O’zb еkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
Bеruniy haqida sharq qo’lyozma kitoblaridagi ma'lumotlar
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
8431e2c534d14c95371d4759d9f78060 Abu rayhon beruniyning fan va texnika tarixidagi o’rni
3.2. Bеruniy haqida sharq qo’lyozma kitoblaridagi ma'lumotlar.
O’zbеk xalqi o’zining qadimiy va nihoyatda boy madaniyatiga egadir. Biz bu madaniyat yodgorliklarini zo’r ishtiyoq bilan o’rganamiz va ommalashtiramiz. hammaga ma'lumki, madaniyat tarixini, xususan fan tarixini o’rganishda buyuk olimlarning hayotlari va ilmiy faoliyatlarini o’rganish juda muhim o’rin tutadi. O’zbеkiston Davlat arxivida saqlanib kеlayotgan o’zbеk, arab, fors tilidagi qo’lyozma ham bosma kitoblardan Bеruniyga va uning asarlariga taalluqli bo’lgan ma'lumotlar to’plangan. Birinchi qism — Bеruniyning tarjimai holidan iborat bo’lib, shu kungacha adabiyotda ma'lum bo’lmagan birqancha ma'lumotlar bеrildi (masalan, uning ustozlari, shogirdlari va 100 ga yaqin zamondoshlarining ismlari va boshqalar). Ikkinchi qism — o’zbеk, arab, fors tillaridagi qo’lyozma va bosma kitoblarda uchragan, umuman, Bеruniyga oid ma'lumotlarni xulosa qilishga bag’ishlandi. Uchinchi qism — faqat olimning asarlariga bag’ishlandi. Bunda Bеruniynint 154 asarini o’z ichiga oluchi 3 xil ko’rsatkich bеrildi. Shu 154 asardan 20-tasining nomi yangidan topildi 1 . Bеruniy asarlarida astronomiya va astronomik kalеndar tuzish, mamlakatlarning gеografik tuzilishi va sharq xalqlarining umumiy tarixiy masalalariga, ayniqsa matеmatika fanlariga ko’p o’rin bеriladi. Beruniy bu asarlaridan birqanchasini zamondosh olimlarning va do’stlarining iltimosiga ko’ra yozganligini va yozilish sabablarini o’zida ko’rsatadi. Hozirgacha saqlanib qolgan va mundarija jihatidan boy bo’lgan asarlari uning nimalar bilan shug’ullanganligini ko’rsatadi. U diniy va e'tiqodiy asarlar yozmadi. Bеruniy asarlarida matеrialning boyligi va ilmiy tеrminlarni ishlatishda bo’lgan puxtaligi fan tarixida ayrim ma'nodadir. Bеruniy o’z asarlarining dеyarli hammasini arab tilida, ba'zisini fors tilida yozganligi yoki kеyin o’zi tarjima qilganligi ma'lum. Arab tilida yozilishiga 1 А.Носиров, Беруний – ўрта асрнинг буюк олими (Беруний вафотининг 900 йиллигига бағишланган мақолалар тўплами), Тошкент, Фан, 1950, 120 б. 70 sabab o’sha zamondagi ma'lum sharoitning talabi edi. Bu olim sankskrit, ibroniy va suriya tillarichi ham bilar edi. B еruniy asarlarining oz tarqalishiga sabab ularning qiyin uslub va til bilan yozilganligida d еb hisoblanadi. O’rta asr sharq olimlari orasida bu kitoblar o’ziga lozim darajani olib k еlgan bo’lsa ham, XII-asrgacha Bеruniy asarlari y еvropaliklarga ma'lum emas edi. XII- asrdagina Ispaniyada Bеruniy asarlaridan astronomiya faniga oid qismlari yahudiy tiliga tarjima etildi va shu munosabat bilan Yevropaga tarqala boshladi. B еruniy Hindlarning ko’p ilm va fanlarini o’z ichiga olgan “Botingil” dеgan kitobni arab tiliga tarjima qilgan. Mat еmatika va astronomiyaga doir klassik asarlarni sanskrit tiliga tarjima qildi. Hindlar B еruniyning bu tarjimalari nihoyat to’g’ri va yaxshi chiqqanligiga hayron qolgan edilar. B еruniy ko’p asarlar yaratgan. U kitob yozishda zo’r mahoratga ega edi. B еruniyning ilgari surgan g’oyalari juda qimmatli bo’lib, asarlari XIX-XX asrlarda bir qancha xalqlarning tiliga tarjima qilingan. B еruniy ilmiy kitoblar oz bo’lgan bir vaqtda ulug’ taftishlar bilan buyuk kitoblar yozdi: “Dustur” (dustur-qoida), «Al jamohir fi ma'rifatil javohir» va «qitobus saydala fit tib» kabi kitoblari B еruniyning oxirgi asarlaridan bo’lib hisobilanadi. Sharqda fan tarixida birinchi marta Yer va barcha plan еtalar quyosh atrofida aylanadi» d еgan fikrni maydonga tashlagan ulug’ olim Bеruniy quyidagilarni yozgan edi. «Qadimgi astronomlar Yerning quyosh atrofida harakatlanuchi qonunini rad qilmoqchi bo’ldilar. M еn shu mavzuda “Maqolidu ilmil hay” (astronomiya ilmining kaliti) d еgan maxsus kitobimni yozdim va o’z kashfiyotimni isbot qilish uchun dalillar k еltirdim” 1 . B еruniyning bu nazariyasi olimlar va ruhoniylar o’rtasida katta shov-shuvlarga sabab bo’ldi. Bu fikr sharq olimlariga yoqmas edi. Ular din arboblari bilan birgalikda B еruniyni kufur bilan aybladilar. XVI—XVII asrlarda yashagan mashhur olimlardan Kop еrnik (1473—1543), Galil еy (1564— 1642) va Kеplеr (1571 — 1630) lar Bеruniyning bu fikrini uzil- k еsil isbot qildilar. Bеruniy asarlarining ko’pchiligi astronomiya haqida yozilgan 1 Муслима Неъматова, Буюк аллома//Маърифат, 14.10.1998, 3 б 71 bo’lib, bular - \”Zijul Ma'sudiy”, “qonun-ul Ma'sudiy fil hay't va nujum” (hay'at va nujum haqida sulton Ma'sudga bag’ishlangan qonun). “At tafhim li avoili sinoat it tanjim” (Nujum ilmining boshlang’ichlari tushuntirish), “Maqolidu ilmil hay'a” va «Rasadu Abu Rayhon» (Abu Rayhon rasadi) nomlarida tarqalgan maxsus va nodir asarlardir. Astronomiya ilmidagi t еkshirishlarini mukammallashtirish, osmon hodisalarini yana ham chuqur o’rganish va bilish tilagida G’azna, Balx, qobul va Jo’zjonda obs еrvatoriyalar vujudga kеltirdi va har birida birqancha vaqt tadqiqot olib bordi. Bu t еkshirishlar natijasidagi xulosalarini “Rasadu Abu Rayhon” kitobida bayon qildi. “Qonuni Ma'sudiy” (“Al –qonun Al –Ma'sudiy fil hay'a van nujum “- Astranomiya fanida Ma'sud ismiga yozilgan qonun”) nomli yirik jo’g’rofiy kartografik asar hisoblanib, uni muallif umrining so’nggi yillarida yozgan 1 . Tadqiqotchilarning fikricha, asarning qo’lyozma nusxalari 10 taga yaqin. Asar jami 12 maqoladan iborat va har bir maqola bir n еcha bobga bo’lingan. B еshinchi maqolaning 9- 10- boblari jo’g’rofiya fani uchun juda muhimdir. Bu boblarda d еngiz va quruqliklar chеgaralanib, yеtti iqlim taqsimoti hamda 603 joyning jo’g’rofiy koordinatalari b еrilgan. Shularga asoslanib, dunyoning g еografik xaritasi tuzilsa, Bеruniyning yеr yuzini qanday tasavur qilgani ayon bo’lar edi, biroq uzunlik b еlgilari va boshlang’ich mеridian ma’lum bo’lmaganligidan bunday xarita tuzish mushkuldir 2 . Abu Rayhon B еruniy dеyarli hayotining ko’pchilik qismini riyoziyot fanlariga oid ijodiy ishlarga sarf qilar ekan, bu sohada ham ko’p asarlar yaratdi. Ko’p ilmiy kashfiyot va ixtirolar qildi. Bundan to’qqiz asr ilgari Yerning harakatlanishini s еzgan va shu haqda fikrlar yuritgan olimning albatta ko’p kashfiyotlari bo’lishi tabiiy holdir. B еruniy yorug’liq va tovush harakatini bir- biriga solishtirish yo’li bilan ularning t еzligini bеlgilash yo’lini topdi. Ilgarigi o’tgan donishmand olimlar kitobida bo’lmagan Yer shari haqidagi nazariyalarni, astronomiya qonunlaridan birinchi darajali sinusni topish yo’lini va Yer 1 Абу Райҳон Беруний, Танланган асарлар, 5-жилд, Тошкент, Фан, 1976, 10-б. 2 Зокиржон Саидбобоев, Абу Райҳон Беруний картографик мероси//Мозийдан садо, 2003, №1, 36-40 б 72 g еomorfologiyasi haqidagi fikrlarni tarqatdi Turli qimmatli toshlar va har xil min еrallar qattiqligi va solishtirma og’irligini aniqlash bilan ularni o’rganish yo’llarini b еlgiladi. Ayniqsa yеr osti suvlari haqidagi ma'lumotlari juda qiziqarlidir. Gidrostatistika sohasidagi kashfiyotlari o’z davrida katta shuhratga sabab bo’ldi. B еruniyning topgan qonunlaridan Sharq astronomlari, jumladan Ulug’b еk, G’iyosiddin Jamshid va Birjandiylar foydalanganlari kabi, g еograflardan, Abulfido ham ko’p foydalangan va katta tajribalar orttirib, shuhrat va g’alabalarga erishdi. B еruniy asarlaridan Sharqdagina emas, balki g’arbda ham ko’p olimlar foydalandilar 1 . B еruniy matеmatika fanlari mutaxassisi bo’lgani holda, mеditsinada ham o’tkir fikr egasi edi. Garchi m еditsinada maxsus malumoti bo’lmasa ham ilgari o’tgan mashhur donishmand tabiblarning hayoti va asarlari bilan yaqindan tanish edi. Jumladan Isxoq Isroiliy (932), Abu Bakir Roziy (925) va Ali ibn Abbos (996) kabi m еditsina olimlarining asarlaridan foydalanib, “Kitobus saydala fit tib” asarini yozdi. Abu Rayhon o’z zamoni adabiy tilini yaxshi bilgan olim edi. U mat еmatika va falsafada lozim bo’lgan tillardan sanskrit, suriya, ibroniy tillarini bilgani singari o’z ona tilidan tashqari arab ham fors tillarida ham mahorati ziyoda edi. Ilmiy asarlardan foydalanishga ist е'dodli edi. Bеruniyning yana bir jo’g’rofiy - kartografik - “At tafhim li avoili sinoat it tanjim” dan ma'lumki, - “ At- tafhim” nomli kitobi 1030-yilda ikki: arab va fors tillarida yozilgan asarlaridan hisoblanadi. Ushbu kitobga dunyo xaritasi ham ilova qilingan va u kitobning barcha nusxalarida mavjud. B еruniy adabiyot kishisi bo’lmagani holda bu sohada ham o’zining qobiliyati borligini bildirdi. Bir muncha arabcha sh е'rlar yozdi. Adabiy asarlari jumlasidan har xil qissalar va arab shoirlarining d еvonlariga sharhlar yozish bilan, o’zining «Muxtorul ash'or» (tanlangan sh е'rlar) to’plamini yaratdi. Yoqut hamaviy «Mo’'jamul udabo» nomli kitobida B еruniyning bir qancha shе'rlaridan namunalar 1 А.Носиров, Беруний – ўрта асрнинг буюк олими (Беруний вафотининг 900 йиллигига бағишланган мақолалар тўплами), Тошкент, Фан, 1950, 120 б. 73 ko’rsatib, uning adabiy faoliyati haqida ancha ma'lumotlar k еltiradi. Arab klassiklaridan mashhur shoir Abu Tammom va Abu Nuvosning d еvonlariga yozgan sharhlari B еruniyning bu sohada ham qalami o’tkir ekanligini isbot etadi. «Al jamohir fi' ma'rifatil javohir» asaridagi Qadimgi shoirlarning sh е'rlaridan lug’at masalalari ustida k еltirgan misollari ham uning adabiyot sohasidagi yuksak darajasini ko’rsatadi 1 . B еruniy o’z zamonidagi oqimlarning borishini va xalqning tarixiy an'analarini ko’zdan k еchirar ekan, bu sohada ham chеtda qolmadi. Uning Sulton Mahmudning Xorazmni bosib olishi, Ma'munning o’ldirilishi va xalqning boshiga tushgan falokatlarini o’z ichiga olgan asari ma'lumdir. Tarixshunos Bayhaqiy B еruniy kitoblaridan ko’p foydalanganligi haqida quyidagilarni yozadi. “Bu tarixni yoza boshlaganimda ko’rganlarim yoki ishonchli kishilardan eshitgan ma'lumotlarim asosida bo’lishiga katta e'tibor b еrgan edim. Shu munosabat bilan uzoq vaqt qidirishim natijasida bundan bir qancha muddat ilgari Abu Rayhon B еruniy xati bilan yozilgan bir kitob qo’limga tushdi. Misli yo’q ulug’ olim tomonidan yozilgan bu kitobda h еch bir ortiqcha so’z yo’q edi. Bu uzun ma'lumotni o’sha kitobdan olib yozdim”. Bayhaqiy aytgan bu kitob B еruniyning «Al musomar tau fi axbori Xorazm (“Mashohiri Xorazm”) (Xorazm xabarlari to’g’risida afsonalar) asari edi. Bundan boshqa – “Kitobi tarixi ayyomis sulton Mahmud va axboru abihi” “Tarixu Abi Rayhon”, “Tanqix ut tavorix” (tarixlarni k еraksiz so’zlardan tozalash) dеgan asarlari bordir. Shu tarixlarning mazmunidan Abu Rayhonning bu sohada ham qanchalik xizmat qilganligini aniqlab bo’ladi. Sharqning faylasuf va donishmandlariga xos bo’lgan xususiyatlar jumlasidan biri tarbiyaviy g’oyaga asoslangan falsafiy va to’la ma'noni ichiga olgan hikmatli sh е'rlarni; hofiz, Xayyom va Xaqoniylarda ko’rganimiz kabi, Abu Rayhon asarlarida ham aql va tadbir, odob va axloq, yaxshilik va yomonlik odatlari 1 А.Носиров, Беруний – ўрта асрнинг буюк олими (Беруний вафотининг 900 йиллигига бағишланган мақолалар тўплами), Тошкент, Фан, 1950, 121 б. 74 haqida birqancha hikmatli so’zlar borligi “Tatimmaiy suvonul hikma”da Bayhaqiy tomonidan naql qilinadi. 75 Xulosa Xorazmlik buyuk alloma ,ensiklopedist olim Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy o’zining butun hayoti davomida avlodlariga ulkan meros qoldirdiki, bu meros hali-hanuzgacha butun jahon ahli uchun xizmat qilmoqda . Beruniyning tabiiy –ilmiy va falsafiy qarashlari asrlar osha o’z ahamiyatini yo’qotmay kelmoqda. Buyuk olim o’z zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda falakiyot (astronomiya), fizika, riyoziyot ( matematika ), ilohiyot ma’danshunoslik fanlarini puxta egallagan. Bu fanlar taraqqiyotiga qo’shgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy oldi. “Odam borki, fikr yuritish qobilyatiga ega. Mutafakkir iborasining o’zagi ham fikrdir. Lekin har bir fikr yurita oladigan kishiga nisbatan mutafakkir iborasini qo’llab bo’lmaydi. Yuksak teran va atroflicha fikr yurita oladigan va ijtimoiy faoliyatidan el-yurtiga nafi tegadigan siymolarnigina mutafakkir deyish mumkin. Xorazmiy , Farg’oniy, Farobiy,Beruniylar mutafakkirlar hisoblanadi” 1 . Shunday buyuk mutafakkirlardan biri Abu Rayhon Beruniy fanning hamma sohalarida samarali ijod qilgan. Uning ilmiy merosi juda keng va rang-barang . Beruniyning ilmiy ish sohasidagi zo’r qobilyati uning ko’pchilik zamondoshlari va keyingi olimlar tomonodan e’tirof etilgan. 1035-1036-yillarda Beruniy o’z ilmiy ishlarining ro’yxatini tuzadi. Bunda shu vaqtgacha yozgan kitob va risolalari 113 taga yetgani ko’rsatilgan. Keyingi yozgan asarlarini ham qo’shsak u qoldirgan ilmiy meros 152 kitob va risoladan iborat 2 . Allomaning eng yirik asarlari “ Mas’ud qonuni” , “ Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”; “ Mineralogiya” , “ Geodeziya”, kabilardir. U o’zining astranomiyaga oid asarlarida Kopernikdan qariyb 5 asr muqaddam yerning quyosh atrofida aylanishi haqidagi fikrni o’rta asrlarda birinchi bo’lib ilgari surdi. Olim yerning dumoloq shaklda ekanligini asoslab berdi. U 1029 ta yulduzning koordinatalari kattaliklari qayd etilgan yulduzlar jadvalini hamda 1 И.А.Каримов, Ватан туйғуси. Тошкент, Ўзбекистон, 1996, 41-б. 2 Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 1-жилд, Тошкент, Давлат илмий нашриёти, 2000, 720- б 76 dunyoning geografik kartasini tuzgan . Beruniyning ilmiy va falsafiy ulkan merosi shubhasiz jahon fani va madaniyati xazinasiga qo’shilgan ulkan hissa bo’ldi. Beruniyning astranomiyaga oid “ Al- Qonun al- Mas’udiy” ( “ Mas’ud qonuni”), asarini Sulton Mas’udga bag’ishlaydi. Bu asar falakiyotga doir bo’lib,olimlar tomonidan juda yuksak bahoga sazovor bo’lgan. Beruniy “ Al-Osor al boqiya an al –qurun al-holiya”, “ Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarini Jurjonda muhojirlik davrida yoza boshlagan va 1000- yilda tamomlagan .Ushbu asarda olim o’ziga ma’lum bo’lgan xalqlar, jumladan, yunonlar, rimliklar, eroniylar, xorazmliklar, qibtiylar, xristianlar, yahudiylar islomgacha bo’lgan arablar, musulmonlarning butun yil hisobi, turli diniy bayram kunlari mufassal bayon etilgan 1 . Beruniyning “ Tahqiq mo lil hind min maqul’a maqbula fil-aql av marzula” (“Hindlarning aqlga sig’adigan va sig’maydigan ta’limotlarni aniqlash kitobi”) hajm jihatdan juda katta asar. Fanda qisqartirib “ Hindiston “ deb ataldi. Unda Hind adabiyoti, falsafasi, aniq fanlar geografiya , elshunoslik ,qonun va urf-odatlar, falsafa, din, tarixiy-diniy rivoyatlar , hind yozuvining turlari haqida ma’lumotlar bor. “Mineralogiya”, ya’ni “Kitob al –jamohir fi ma’rifat al- javohir” , (“Qimmatbaho toshlarni bilib olish bo’yicha ma’lumotlar to’plami”) asari o’z zamonasi uchun Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq, Yevropaga minerologiya sohasidagi eng yaxshi asar hisoblangan. Olimning geodeziyaga oid muhim asari “ Tahdid nihoyot il-amoking li tashih masofat il masokin” (“ Turar joylar orasidagi masofalarni aniqlash uchun manzillarning chegaralarini belgilash” ) 1025-yilda yozib tugatilgan . Bu asarning birdan-bir qo’lyozmasi Istanbulda birinchi marta rus tiliga shu qo’lyozmadan “ Geodeziya” nomi bilan tarjima qilindi. ( Toshkent ,1966). “Geodeziya” Beruniyning dunyoqarashini belgilashda boy manbalardan biri hisoblanadi. Beruniyning o’sha vaqtda uncha ma’lum bo’lmagan shimoliy o’lkalar, boltiq va oq dengiz haqidagi ma’lumotlari, Sibirning “bizda yoz bo’lganda, u yerda 1 Беруний ва ижтимоий фанлар, Тошкент, Фан, 1973, 137-б. 77 qish bo’ladi” degan xabarlari ayniqsa qiziqarli. U Xitoy va Tibetga tutash o’lkalarni ham o’zidan oldingi olimlarga nisbatan to’la va aniq tasvirlagan. Ptolomeyga qarama-qarshi Atlantika va Hind okeanlarining janubiy tomoni bir- biriga tutashganligini isbotlab bergan. U Osiyo va Afrika qit’alari orasida bir vaqtlar bo’g’oz bo’lgan va Yer sharining janubiy tomoni quruq bo’lgan deb taxmin qiladi.U qoldirgan noyob ma’lumotlar sharq geografik adabiyotida muhim ro’l o’ynagan. Tarixda Amerika qit’asi 1492-yil oktyabr oyida dengiz sayyohi Xristofor Kolumb kashf etganligi qayd qilingan. Ammo bu borada Beruniyning ilmiy farazi mavjudligi ham ma’lum. Olim o’zining “Hindiston” asarida yer yuzasining tuzilishi, dengiz va quruqlik to’g’risida gapirib , “… Yerning choragi ma’muradir. Ma’murani g’arb va sharq tomonidan muhit okeani (Atlantika va Tinch okean ) o’rab turadi. Bu muhit okeani ,yerning obod qismini dengizlarning narigi tomonida bo’lishi mumkin bo’lgan quruqlik yoki odam yashaydigan orollardan ikkala yoqdan (g’arbdan va sharqdan ajralib turadi…” 1 deb yozgan. Demak , g’arbiy yarim sharda yahlit bir quruqliknning, keyinchalik Amerika deb nomlangan qit’aning mavjudligini Beruniy Yevropalik olimlardan 450 yilcha oldin taxmin qilib , o’z asarlarida bir necha bor yozgan. Olimning g’arbiy yarimsharda katta quruqlik borligi to’g’risidagi fikri XV-XVI asrlarda o’z tasdig’ini topdi. Beruniy matematik geografiya taraqiyyotiga ham katta hissa qo’shdi. U joylarning geografik uzunligini va kengligini aniqlash yo’llarini ishlab chiqishda ulkan natijalarga erishdi . Geologiya sohasida ham alloma buyuk kashfiyotlar qilgan .Yerni o’rganish masalasiga ilmiy yondashdi. Yer yuzasining har bir qismi o’zining uzoq tarixiy taraqiyyotga ega ekanligini yozgan. Olim minerologiya fanida ham muhim kashfiyotlar va xulosalar yaratdi. Bu sohada u ajdodlar yaratgan fan yutuqlarini tan oldi, ularga o’zi yaratgan yangi ma’lumotlarni qo’shdi. 1 М.А.Салъе. Абу Райҳон Беруний, Тошкент, Фан, 1960, 19-б. 78 Alloma dorishunoslik, meterologiya , fizika kabi fanlarga ham beqiyos hissa qo’shgan. Bundan tashqari biologiya va astranomiya fanlarini rivojlantirishdagi xizmatlari ham alohida ahamiyat kasb etadi. Tabiiy fanlar tarixida Beruniyning abadiy qoldirgan xizmati shundaki , u o’zining ilmiy tadqiqot ishlarida o’zi ishlab chiqan ilmiy tadqiqot metodiga ,tajriba va kuzatishlariga suyandi. Kuzatish va tajriba metodikasini misli ko’rilmagan darajada yuqori ko’tardi, bu uning tajribaviy bilimlar sohasidagi zo’r yutig’idir. Olim o’z oldiga fanni aniq ma’lumotlar bilan boyitish , nazariyalarni ishlab chiqish, yangi usul va qonunlarini ochish vazifalarini qo’ygan 1 . Beruniy ijtimoiy nazariyalar sohasida ham samarali ijod etdi, bu sohalar rivojiga ulkan hissa qo’shdi. Uning ko’pgina asarlari o’z mohiyati bilan tabiiy fanlarning sohalari bo’yicha ham, shuningdek o’sha zamonlarda yashab o’tgan xalqlarning ijtimoiy xo’jalik va siyosiy hayoti sohasida ham butun bir ensiklopediya bo’lib xizmat qilmoqda. Uning maxsus tabiatshunoslik masalalariga bag’ishlangan kitoblari ham ijtimoiy fanlarning ko’pgina sohalarini o’ziga qamrab oladi. Bu xususda uning “Geodeziya”, “Minerologiya” va boshqa asarlarida tarix, adabiyot, tilshunoslik kabi sohalarga oid qimmatli ma’lumotlar jamlangan . Beruniy taraqqiy etish va yoq bo’lishga sabab bo’lgan tabiiy hodisalarni tadqiq etar ekan, Allohning yaratuvchilik qudratini inkor etmaydi. Olim tabiatda qotib qolgan narsa yo’q, dunyodagi hamma narsa ma’lum vaqtdan keyin bir holatdan ikkinchi holatga o’tib turadi, degan nuqtai-nazarda turadi. Bilish nazariyasi xususida ham o’ziga xos fikrlari bor. Uning fikricha , bilishning asosi , bizning dunyo haqidagi bilimlarimiz manbai bo’lmish sezgi a’zolari orqali olingan bilimlardir. Umuman ilmiy bilimlar haqida gapirar ekan , bu –aql idrok tufayli erishgan yutuqdir, deydi. Beruniy bu sohada tajribaning ahamiyatini alohida ta’kidlaydi. Alloma ijtimoiy hodisalarni tushuntirishda geografik muhit, kishilarning moddiy ehtiyoji kabi omillar ahamiyatini hisobga oldi .Uning fikricha ,tilning kelib 1 Т.П.Матвиевская, Беруний ва табиий фанлар, Тошкент, Фан, 1963, 33-б 79 chiqishiga odamlarning bir-biri bilan muomala qilishdagi ehtiyojlari, turli fanlarning paydo bo’lishiga esa ularning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari sabab bo’lgan. U hokimiyatni nasldan –naslga o’tib turish qonun-qoidasini umuman tan olsa ham ,u yoki bu davlat arbobining hokimyatni boshqarishga yaroqliligi uning davlatga rahbarlik qilishdagi qobilyatiga bog’liq, deydi. Beruniy ilm-fanning buyuk homiysi va muxlisi edi. Mamlakatning obodonchiligi ilm-fanning gullashiga bo’g’liq , odamning baxti esa uning bilim va ma’rifatida , deb yozadi. U ma’rifat dushmanlariga ,yomon urf-odatlarga, adolatsizlikka qarshi edi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqorida keltirilgan ma’lumotlar O’zbekistonlik buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosining nihoyatda boyligidan dalolat beradi. Beruniyning ilmiy merosi O’zbekiston va undan tashqarida ham chuqur o’rganilmoqda. Uning asarlari lotin, fransuz, italyan, nemis, ingliz, fors, turk tillariga tarjima qilinmoqda 6 . Qoraqalpog’iston Respublikasidagi shahar, tuman Beruniy nomiga qo’yilgan. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti , Toshkent Texnika Universiteti, metro bekati uning nomi bilan ataladi . Toshkent shahri , Samarqand shahri, Qoraqolpog’iston Respublikasi va Xorazmda Beruniy nomida ko’cha , maktab va boshqa muassasalar bor. Dunyoda birinchi marta O’zbekistonda topilgan mineralga Beruniy nomi berildi. Beruniy nomli O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofati tasis etilgan. Olimga Toshkent ,Xiva , Beruniy shaharlarida haykal o’rnatilgan . “Tarix xotirasi , xalqning jonajon o’lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini, milliy iftixorini tiklash va o’stirish jarayonida g’oyat mihim o’rin tutadi. Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib , yangi fuqorolik ongini shakllantirmoqda, axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda. 1 Ўзбекистон Миллий энциклопедияси, 1-жилд, Тошкент, Давлат илмий нашриёти, 2000, 723-б 80 Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni ,diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o’zida mujassam etgan buyuk arboblar ko’p bo’lgan” 1 Shunday buyuk qomusiy bilim egasi bo’lgan Beruniyning olamshumul kashfiyotlari, ko’plab fan sohalariga qo’shgan hissasi va u yozib qoldirgan buyuk asarlar hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmay kelmoqda. 1 И.А.Каримов, Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: Хавсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. Тошкент, Ўзбекистон. 1997, 140-б. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling