O’z-o’zini anglash Oliy maqsad tushunchasi Strategiya Taktika


Qat’iyatli qarorlardan ko’ra o’zni oqlash, bahona va ma’suliyatsizlik


Download 0.85 Mb.
bet11/26
Sana18.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1554255
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
1. O\'zlikni anglash!

8. Qat’iyatli qarorlardan ko’ra o’zni oqlash, bahona va ma’suliyatsizlik.
Insonlar o’ziga bo’lgan past bahoni yashirish maqsadida omadsizlik va jur’atsizliklarini oqlashga urinishadi. Afsuski bu faqat vaziyatni og’irlashtiradi. Har qanday qiyinchilikka tik boqib, oldinga harakat qilish zarur.
9. Ko’pchilik maqsadlarini so’nggi natijasini ko’z oldiga keltirmaydi.
Kecha ro’y bergan oddiy bir holatni ko’z oldingizga keltiring. Endi esa qilishingiz mumkin bo’lgan lekin qila olmagan ishingizni eslang. Endi esa bu ikki holatning o’zaro farqiga e’tibor bering. Qay biri sizni o’ylantiryapti? Bo’lib o’tgan ishmi yoki bajarilmay qolgani? O’tib ketgan vaziyat uchun kuyinar ekansiz – nimaiki maqsad qilmang u natijasiz qolaveradi.
10. Qo’rquv.
Harakatlar natija bermasligidan hadiksirash. “Shuncha harakatim zoye ketsachi…”. Aynan shu qo’rquv sizni maqsad sari yo’ldan chalg’itadi. Ichingizdagi
qo’rquvni yenga olsangizgina nimagadir erisha olasiz.


MAQSADGA ELTUVCHI 5 ASOSIY QOIDA
(IKKINCHI NAZARIYA)
Hayotimizdagi deyarli barcha narsalar bizning maqsadlarimiz atrofida shakllanadi. Maqsadlar bizni kelajakka yetaklaydi. Lekin ko’p holatlarda biz maqsadlarga erishishda omadsizlikka uchraymiz. Buning asosiy sababi esa, odamzot unutishga va asosiy maqsaddan osongina chalg’ib ketishga moyil bo’ladi.
Xo’sh, unda maqsadlarni amalga oshirish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
1. Maqsadning asosiy hayot senariysiga mosligi.
Oldinga maqsad qo’yishdan avval, e’tibor berish lozim bo’lgan eng muhim jihat bu – maqsadning umumiy hayotiy falsafangizga mosligini aniqlab olish lozim. Ya’ni, bugungi siz erishmoqchi bo’lgan rejangiz sizning uzoq hayotingizda qanday o’rin tutadi, u sizga haqiqatdan ham kerakmi? Masalan, agar siz professional musiqachi bo’lmoqchi bo’lsangiz va kelajakdagi butun hayotingizni aynan shu sohada tasavvur qilsangiz, Oliy matematikaning “Ehtimollar nazariyasi” bo’limini o’rganib chiqishni hozircha ortga surib turganingiz ma’qul.
Maqsad qo’yish (Goal setting) – hayot yo’lingiz bo’ylab sayohat qilishning bir qismi bo’lishi lozim.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling