Ovqatlanish
Download 1.07 Mb.
|
Ovqatlanish gigiyenasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nonning sifatiga doir fizik-kimyoviy ko’rsatkichlar
Nonning mog’or bosishi. Non yaxshi shamollatilmaydigan ombor-larda yoki harorat keskin o’zgarib, non yuzi nam tortib qoladigan sharoitlarda uzoq saqlanadigan bo’lsa, uni mog’or bosib qoladi. Mog’or zamburug’lari non bag’rida rivojlanib boradi. Mog’or bos-gan non ovqatga ishlatish uchun yaramaydigan sifatsiz mahsulotdir. Bunday nonni uy hayvonlari, parrandalarga berish mumkin, xolos (veterinariya nazorati organlari bilan kehshib).
Nonning sifatiga doir fizik-kimyoviy ko’rsatkichlar Nonning sifatliligini va oziqlik qiymatini ta'riflab beradigan aso-siy fizik-kimyoviy ko’rsatkichlariga namligi, kislotaliligi va g’ovakligi kiradi, bu ko’rsatkichlar DS talablariga to’g’ri keladigan bo’lishi kerak. Non kislotaliligi va namligining ko’payish tomoniga o’zgarib qolishi gigiyenik jihatdan olganda o’rinli emas, chunki nam va or-ganik kislotalar miqdorining ko’payishi nonning ta'mini yomonlash-tirib, oziqlik qiymatini pasaytirib qo’yadi. Bundan tashqari, kislotasi ko’p nonni iste'mol qilish, me'da-ichak kasalliklari (gastrit va boshq.) bilan og’rib yurgan odamlarda kasallikning qaytalab qolishiga sabab bo’lishi mumkin. 77 Laboratoriya tekshiruvida nonning namligi quritib ko’rish yo’Ii bilan aniqlanadi. Har xil navdagi nonlarning namligi 43—51% ni tash-kil etadi. Kislotalarni aniqlash tortib olingan non namunasidan or-ganik kislotalarni ajratib olish va so’ngra bularni ishqor eritmasi bi-lan titrlashga asoslangan. Non kislotaliligi graduslarda ifodalanadi. 100 g non mag’zida bo’lgan kislotalarni neytrallashga sarflangan 1 N ishqor eritmasi millUitrlarining soni bir kislotalilik gradusi deb qabul qilinadi. Non kislotaliligi 2—12 °T dan ortmaydigan bo’lishi kerak. Nonning g’ovakliligi deb, 100 hajm birlikda olingan non mag’zidagi g’ovaklar hajmiga aytiladi. ovak-g’ovak, ya'ni bo’rsildoq non oson o’zlashtiriladi, chunki me'da-ichak yo’lida hazm shiralarini o’ziga yaxshi oladi. Bug’doy unidan yopilgan nonlar g’ovakligi ko’proq, ya'ni bo’r-sildoq bo’lib chiqadi, bunday nonni tayyorlash jarayonida xamir spirtli bijg’ishga uchraydi. Ana shunday bijg’ish vaqtida achitqi fermentlari uglevodlarni parchalab, karbonat angidrid gazi hosii qila-di, bu gaz xamirni g’ovak-g’ovak flilib, unga ko’piksimon tuzilish beradi. Non yopiladigan pechkadagi ishqoriy harorat ta'siri ostida g’ovaklarning oqsillardan iborat devorlari ivib qoladi, ana shu narsa pirovard natijada nonning juda bo’rsildoq bo’lib chiqishiga olib kela-di. Oliy nav bug’doy nonlarining g’ovakliligi 75% ga yetishi va bun-dan ortishi mumkin, holbuki, serkepak javdar unidan yopilgan non-ning g’ovaklihgi kamdan kam 55 % dan ortadi. Demak, nonning g’ovakliligi uning oziqlik qiymatini oshiradigan belgidir. 12- rasm. Non g’ovakliligini aniqlash uchun ishlatiladigan Juravlyov asbobi: 1 — novchasi; 2 - non mag’zi olinadigan metall silindr; 3 — yog’oclrtiqini (vtulkasi). 78
Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling