Oy mavzusi: O’zbekiston mening vatanim Xafta mavzusi: Men va mening oilam Sentyabr oyining uchinchi xaftasi ikkinchi mavzusi: Mavzu: Biz axil oilamiz. Talimiy maqsad
Download 23.99 Kb.
|
биз ахил оиламиз
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy maksad
- Kerakli jixozlar
- Oila “ mavzusida slayd namoyish etiladi. Namoyish davomida tarbiyalanuvchilar bilan o’yin tarzida savol-javob o’tkaziladi.
- Tarbiyachi
- 1- bola.
- Mening oila a’zolarim” mavzusida rasm chizishingiz
- Etiborga molik jixatlar
Oy mavzusi: O’zbekiston mening vatanim Xafta mavzusi: Men va mening oilam Sentyabr oyining uchinchi xaftasi ikkinchi mavzusi: Mavzu: Biz axil oilamiz. Talimiy maqsad: Oila, uning a’zolarining qadriga yetish, ularni xurmat qilish kabi yuksak axloqiy fazilartlarni tarbiyalash. Tarbiyaviy maksad: Oilani muqaddas bilib, xurmat bilan oilaning urf-odatlariga amal qilishga undash. Rivojlantiruvchi maksad: Bolalarda “ Men “ konsetsiyasini rivojlantirish.Mustakil fikrlash nutkini faollashtirish. Kutilayotgan natija: Bolalarning oila, burch, xuquq xaqidagi tushunchalari mustaxkamlanadi. Mashgulot natijasida xar bir bola ota-ona, oila a’zolari xaqida, ular orasidagi munosabatlar qanday bo’lishi kerakligi, oilada tinch-totuv yashash, o’zaro mexribonlik, g’amxo’rlik, yordam tushunchasini bilib oladilar, kelgusida bir birlariga bo’ladigan munosabatini yaxshilash kabi ko’nikma xosil bo’ladi. Kerakli jixozlar: Odob chamanzori kitobi, arqon, Oila azolari tugrisidagi slayd. Til va nutk faollik markazi: Faoliyat borishi: Tarbiyachi- Bolalar, siz baxtilisiz.Xammangizning o’z uyingiz, oilangiz bor. Oila deganimizda ko’z o’ngimizga eng avvalo kim keladi? Oilada kimlar yashaydi? Bolalarning javoblari: ota-ona, opa-singil, akak-ukalarimiz. Tarbiyachi: To’g’ri, oilada qadrdon otamiz, mexribon onamiz, opa-singil, akak-ukalarimiz bilan birga yashaymiz. Ota-onalarimizni xurmat qilish bizning burchimiz. CHunki ota-ona buyuk zotlardir. Ular sizni dunyoga keltirib, tarbiyalaydilar, asrab-avaylaydilar. “Oila “ mavzusida slayd namoyish etiladi. Namoyish davomida tarbiyalanuvchilar bilan o’yin tarzida savol-javob o’tkaziladi. Bunda Oila a’zolariga ism ko’yish... Kim nima bilan shugullanadi? Ota-onaning kasblari Kim qanday uy yumushini bajaryapti? Uyda kim nima yumushlar bajaradi? kabi savollarga javob aytib beradilar. Slaydda Dasturxon atrofida o’tirgan oila xaqidagi rasm namoyish etiladi. Dasturxon odobi xakida suxbat o’tkaziladi. Burch nima? Kim aytadi?
Ota-onamiz, aka-ukalarimiz qilayotgan ishlariga ko’maklashish, ularni ranjitmaslik, ularga qo’pol so’zlamaslik, yuzni burishtirmasdan so’zlash. Tarbiyachi: Ota-onani xurmatlash borasida olimu fuzalolarning qanday nasixat o’g’itlarini bilasiz? Bolalarning javoblari: Ota-onaga uff dema, qo’pol so’zlama. Ota-oanng ish buyursa, yuzingni burishtirma. Ota-onang chaqirsalar tabassum qilib “Labbay, onajon” yeki otajon deb yugurib kel. Sen turgan xonaga ular kirsalar, o’rningdan tur.Yuvoridan joy ber.Ulardan oldin ovqatga qo’l uzatma.Taom yeyishda ularning xurmatlarini o’rniga qo’y.Ularga yolg’on so’zlama. Tarbiyachi:To’g’ri, bolajonlar, bu o’g’itlarni chin ko’ngildan bajarsak, ota-onamiz oldidagi burchimizni bajarga bo’lamiz, ularni sevib ardoqlang, xech qachon dillarini ranjitmang. Oilada sizning qanday xuquqlaringiz bor? Kim aytadi? Bolalarning javoblari.
-Bolajonlar, ertakda biz kimning oilasi bilan tanishdik? -Oiladagi birdamlik kuchi nimada aks ettirildi? “Mening oila a’zolarim” mavzusida rasm chizishingiz mumkin. SHe’r yodlash. Ota-ona ikki so’z Biri-qoshu, biri-ko’z Bir-biridan ximmatli Mexridaryo, qimmatli Tarbiyachi bolalarning ishlarini kuzatadi. Yakuniy kism: Bolajonlar biz aytib utkanimizdek axil va inok oila bulaylik. Kushimcha kism : Mustaxkamlash uchun savollar. 1.Bolajonlar, bugun biz nimalar xaqida gaplashdik? 2, O ila deganida nimani tushunasiz? 3.Oilangizda kimlar bilan yashaysiz? 4.Sizning qanday burchlarinigiz bor? 5.Xuquq deganida nimalarni tushunasiz? 6.Sizning qanday xuquqlaringiz bor? 7.Oilangizdagilarga qanday yordam berasiz?
Mashg’ulot davomida va yakunida bolalarni shirin so’zlar iblan rag’batlantirish @MTMhodimlari kanali Download 23.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling