Eng umumiy sabab-bolalarning kattalar bilan birgalikda ijtimoiy xayot kechirishga intilishidir. Bu intilish bir tomondan bolaning uni amalga oshirishga tayyor emasliklariga, ikkinchi tomondan ularning o`sib kelayotgan mustaqilligiga duch keladi. Vujudga keladigan ziddiyatlar esa ijodiy o`yin chog`ida xal etiladi: unda bola o`ziga katta kishi rolni qabul qilib, uning xayotini, faoliyati va munosabatlarini qayta aks ettiradi. Syujetli-rolli o`yin - Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolaning asosiy o`yin turidir.
- Syujetli -rolli o`yin o`z ifodasiga ko`ra inson faoliyatidir. Bola o`yinini oziqlantiruvchi manba bu, borliq dunyo kattalar va tengdoshlarining hayoti hamda faoliyatidir.
- Syujetli rolli o`yin keng asosiy hususiyati unda hayolni vaziyatning mavjud bo`lishidir.
- Xayoliy vaziyatlar bolalar o`yin chog`ida qabul qiladigan syujet va rollardan tarkib topadi, ular buyum va narsalarning o`ziga xos qo`llanilishini o`z ichiga oladi.
- O`yin syujeti bir-biriga hayotiy aloqador bo`lgan qator voqealarning yig`indisidir. Syujetda o`yinning mazmuni ochiladi-voqealar ishtirokchilari bilan bog`liq bo`lgan xarakatlar va munosabatlar ifodalanadi.
Didaktik o’yinlar
Harakatli o’yinlar
Musiqiy o’yinlar
Qoidali o`yinlar Qoidali o`yinlar kattalar tomonidan yaratiladi va bola hayotiga olib kiritiladi. Mazmuni qoidalarining murakkabligiga qarab, ular turli yoshdagi bolalarga mo`ljallangan bo`ladi. Tayyor qoidali o`yinlarning katta guruhni xalq o`yinlari tashkil etadi, ularning ko`plari avloddan avlodga o`tib, bizga etib kelgan.
O`yinning bola tarbiyasidagi ahamiyati o`tmish va hozirgi zamonning ko`plab pedagogik sistemalarida tadqiq etilgan. Ko`pchilik pedagoglar o`yinni bola uchun juda jiddiy va muhim faoliyat sifatida baholaydilar.
Bola tarbiyasida o`yinning ikki yo`nalishi tarkib topgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |