo‘rasi bor edi. (P. Qodirov)5. Shayxontohurda baqqollar, sartaroshlar, zargarlar juda serob. 6. Aravakash mo‘mingina, muloyim, kamgap kishi. 7. Taqachilar tinmaydi. Ish ko‘p. 8. Uloqchilargina emas, hatto otlar ham bu tortishuvning zavqini anglagandek, shavq bilan chopadi. 9. Jazirama oftob. Baqqollar, nosvoychilar, samovarchilar issiqdan garang. (Oybek)
Do'stlaringiz bilan baham: |