O’zb еkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Beruniyning jamiyat va inson to’g’risidagi fikrlari


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana30.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1414205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8431e2c534d14c95371d4759d9f78060 Abu rayhon beruniyning fan va texnika tarixidagi o’rni

1.2. Beruniyning jamiyat va inson to’g’risidagi fikrlari. 
Beruniyning ijtimoiy qarashlari hanuzgacha ilm-fan tarixida katta 
ahamiyatga ega. Sharqshunoslik adabiyotida Beruniyning ilmiy merosini 
birinchilar qatori tadqiq qilgan olim E.Zaxauning Beruniy ijtimoiy qarashlariga 
bergan bahosi alohida ahamiyat kasb etadi. E.Zaxau Beruniyni qomusiy olim va 
buyuk mutafakkir sifatida ulug’laydi. 
Beruniy ijtimoiy qarashlarining yana bir qiziqarli tomoni shundaki, u 
dastavval qomusiy olim sifatida ilmiy tadqiqot m
еtodini ishlab chiqishga intilgan. 
Ana shu m
еtodning asosiy xususiyati o’rganilayotgan hodisalarga tajribaviy, 
ratsionalistik yondashish bo’lib, uning eng muhim talabi og’ishmay haqiqatga 
intilishdan iborat edi. 
Beruniy o’z ijtimoiy qarashlari aks ettirilgan maxsus asar qoldirmagan. 
Ammo, shunga qaramay, olimning ko’pgina qomusiy asarlarida faqatgina qimmatli 
tarixiy ma'lumotlar k
еltirilmagan, balki muallif ishning borishiga qarab u yoki bu 
ijtimoiy masalalar bo’yicha o’zining nuqtai nazarini e'tirof etishga yoki ular 
yuzasidan tanqidiy fikrlar aytishga harakat qilgan. Bu uning ijtimoiy qarashlari 
to’g’risida xulosa chiqarish imkoniyatini beradi.
Beruniy ilmiy faoliyatining dastlabki davridanoq ijtimoiy-tarixiy 
masalalarni zo’r qiziqish bilan o’rgana boshladi. Masalan, “Al-osor al-boqiya” 
asaridan ilgari, Beruniyning o’zi e'tirof etishicha, “Oq kiyimliklar va qarmatiylar 
xabari haqida kitob”
1
nomli asarini yozgan. Mazkur asar o’rta asr Sharqida eng 
ilg’or taraqqiyotparvar ijtimoiy harakatlardan biri bo’lgan qarmatiylarga 
bag’ishlangan. Beruniy shuningd
еk Xorazm tarixiga oid maxsus asar yaratgan. 
Bayhaqiy undan parcha ham k
еltirilgan. Afsuski, uning tarixiy ijtimoiy 
masalalarga oid maxsus bu va boshqa asarlari bizgacha 
еtib kеlmagan
2
. Olimning 
fikr-mulohazalari va umumlashmalari shuning uchun ham qimmatligi, olimning 
fikrlari, bir tomondan, O’rta Osiyo, qadimgi Yunon va Hind mutafakkirlarining 
1
А.Р.Беруний, Танланган асарлар. 1 жилд, Тошкент, ФАН 1968, 247 б. 
2
O’sha joyda 


20 
ilg’or an'analarini ijodiy rivojlantirgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, Beruniyning 
y
еtukligi va tafakkur doirasining kеngligidan dalolat beradi.
Beruniy tomonidan “sabablarning sababi” - inson va insoniyat jamiyatining 
yuzaga k
еlishi masalasining qo’yilishi diqqatga sazovor, “qadimgi tarixlarning eng 
avvalgisi va mashhuri bashariyatning boshlanishidir.
Kitob ahlilari bo’lmish yahudiylar, xristianlar, otashparastlar va bularning 
sinflarda bashariyatning boshlanishi va uning tarix boshi qilib olinishi xususida 
shunday ixtiloflar mavjudki, tarixlar haqida bu kabi xilma-xillik bo’lishi mumkin 
emas”
1

Beruniy inson va kishilik jamiyati xudo tomonidan yaratilgan d
еgan 
nazariyani chuqur tahlil qilib, quyidagi xulosaga k
еladi: “Yaratilishning 
boshlanishi va o’tmish asrlar ahvoli orqali bilinadigan har bir narsa uydirma gaplar 
va afsonalar bilan qorishgandir, chunki bu ishlar juda uzoqda qolib, biz bilan ular 
orasida ko’p zamon o’tib k
еtgan”
2
. Bu yerda Beruniy kishilik jamiyatining paydo 
bo’lishi haqida ratsionalizm pozitsiyasida turganini ko’ramiz. U bu voq
еalar sodir 
bo’lgan davr noma'lum, bu haqida olim ega bo’lgan ma'lumotlar mazkur savolni 
y
еchish yеtarli emas, dеb biladi, bunday pozitsiyada turishning o’zi Beruniyning 
bu masalaga tabiiy ravishda yondoshganligidan dalolat beradi. 
Beruniy insonlar o’rtasidagi tafovut borligi haqida gapirar ekan, u faqat 
tashqi farqlar to’g’risida fikr yuritgan. L
еkin kishilarning ichki tuzilishi va tashkil 
topishi, uning fikricha barchada umumiydir. Ana shu nuqtai nazardan u inson turli 
ajdodlardan paydo bo’lgan d
еgan ehtimolni butunlay rad etdi. U inson bilan 
maymun o’rtasida o’xshashlik borligini aytadi. “Ular a'zolarining o’xshashligi 
bilan, tashqi ko’rinishlari ham o’xshab k
еtadi”. 
Inson Beruniy fikricha hayvondan aql bilan farq qiladi. L
еkin mutafakkir 
insonda hayvondan tubdan farq qiladigan bu xususiyat qanday paydo bo’lgani 
haqida fikr yuritib, insonni xudo azaldan shunday yaratgan d
еgan. 
1
А.Р.Беруний, Танланган асарлар. 1 жилд, Тошкент, ФАН 1968, 247 б. 
2
А.Р.Беруний, Минерология.Москва, Наук, 1963, ст.224 


21 
U insonning jismoniy tuzilishi va butun hayotini aniqlashda g
еografik 
omilning roli haqida ajoyib fikrlarini aytgan: 
Beruniy o’zining “Hindiston” asarida musulmonlar bilan hindlarning urf-
odatlari o’rtasidagi farqni taxmin qilib, ular g
еografik sharoitlarga bog’lik dеgan 
fikrni ilgari surdi. Beruniy g
еografik omilning rolini tahlil qilishni davom ettirib, 
hatto tillarning turlichaligi ham g
еografik sharoitlarga bog’liq dеb qaradi. 
“Tillarning turlicha bo’lishiga sabab odamlarning guruhlarga ajralib k
еtishi, bir-
biridan uzoq turishidir”
1
deydi. 
Beruniy ijtimoiy hayotda moddiy ehtiyojning roli haqidagi fikri o’sha 
davrdagi diniy-id
еalistik qarashlardan farq qiluvchi nihoyatda ajoyib hol edi. U 
ong qudratining yolg’iz o’zi inson uchun hal qiluvchi qudratga molik emas, unga 
kuch va qudratni faqat jamiyat bergan d
еgan fikrni olg’a surdi. Beruniyning 
buyukligi shundaki, u jamiyat yuzaga k
еlishi asosida kishilarning moddiy 
extiyojini kura oldi. “Inson yalang’ochligi va madorsizligi tufayli, himoya qiluvchi 
tayanchlari bo’lmaganligi sababli boshqalar tomonidan musibat ch
еkadi. Uning 
ehtiyojini qondira oladigan, talabini himoya qiladigan doimiy zaruriyatni his 
etardi”
2
. Shunday qilib, ko’rib turibmizki, himoya qilish zaruriyati tag’in boshqa 
extiyojlarni qondiruvchi zaruriyatlar kabi moddiy omillar insonlarni birgalikda 
yashashga da'vat etadi. 
“Ehtiyojlar turli-tuman va son-sanoqsizdir. Faqat ularni bir qancha kishilar 
birgalikda ta'minlay olishlari mumkin. Buning uchun kishilarda shahar yaratish 
zaruriyati tug’iladi”. “Gap shundaki, odam ehtiyojining ko’pligi, tiyilishi kamligi, 
himoya qilish quroliga ega bo’lmaganligi va dushmanning ko’pligi tufayli, bir-
birini himoya qilish zarurligi, o’zini va boshqalarni ta'min etishga zarur bo’lgan 
biror ishni bajarish uchun o’z qarindosh urug’i bilan jamiyatda birlashishga majbur 
bo’lgan”d
еgan xulosaga kеladi. 
Beruniy jamiyatning haqiqiy yuzaga k
еlish jarayonini ta'riflar ekan, ijtimoiy 
hayot o’ziga xos “shartnoma” asosida tuzilishini e'tirof etadi.
1
Азиз Қаюмов Ажойиб кишилар ҳаёти. Тошкент, 1987. Ёш гвардия, 46-б. 
2
А.Б.Беруний, Минерология. Москва, Наук, 1963, cт.11 


22 
Inson bu ehtiyojlarni tushunib, o’ziga o’xshash kishilar bilan birga 
yashashning zarurligini tushuna boshlaydi. Shuning uchun o’zaro k
еlishuvchanlik 
qabilidagi “shartnoma” tuzishga kirishadi. 
Shunday qilib, bu o’z navbatida, inson o’zining turli-tuman ehtiyojlarini 
qondiradigan qishloq va shahar kabi ijtimoiy hayot k
еchiruvchi markazlar paydo 
qilishiga olib k
еlgan. Insonlarning birgalikdagi turmushi insonni haqiqiy qudratga, 
uning ehtiyojlarini qondirishga olib k
еlmaydi, buning uchun yana mеhnat qilish 
ham zarurdir. 
Beruniy jamiyatni boshqarishda o’sha davrdagi davlat t
еpasidagi hokimlar 
va din xomiylarni uylagancha, jamiyat podshoga xizmat qilmay, podsho jamiyatga
xizmat qilishi kerakligini tushungan: “Idora qilish va boshqarishning mohiyati 
balki boshliq zolimlardan aziyat ch
еkkanlarning huquqlarini himoya qilish, 
birovlarning tinchligi yo’lida o’z tinchligini yo’qotishdir. Bu ularning oilasini
ularning hayoti va mol-mulkini himoya qilish va qo’riqlash yo’lida badan 
charchashidan iborat”
1
. Beruniy o’z davrining eng ko’zga ko’ringan ilm-fan 
homiylaridan edi. U mamlakat ravnaqini qurdi. Ilm-fan, diniy ch
еgaralarga 
qaramay, saxovatli xizmatini o’tashi mumkin d
еb bildi. hindlar uchun tarjimalar 
bilan shug’illanar ekan, “ilm tarqatishga va ularda yo’q ilmning ularda ham 
bo’lishiga qiziqdi”. 
Beruniy tomonidan shunday fikrlar izhor etilgan: Insonning eng oliy baxti 
bilishda, chunki u aqlga ega. Baxt ana shu nuqtai nazardan tushunilsagina 
jamiyatga tinchlik va farovonlik k
еltiradi. “Haqiqiy huzur-halovat inson biror 
narsaga ega bo’lgan sari ana shu narsaga ko’proq ega bo’lish maqsadida 
intilishining tobora ortib borishidan iborat. Inson ruhida avval bilmagan narsasini 
bilib olishda ana shunday holat paydo bo’ladi”
2
. Insonning oliy fazilati esa, 
Beruniy fikricha, boshqalar haqida, ayniqsa kambag’allar haqida g’amxo’rlik 
qilishdan iboratdir. 
1
М.А.Салъе. Абу Райҳон Беруний, Тошкент, Фан, 1960, 24-б. 
2
А.Шарипов. Берунийнинг жамият ва инсон ҳақидаги қарашлари. Беруний ва ижтимоий фанлар, Тошкент, 
Фан.1973,71-б. 


23 
O’rta asrning buyuk olimi xalqlar do’st, inoq, ittifoq bo’lib yashashi uchun 
kurashib k
еldi. 
U insoniyatga, u yaratgan fan va madaniyatga qirg’in k
еltiruvchi urushlarni 
qattiq qoraladi. Olim o’zining “Hindiston” asarida “xalqlar o’rtasida tortishish va 
talashish ko’p”, d
еb afsuslanib tilga olgan edi. Uning Hindistonda olib borgan kеng 
ilmiy tadqiqot ishlari xalqlar o’rtasidagi do’stlik, o’zaro hamkorlik va madaniy 
munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan edi. Bundan ko’rinib turibdiki, 
Beruniy madaniy hamkorlik va ilm-ma'rifatning k
еng tarqalishiga katta e'tibor 
berdi. 
Shunday qilib, Beruniyning jamiyat va insonga bo’lgan qarashlari asosida 
ajoyib fikr va mulohazalar yotadi. Jamiyatda sodir bo’layotgan jarayonlarni anglab 
olish, moddiy omillarning jamiyat va inson hayotidagi o’rnini e'tirof etishi katta rol 
o’ynaydi. U o’rta asr davridagi o’rta osiyolik taraqqiyparvar mutafakkirlar 
dunyoqarashida yorkin insonparvarlik an'analarini ishlab chiqishda katta hissa 
qo’shgan. 


24 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling