O`z-o`zini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi o`rni reja


Download 18.69 Kb.
bet2/2
Sana11.10.2023
Hajmi18.69 Kb.
#1697610
1   2
Bog'liq
O`Z-O`ZINI BOSHQARUV ORGANLARINING FAOLIYATI VA ULARNING JAMIYATNI DEMOKRATLASHTIRISHDAGI O`RNI

Fuqarolar yigʻini — fuqarolar oʻzini-oʻzi boshqarishining yuqori organi boʻlib, aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli hududda amal qiluvchi qarorlar qabul qilish huquqiga ega. Fuqarolar yigʻinida 18 yoshga toʻlgan hamda shaharcha, qishloq, ovul va mahalla hududida doimiy yashayotgan shaxslar qatnashadi. "Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida"gi yangi tahrirdagi qonunda shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yigʻini va shahardagi mahalla fuqarolar yigʻinining vakolatlari koʻrsatilgan. Fuqarolar yigʻinining qarorlarini bajarish va fuqarolar oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining fuqarolar yigʻinlari oraliq davridagi joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarning raislari va yigʻinning masʼul kotibidan iborat tarkibda fuqarolar yigʻinining kengashi tuziladi. F.oʻ.oʻ.b.o.ning faoliyatini tashkil etishni uning kengashi hamda fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) amalga oshiradi. Fuqarolar yigʻini kengashi oʻz devoniga ega boʻlishi mumkin, uning xodimlari soni yigʻin tomonidan belgilanadi. Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), masʼul kotibi va kengash devoni xodimlari fuqarolar yigʻinining mablagʻlari hisobiga ham, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobiga ham taʼminlanishi mumkin. Taftish k o missiyasi F.oʻ.oʻ.b.o. moliyaxoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun tuziladi. Maʼmuriy komissiya maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid oʻz vakolatlari doirasidagi ishlarni koʻrib chiqish uchun tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasiga asosan, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) maslahatchilarining miqdoriy tarkibi hovlilar, uylar, ko‘chalar, mahallalar, mavzelar va dahalardan vakillikni hisobga olgan holda fuqarolar yig‘ini tomonidan belgilanadi.
Kengash, taftish komissiyasi va ma’muriy komissiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, yilning har choragida ularning hisobotlarini eshitadi
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining faoliyat dasturini va xarajatlar smetasini, hududni kompleks rivojlantirishni ta’minlash, aholi punktlarini obodonlashtirish va ularning sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi;
Qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining, shuningdek o‘z qarorlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining a’zoligiga nomzodlarni tegishli okrug saylov komissiyalariga tavsiya etadi;
Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi 4-son qarori bilan tasdiqlangan Kasanachilik to‘g‘risida Nizomga qarang.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kichik korxonalar, sartaroshxonalar, poyabzal ta’mirlash va tikish ustaxonalari, xalq hunarmandchiligi sexlarini va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa korxonalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, bu qaror keyinchalik fuqarolar yig‘inida tasdiqlanadi;
Aholining uylarni, hovlilardagi binolarni, hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va orasta saqlash, bolalar va sport maydonchalarini jihozlash, yo‘llar, ko‘priklar, ko‘chalar, yo‘lkalar, kommunal tarmoqlarni qurish, qayta qurish, ta’mirlash va yaroqli holda saqlash, tarix va madaniyat yodgorliklarini, qabristonlarni ta’mirlash ishlarida ixtiyoriylik asosida qatnashishlarini tashkil etadi, tuman, shahar hokimligi ajratadigan moddiy va boshqa mablag‘larni, o‘z mablag‘larini ana shu maqsadlarda ishlatadi, jamoatchilik yordamini (hasharlarni) uyushtiradi, ko‘riklar va tanlovlar o‘tkazadi;
Yoqilg‘i, elektr va issiqlik energiyasi hamda suvdan tejamli foydalanish va ularning behuda sarflanishini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazadi:
Dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga ko‘maklashadi;
Tegishli hududdagi yerlarning foydalanilishi va muhofaza etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarining ishi, savdo va fuqarolarga xizmat ko‘rsatish madaniyati qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;
Tegishli hududda jamoat tartibini ta’minlashda, shu jumladan fuqarolarning kelishi va ketishini hisobga olishni tashkil etishda, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish ishida, voyaga etmaganlarning huquqlarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashadi;
Aholi punktlari, suv ta’minoti manbalari, turar joylar, maktablar va boshqa ta’lim muassasalarining sanitariya va ekologiya holati ustidan nazorat amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;
Yong‘inga qarshi xavfsizlik talablariga, jonivorlarni saqlashga oid veterinariya qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat amalga oshirilishiga ko‘maklashadi:
Imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni orasta saqlash qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
Uy-joy fondidan foydalanish va uning asralishini ta’minlashda fuqarolarga ko‘maklashadi;
Fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishni amalga oshirish uchun budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni ajratish va ulardan maqsadli foydalanish bo‘yicha nazorat olib borish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 1161, 11.07.2002-y.), Voyaga etmagan bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa to‘lashni moliyalash tartibi to‘g‘risida Nizom (ro‘yxat raqami 1160, 11.07.2002-y.), Ishlamayotgan onalarga bolani ikki yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom (ro‘yxat raqami 1112, 14.03.2002-y.), Ishlayotgan onalarga bolani ikki yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom (ro‘yxat raqami 1113, 14.03.2002-y.) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 13-yanvardagi PF-2177-sonli “Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoniga qarang.
Download 18.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling