Sinash uchun qaynatib pishirib ko’rish
Kerakli jihozlar: texnologik tarozi va toshlari; suv ham-momi; 100-200 ml li o’lchov silindri; 150-200 ml li kolba; soat oynasi.
Bir jinsli o’rtacha namuna olish uchun go’sht namunalarining har qaysisini alohida-alohida qilib 3 marta go’sht qiymalagichdan o’tkaziladi va qiymasi yaxshilab aralashtirilib undan 20 g miqdorida tortib olinadi. Tortib olingan shu 20 g qiyma 150-200 ml li kolbaga sohnadi va ustiga 60 ml distillangan suv quyilib, kolba soat oynasi bilan yopiladi, so’ngra 10 minutga suv hammomiga qo’yiladi. Go’shtning hidi qiyma qaynatib pishirilayotgan kolba ochilganda bug’ paydo bo’lgan paytda aniqlanadi. Sho’rvasining tiniqligini aniqlashda 20 ml sho’rva silindrga quyib olinadi va yorug’ga tutib turib ko’zdan kechiriladi. Eskirib qolgan va yomon sifatli go’sht sho’rvasi loyqa, qo’lansa va chirimsiq hidh, mazasi ham yoqimsiz bo’ladi. Bunday go’sht veterinariya sanitariya nazorati organlari rux-sati bilan hayvonlarga berish uchun yoki texnik maqsadlar uchun ishlatnishi murnkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |