O’z-o’zini anglash Oliy maqsad tushunchasi Strategiya Taktika


 Maqsaga erishish uchun kerak bo’ladigan eng mayda detallarni ham yon daftarchaga (bloknotga) yozib oling


Download 0.85 Mb.
bet12/26
Sana18.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1554255
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
1. O\'zlikni anglash!

2. Maqsaga erishish uchun kerak bo’ladigan eng mayda detallarni ham yon daftarchaga (bloknotga) yozib oling.
Biror narsaga erishish uchun avval o’sha narsani nima ekanligini aniqlab olish kerak. Yaxshilab o’ylab ko’rib, maqsadlaringizni qog’ozga yozib chiqing. Barchasini. Hatto juda qiyin, amalga oshirish imkonsizdek tuyulganlarini ham. Keyin, shu maqsadlarga erishish uchun kundalik hayotingizda qanday o’zgarishlar, yangiliklar qilishingiz lozimligi haqida yaxshilab o’ylab chiqing.
Eng muhimi esa, bu qog’ozni stol tortmasiga solib qo’yib unutib yuborish emas, doimiy ravishda ko’rib chiqib, yodda tutish lozim.


3. Maqsadga erishishga halal beradigan narsalarni minimal darajada kamaytirish.
Sizni yo’ldan chalg’itishi mumkin bo’lgan narsalarni chetlab o’tish lozim. Bu oila a’zolaringiz, ijtimoiy tarmoq yoki turli video o’yinlar bo’lishi mumkin. Qat’iy reja tuzib, uni buzmaslikka harakat qiling. Ko’p holatlarda bunday rejalarni nazoratchilarsiz amalga oshirish qiyin bo’ladi, lekin agar siz chin dildan istasangiz bu butunlay imkonsiz ish emas.
Maqsadga erishish asosan o’z-o’zini yengib o’tishdan iborat.
4. Ertaroq uyg’oning.
Agar muvaffaqiyatga erishgan jahon miqyosidagi tadbirkor, ishbilarmonlar hayotiga qaraydigan bo’lsak, ularni bir jihat bog’lab turadi: ularning ko’pchiligi o’z kunini juda erta boshlaydilar (buni yuqorida ham ko’rib chiqdik). Erta uyg’onish ish vaqtingizni bir necha soatga uzaytirishdan tashqari, turli xil chalg’ituvchi tashqi ta’sirlarni ham (bolalar, turli yangiliklar, TV programmalar) chetlab o’tishga yordam beradi.
Albatta, erta uyg’onish osongina amalga oshiriladigan ish emas, u odatda sabr, tayyorgarlik hamda ruhiy hotirjamlik orqali qo’lga kiritiladi.
5. Sizga yordam bera oladigan odamlarni toping.
Siz qanchalik harakat qilmang, agar maqsadga bir o’zim erisha olaman desangiz qattiq adashasiz. Kimdir sizga bevosita yordam berishi juda zarur emas, lekin maqsadga erishish uchun siz o’zingizga omadli, katta muvaffaqiyatlarga erishgan insonlarni tanlab olib, o’z motivatsiyangizni oshirish uchun foydalansangiz bo’ladi. Misol uchun, yaxshi mentor sizga og’ir vazifani oson yo’lini o’rgatishda amaliy yordam bersa, atrofingizda sizni qo’llab-quvvatlab turuvchi shaxsning bo’lishi qo’shimcha ishtiyoq bilan harakat qilishga undaydi.
Hozir o’zingiz turgan joy va ertaga erishmoqchi bo’lgan maqsadingiz o’rtasida ko’prik vazifasini bajara oladigan odamlar bilan birga bo’ling.
Bu dunyoda abadiy qolmoq mumkin emas biroq
yaxshi nom qoldirmoq katta saodatdir.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling