To’pni tortib olish. Agar himoyachi to’pni ushlab olishga erishsa,
unga eng avvalo uni
raqibning qo’lidan tortib olishga harakat qilish kerak. Buning uchun iloji boricha ikki qo’l
bilan
to’pni chuqurroq (kattaroq) ushlashi lozim, so’ng bir vaqtning o’zida
gavda bilan burilib,
keskin o’ziga siltab tortish kerak. To’pni raqibning qarshiligini yengishi yengillashtiradigan
gorizontal o’qi atrofida aylantirish kerak (19-rasm).
19-rasm. To’pni tortib olish.
To’pni urib chiqarish. Hozirgi vaqtda to’pni urib chiqarish
himoya usullarining
maqsadga muvofiqligi va samaradorligi, shu usullarni bajarish paytida bir vaqtning o’zida
himoyachi qo’lining to’p bilan – hujumchining qo’li bilan to’qnashish (tegishi)ga yo’l
qo’yadigan o’yin qoidalarining ayrim punktlarining yangi izohlanishi sababli ancha o’sdi
(20,21,22--rasmlar).
To’pni raqib qo’llaridan urib chiqarish. Himoyachi hujumchining to’p bilan
harakatlariga faol to’sqinlik qilib, unga yaqinlashadi. Buning uchun u to’p tomonga chiqarilgan
qo’l bilan chuqur bo’lmagan qarshi harakat bajaradi, so’ng dastlabki holatga qaytadi.
Qulay
paytda urib chiqarish qattiq kesilgan barmoqlar va panjaning keskin qisqa harakati bilan
(yuqoridan yoki pastdan) amalga oshiriladi. To’pni ilib olish paytida va ko’pincha pastdan urib
chiqarishga tavsiya qilinadi. Ayniqsa, to’pni yuqori balandlikda (sakrashda)
tutib olgan va
kerakli ehtiyot choralarini ko’rmagan yerga tushayotgan raqibning qo’llaridan pastdan urib
chiqarish samaraliroqdir. Agar himoyachi raqibning chalg’ituvchi harakatiga javob qaytarishga
majbur bo’lgan bo’lsa va yuqoriga sakragan bo’lsa, unda yerga tushish paytida u to’pni urib
chiqarish va shu bilan savatga otishga yoki o’tishga yo’l qo’ymasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: