Odatda hujumchi to’pga yetarli darajada tez chiqadi. Bunday
holda himoyachi qisqa
oraliqda mumkin bo’lgan maksimal tezlikni olib, uchayotgan to’p tomondagi yo’lda raqibning
o’zi o’tishi kerak. Yelka yoki qo’llar bilan to’p tomonga raqib yo’lini kesadi va to’pga ega
bo’ladi.
Hujumchi bilan
turtishib ketmaslik uchun,
himoyachi, uning yonidan zich (yopishgan)
holda o’tayotib, yo’n tomonga ancha og’adi. To’pni egallagandan
keyin xato qilib qoymasligi
uchun darhol to’pni urib yurishga o’tishi ma’qul.
To’pni olib yurganda to’sib olib qo’yish. To’pni olib borayotgan hujumchiga himoyachi
yetib olgan paytda amalga oshiriladi. Buning uchun unga to’pni urib yurishning tezligi maromi
moslashishi kerak, so’ng esa,
hujumchining orqasidan chiqib,
undan bir lahza avval
hujumchiga yaqinroq qo’li panjasiga sakrayotgan to’pni qabul qilish va o’zi to’pni urib yurishni
davom ettirishi kerak, lekin boshqa yo’nalishda.
Do'stlaringiz bilan baham: