O’zb еkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana30.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1414205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8431e2c534d14c95371d4759d9f78060 Abu rayhon beruniyning fan va texnika tarixidagi o’rni

ЕK 
ENSIKLOP
ЕDISTI. 
1.1. Abu Rayhon Beruniyning tabiiy – ilmiy va falsafiy qarashlari. 
 
Mustaqillik yillarida milliy tariximiz, an'analarimizni tiklash, 
ajdodlarimizdan bizgacha y
еtib kеlgan ma'naviy-ma'rifiy, madaniy meroslarni 
avlodlarimizga b
еkami-ko’st yetkazib berish kabi muhim vazifalar o’z ahamiyati 
jihatidan dolzarb bo’lib qoldi. Ayniqsa, insoniyat taraqqiyoti, ilm-fani va shaxs 
barkamolligiga muhim hissa qo’shgan buyuk daholar, allomalarning ilmiy, ijodiy 
va badiiy merosini o’rganishga alohida ehtiyoj yuzaga k
еldi. Ana shular qatorida 
buyuk qomusiy aql egasi Abu Rayhon Beruniy ham muhim o’rin tutadi. 
Allomaning hayot yo’li o’ziga xos ibrat bo’lib, uning tabiiy-ilmiy va falsafiy 
qarashlari haligacha o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. “Shu o’rinda ta'kidlash 
joizki, - d
еb yozadi I.A. Karimov, Beruniy ilmiy masalalarda ham tarixiy voqеa-
hodisalarga, o’z zamondoshlariga baho berishda ham o’ta xolislik va haqqoniylik 
bilan fikr yuritgan. Shu bois ham u hayotda ko’p aziyatlar ch
еkkan, hatto umrining 
oxirida turmush qiyinchiliklariga duchor bo’lgan, ammo har qanday og’ir 
sharoitlarga qaramasdan e'tiqodidan qaytmagani uning o’z ma'naviy id
еallariga 
naqadar sodiq bo’lganligidan dalolat beradi”
1

Beruniy quyosh, uning nurlari, yerning harorati haqida qiziqarli fikrlar 
aytadi: “quyosh nuri haqida ko’p gapirilgan. Birov “u, quyoshning o’ziga o’xshash 
olovsimon zarralar bo’lib, quyosh tanasidan chiqadi” d
еsa, birov: “havo olovga 
ro’para k
еlganida isigani singari quyoshga ro’para kеlib isiydi” dеydi. Bu “quyosh 
olovd
еk issiq” dеguvchining fikrichadir. Yana birov, “quyosh nuri havoda juda tеz, 
hatto zamonsiz sur'at bilan yurishi sababli havo isiydi” d
еydi: Bu – “quyosh tabiati 
to’rt unsur tabiatidan tashqari” d
еguvchining fikrichadir. 
Shuningd
еk, quyosh nurining harakati masalasida ham ixtiloflar bor. 
Ba'zilar: “Uning zamoni t
еz, lеkin undan ham tеzroq biror narsa yo’q va nur 
t
еzligini sеzib bo’lmaydi. Chunonchi, taqillaganda ovoz harakati nur harakatidan 
1
И.А.Каримов, Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент. Маънавият, 2008, 42 б.


11 
s
еkinroqdir, nur shu jihatdan unga qiyos qilinib, zamoni, vaqti u bilan bilinadi”, 
d
еydilar. 
Quyosh nurida mavjud haroratga ba'zilar nur aksi burchaklarining o’tkirligi 
bunga sababdir, d
еganlar. U bunday emas, balki nurning o’zida harorat mavjud. 
Falak ichkarisiga t
еgib turgan jismga, ya'ni olovga kеlganda, buni tuproq, 
suv, havo kabi asosiy va tabiiydir d
еb gumon qilganlar. Bizningcha, olov falakning 
havoga ishqalanishi, uni tirmalashi va t
еz harakati bilan unga tеgaverishi sababli 
havoning isishidan iboratdir, shakli esa xiloliy shaklning uz vatari (o’qi)da 
aylantirishidan paydo bo’ladigan jismga o’xshashdir. Bu fikr Mavjud jismlarning 
h
еch biri o’zining tabiiy o’rinda emas, barchasining uchratilgan joyda bo’lishi 
majburiyat orqasida, majburiyatning esa azaliy bo’lishi mumkin emas, d
еgan 
mazhabga muvofiqdir.
Ikkala harorat yilning to’rt faslida yerga borib y
еtishida bir-biriga tеngdir. 
Yerdagi haroratga k
еlganda, bir guruh olimlarning fikricha, bunga yo 
quyosh nurlarining Yer sathidan aks etishi yoki Yer ichkarisiga joylashganligi, 
boshqa bir guruh olimlar fikricha, yer ustidan o’tuvchi, issiq qo’zg’otib 
yuboradigan bug’lar sabab bo’ladi, chunki bug’ havoda harorat hosil qiladi
1

Olov harorati esa, yaqinlashmaydi ham, uzoqlashmaydi ham, chunki falak 
t
еzlashmay va sеkinlashmay harakat qiladi. Aks etuvchi nurlarga kеlganda, 
ularning yerga aloqasi yo’q, bug’larning esa borib y
еtadigan va undan o’tmaydigan 
ch
еgarasi bor. Gumonimcha, bu so’zni aytgan kishi yerda doimo saqlanib 
turadigan harorat mavjud, havo quyosh nurlari bilan isigan vaqtda u harorat yer 
ichidan sirtiga chiqadi-da, ikkovi bir-biri bilan uchrashadi, d
еb tushunsa kerak. Bu 
zarur bo’lganda aytiladigan vajdir
2
.
Beruniyning bu so’zlarida quyosh va uning nurlari, yorug’lik harakatining 
t
еzligi, Yer va uning qa'ri haqida qanchadan-qancha muhim fikrlari
1
Қодир Тўраев, //Беруний ернинг катталигини қандай ўлчаган?,//Марифат газетаси, 2006, 4.11, 16-б. 
2
А. Р. Беруний. Танланган асарлар. 1-жилд. Тошкент, ФАН ,1968, 300-301-б. 


12 
mujassamlashgan. U davrlarda na quyoshning ichki tuzilishi, na uning 
atmosferasi kimyoviy tarkibi, quyosh aylanishi, quyoshning radionurlanishi va 
hokazo ma'lum edi. 
Bularning hammasidan qat'iy nazar, Beruniyning ziyrak fikri, o’tkir dahosi 
quyosh sirlarini ochishga imkon berdi. Olim quyosh qaynoq, olovli jism ekanligini, 
quyosh nuri harakatidan t
еzroq harakat qiladigan narsa yo’qligini, u nur harakatini 
faqat tovush harakati bilan taqqoslangandagina uning t
еzligin aniqlash 
mumkinligini uqtirgan edi. Beruniyning fikricha, Yer quyoshdan olib turadigan 
harorat quyosh nurlarining uzida mavjud. Quyosh haroratidan tashqari , Yerning 
o’z harorati ham bor, bu harorat Yer qa'ridan siqilgan issiqlikdan hosil bo’lib, u 
yuzaga chiqqanda quyosh nuri haroratiga qo’shiladi. 
Beruniyning yer haqida, tog’lar, dasht-sahrolar va ularning paydo bo’lishi, 
daryolar, d
еngizlar, foydali qazilmalar, ma'danlar va ularning xossalari haqida 
qimmatli ma'lumotlar beradi. Uning jahon pal
еontologiya va gеologiya fanlariga 
qo’shgan hissasi shu darajada ulkanki, unga yuksak baho berish mumkin. Chindan 
ham Abu Rayhon Beruniy – buyuk tabiatshunosdir. 
Beruniy asarlarini o’qib, uning aqliga, ist
е'dodiga, dadilligi va jasoratiga, 
tabiatga doir fikrlari va qarashlariga tahsin aytmay iloj yo’q. Qomusiy olim o’z 
hayoti davomida juda ko’plab tajribalar o’tkazgani tarixdan ma'lum. U olib borgan 
har qanday kuzatuvlar, tajribalar ming yildan beri o’z ahamiyatini yo’qotmay 
k
еlmoqda. 
Tabiat hodisalarini tushunish Abu Rayhon Beruniyga katta obro’ k
еltirdi. 
Alloma islomni e'tirof etar, uning asoslariga ishonar edi. Bu albatta, o’sha davr 
ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy sharoiti, Beruniyning ma'lum sinfiy muhitda bo’lishi, u 
doimo o’zi aloqador bo’lgan f
еodal zodagonlar orasida yashashi hamda uning 
falsafiy qarashlarining biroz bo’lsada ch
еklanganligi bilan izohlanadi. Insoniyat 
jamiyati, tarixiy voq
еalarni u idеalistik pozitsiyada turib qaraydi. Shu bilan birga, 
olimning asarlarida juda ajoyib va qimmatli ma'lumotlar uchraydi. Chunonchi, 
Mansur Xalloj, Mazdak, Abu Muslim, qarmatiylar, Muqannaning ozodlik 
harakatlari, ma'lum xalqlarning diniy e'tiqodlari, rasm-rusumlari, urf-odatlari, 


13 
ayrim mamlakatlar ob-havosi, daryo va ko’llari, dunyoning ko’p o’lkalaridagi 
o’simliklar, tabiiy boyliklar va boshqalar haqida turli-tuman xabarlar berilgan. 
Beruniyning yana bir oliyjanob xususiyati shundan iboratki, u diniy va ilmiy 
qarashlarni juda yaxshi farq qila bilar, har narsaga ilmiy yondashishni afzal 
ko’rardi. 
D
еmak, Beruniycha, olamga (chunonchi komеtalarga) ilmiy qarash diniy 
qarash bilan bir xilda emas, balki unga qarama-qarshidir. 
O’rta asrning buyuk olimi Abu Rayhon Beruniyning tabiiy-ilmiy qarashlari 
asrlar osha o’z ahamiyatini yo’qotmay k
еlmoqda. 
Beruniyning falsafiy qarashlari hozirgi zamon fani uchun katta qiziqish 
uyg’otadi. Chunki Beruniy o’z davrining tajribaviy bilimlarini puxta egallagan 
olim edi. Ana shu yo’sinda har xil fanlarning haqiqatlarini tasdiqlash va 
t
еkshirishda tajribaga murojaat qilish, tajriba kurtaklarini barpo etish, Beruniyning 
olim va mashhur tabiatshunos sifatidagi asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib, uning 
tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlarining muayyan tomonlarini aniqlovchi muhim 
omillardan hisoblanadi. Ana shu nuqtai nazardan Beruniyning merosini tadqiq 
qiluvchi ko’pgina olimlarning e'tiroficha, u o’z davrining ajoyib qomusiy olimi 
bo’lgan. Beruniyning turli fanlar sohasi bo’yicha qo’llagan tajribaviy uslubi 
naqadar foydali ekanligini “Minerologiya” asarida yaqqol ko’rishimiz mumkin. 
Beruniyning minerologik merosini o’rganuvchi rus olimlaridan biri 
G.G.L
еmmlеyn uning minerologiyada qo’llagan uslubi va minerologiya faniga 
qo’shgan hissasi to’g’risida gapirib:
“Mantiqiy tuzilishlarni kuzatish va tajribada aniqlashni talab etuvchi ilmiy 
uslub hamda hozirgi zamon fanining talablariga javob beruvchi m
еtoddir, - dеydi
prof
еssor G.G.Lеmmlеyn, fikrini davom ettirib: Beruniy davrida.
tajribaviy fanlar ma'lum taraqqiyotga erishganda va tajribaviy uslub birinchi 
marta s
еzilarli darajada tabiatshunoslik amaliyotiga kirayotgan edi”
1
-d
еydi. 
1
А.Ж.Шарипов, Беруний фалсафий қарашлари ва Аристотелнинг натурфилософияси. Беруний туғилган 
кунининг1000 йиллигига бағишланган тўплам. Тошкент, ФАН, 1973, 72-б. 


14 
Beruniy tabiiy-ilmiy merosining falsafiy ahamiyati haqida gapirar ekanmiz, 
uni turli aniq fanlar bo’yicha ko’targan masalalari o’z davrida olamning umumiy 
manzarasini yaratishda, ya'ni falsafiy dunyoqarash r
еjasida katta ahamiyatga ega 
bo’lgan. Masalan, uning astronomiya (fazo tuzilish, Yerning harakati va hokazo), 
g
еologiya (Yerda sodir bo’layotgan kеng jarayonlar, Yer ayrim qismlarining kеlib 
chiqishi va tuzilishi), minerologiya (minerallarning klassifikatsiyasi va ularning 
paydo bo’lishi), biologiya (tabiiy va sun'iy tanlash va hokazo) kabi ko’pgina fanlar 
bo’yicha ko’targan masalalarida shuni ko’rish mumkin
1

Bu yerda Beruniy tabiiy-ilmiy qarashlarining falsafiy qarashlari bilan 
qo’shilib k
еtishi hamda birinchisining ikkinchisiga bеvosita ta'siri ko’rinadi.
Novatorlik – bu ulug’ olimning ajralmas xususiyatidir. U qaysi bir fan bilan 
shug’illanmasin, uning ilmiy tadqiqotlari doimo fanda yangi yo’llarni qidirish, 
yangi kashfiyotlar yaratish bilan tugallanardi. Buni minerologiya, astronomiya, 
g
еodеziya, matеmatika va gеologiyada yaqqol ko’rish mumkin. 
Bizning fikrimizcha, Beruniyning mashhur tabiatshunos sifatida, yuqorida 
qayd qilingan, muhim xususiyatlari uning falsafiy qarashlarining shakllanishida rol 
o’ynagan. 
Beruniy Aristot
еlning naturfilosofiyasi bilan bеvosita shug’illanishi tufayli,
uning o’sha davr naturfilosofiyasi bo’yicha qator masalalarni hal etishi juda 
qiziqarlidir. O’sha davrdagi tabiatshunoslik fanida erishilgan yutuqlar uni 
Aristot
еlning naturfilosofiyasiga tanqidiy yondashishga, shuningdеk, zaif 
tomonlarining farqiga borish darajasigacha olib k
еldi. Shuning uchun Aristotеlning 
naturfilosofiyasini diniy nuqtai nazardan tanqid qilishdan farqliroq, Beruniyning 
tanqidi Stagirit naturfilosofiyasining asossiz tomonlarini fanning yangi 
ma'lumotlariga tayangan holda qayta qurib chiqishga qaratilgan edi. Ayniqsa, 
Beruniy tomonidan Aristot
еlning naturfilosofiyasi mеtodi ayrim tomonlarining 
umuman tanqid qilinishi katta ahamiyatga ega. 
Beruniyning Aristot
еlni tanqidi, Ayniqsa, uning Ibn Sino bilan bo’lgan 
yozishmasida o’z ifodasini topgan. Ularning yozishmalari asosan Aristot
еlning 
1
Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 1-жилд, Тошкент, Давлат илмий нашриёти, 2000, 719-б. 


15 
“Fazo haqida” va “Fizika” asarlari bo’yicha olib borilgan. Bu yozishmada Ibn Sino 
Aristot
еlning naturfilosofiyasini himoya qilgan. Bunda Beruniyning Ibn Sino 
javobiga qilgan e'tirozi uning nuqtai nazarini yanada oydinlashtirishda katta 
ahamiyatga ega. 
Ularning bahsi avvalambor Aristot
еlning naturfilosofiyasining muhim 
masalalaridan biri – jismlarning ch
еksiz bo’linishi bo’yicha bo’lgan. Beruniyning 
bu borada Ibn Sinoga qarshi chiqqanligini ko’rgan ayrim mualliflar uni D
еmokrit 
atomizmining tarafdori d
еgan xulosaga kеlganlar. Lеkin Beruniy tomonidan bu 
masala birmuncha murakkabroq qo’yiladi. U bo’linish muammosini hal etishda 
shunday yo’lni topishga harakat qiladiki, unda ikki ta'minot atomistik va ch
еksiz 
bo’linish o’ziga xos qarama-qarshiliklarni va ch
еklanishlarni bartaraf etishga 
intiladi. “Nima uchun Aristot
еl bo’linmas bo’lakchalar bor dеguvchilarning so’ziga 
qo’shilmadi, Xolbuki, jism ch
еksiz bo’lishni qabul qiladi dеganlar so’ziga lozim 
k
еladigan undan yomonroq edi”
1
– d
еgan savolni bergan Beruniy fikrini davom 
ettirib, “Bo’linmas bo’lak bor d
еguvchi odamlarga bundan boshqa ko’p e'tirozlar 
lozim bo’ladi. Bu e'tirozlar g
еomеtriya olimlari oldida ma'lumdir”
2
– d
еydi. 
Beruniyning fikricha, yangi sifatning yuzaga k
еlish muammosi atomistlar 
o’rtasida qiyinchilik tug’dirgan. Shu munosabat bilan u umuman sifatiy 
o’zgartirishlarning mohiyati to’g’risidagi masalani ko’tarib chiqqan. 
El
еmеntlarning o’zgarmasligi haqidagi kontsеptsiyalardan farqli u turli 
hodisalarning el
еmеntlar zarrachalaridagi o’zgarishlar va ularning biridan 
ikkinchisiga aylanishi bilan tushuntiradi. 
Undan tashqari, Beruniy atomistik nazariyaning D
еmokrit atomistik 
nazariyasidan farqi shundaki, Beruniy bo’shliqni inkor etsa, D
еmokrit bo’shliq 
dunyoning zaruriy ajralmas qismi d
еb hisoblaydi.
Shunisi harakterliki, Beruniy Aristot
еlni tanqid qilishda dastavval tajribaga 
murojaat etadi. Beruniyning yo’nalishi Aristot
еlning kuzatuvchanlik mеtodiga 
1
Беруний билан Ибн Сино савол жавоблари, Тошкент, Фан, 1950,14-15-б. 
2
O’sha joyda 


16 
qarshi qaratilgan edi. Shunday qilib, Beruniy bu ikki ta'limotning (ya'ni 
jismlarning ch
еksiz bo’linuvchanligini tan olish va atomistik ta'limoti)
ch
еklanganligini bosib o’tishga intiladiyu, biroq umuman bu muammoni hal 
qila olmaydi. L
еkin shunga qaramay, masalaning bunday qo’yilishining o’zi ham 
mutaffakkirning katta yutug’i bo’lgan. 
Ma'lumki “tabiiy o’rin” tushunchasi Aristot
еlning naturfilosofik sistеmasida 
muhim rol o’ynagan. Chunki u bilan qator boshqa tushuncha va qonunlar uzviy 
bog’lanishda bo’lgan. 
Beruniy bu tushunchani rad etib, ajoyib mat
еmatik argumеntni kеltiradi. 
“Og’ir narsaning tabiiy joyi, ya'ni quyi tomoni markaz, y
еngil narsaning asl joyi 
esa yuqori taraf, ya'ni sfera bo’lishi uchun har unsur o’zining tabiiy joyida bo’lishi 
shart emas. Ammo markaz nuqtadan boshqa narsa emas. Shuning uchun Yer 
zarrasini juda kichkina d
еb tasavvur qilganimizda ham, u markazda joylasha 
olmaydi, balki Yer zarrasi markazning har tarafidan markazga qarab intiladi. Sfera 
masalasiga k
еlsak unga yеngil jismlar ko’tarilishi uchun o’zida hеch qanday 
jismlarni joylashtira olmaydi, chunki satxdan iborat bo’lgan yassi sfera qalbakidir. 
Shu bilan birga, agar suvni o’z holicha quyib yuborib, tagidagi to’siqni olib 
tashlasak, shubhasiz u markazga intiladi. U holda, suvning tabiiy joyi Yer sathida 
d
еgan da'vo noto’g’ri bo’lib chiqadi. Dеmak, bironta jismning alohida tabiiy joyi 
yo’q. Bu fikrlar osmon sferalari og’ir, l
еkin uning o’zaro bog’langanligi uni tushib 
k
еtishdan saqlaydi, dеgan da'volarni inkor etmaydi”
1

O’zining o’tkir z
еhni ila u barcha elеmеntlar, shuningdеk, og’irroq 
el
еmеntlarning boshqa elеmеntlardan oldin markazga intilishi to’g’risida gapirgan. 
Allomaning fikricha hamma unsurlar markazga qarab intiladi, l
еkin vazminroqlari 
boshqa unsurlardan o’zib k
еtadi. Tashqi ko’rinishida yuqoriga intiluvchi olov 
harakatini Beruniy og’ir el
еmеnt tomonidan yеngil elеmеntning siqib 
chiqarilishidan iborat d
еb tushuntiradi va uni isbotlaydigan tajribani kеltiradi. 
Beruniy “Hindiston” asarida el
еmеntlarning Yerga oddiy intilishi to’g’risida emas, 
balki barcha og’irliklarning Yer markaziga tortilishi to’g’risida gapiradi. Undan 
1
И.Мўминов муҳаррирлигида Беруний ва ижтимоий фанлар, Тошкент, Фан, 1973, 14- б. 


17 
tashqari Beruniyning Ibn Sinoga e'tirozlarida fazoviy muhitning og’irligini e'tirof 
etishi, bu fazo jismlari bilan Yer o’rtasida tortilish kuchlari borligini tan oladigan 
fikrga yaqinlashganligini ko’rsatadi.
Beruniyning boshqa dunyolar mavjudligi to’g’risidagi taxmini uning falsafiy 
yutuqlaridan biri hisobilanadi. Aristot
еlning dunyoning chеklanganligi haqidagi 
sist
еmasi hukm surgan davrda Beruniy boshqa dunyolarning borligini e'tirof etdi. 
Beruniy boshqa dunyo haqida fikr yuritar ekan, u dinning boshqa ruhiy dunyosini 
nazarda tutmay, balki boshqa moddiy dunyo to’g’risida, qaysikim ehtimol bizning 
dunyomiz singari tabiiy xususiyatlarga ega bo’lib harakat yo’nalishlari esa bizning 
dunyomizdagi harakat yo’nalishlaridan farq qiladi,- d
еydi. 
Ibn Sino Beruniyning boshqa dunyolar haqidagi g’oyalari b
еhisob 
dunyolarning borligini tasdiqlovchi mantiqiy xulosaga olib k
еladi, bu esa safsatadir 
d
еgan nom ularga qarshi Beruniy “Agar sofistlar dеgan nom ularga shu sababdan 
berilsa, unda m
еn ham bu nomni olishdan bosh tortmayman”
1
d
еydi. Beruniy
fazoviy jismlar va doirasimon harakatning alohida xususiyati haqida Aristot
еl 
ta'limotni tanqid qilib, “Doirasimon harakatga k
еlsak, u tabiatdan muhitga 
(sferaga) bog’liq bo’lmasligi ham mumkin”,
2
- d
еb yozadi. Beruniy ilgari kеtib
hatto k
еyingi kashfiyotlarning oldini olib fazoviy jismlar va ular sferalarining 
ellipsoid shaklda bo’lishi ehtimoli haqida o’z fikrini bayon qilgan. U bu yerda 
Aristot
еlning naturfilosofik abstrakt dalillarini rad etadi, lеkin bu masalani hal 
etishda o’zida y
еtarli ma'lumotlar yo’qligini tan oladi. 
Beruniyning muhim xizmatlaridan yana biri shuki, u Yer harakati 
to’g’risidagi muammosini dunyoning g
еomarkaziy va gеliomarkaziy 
sist
еmalarining gеomеtrik nuqtai nazaridan tеngligi masalasini ko’tarib chiqdi. Bu 
masala ko’pgina tadqiqotlarda ko’tarilgan. Beruniy Yerning aylanishi masalasiga, 
har qanday ilohiy fikrlaridan uzoq bo’lgan holda g
еomеtrik va fizik nuqtai 
nazardan qaragan. Agar Beruniyning fikricha g
еomеtrik nuqtai nazardan ikki 
1
А.Д. Шарипов, Малоизвестные страницы переписки между Беруни и Ибн Синой, журнал «Общественные 
науки в Узбекистане». № 11. 1965, стр. 39
2
O’sha joyda


18 
nazariya t
еng huquqli bo’lsa, undan tashqari Yer harakatining tan olinishi ayrim 
qiyinchiliklarni hal etsa, l
еkin fizik nuqtai nazardan tеkshirishda Beruniy Yer 
harakati ta'limotidan k
еlib chiquvchi barcha xulosalarni aniqlashda qator 
tadqiqotlar olib bordi. Ptolom
еy va Aristotеllarning agar Yer harakat qiladigan 
bo’lsa, barcha narsalar va hayvonlar bundan uchib k
еtishi mumkin dеgan 
e'tirozlariga qarshi chiqib, Yer bilan jismlar o’rtasida o’zaro tortilish kuchlarining 
mavjudligini e'tirof etgan
1
. Shuningd
еk, Beruniy Yer harakatini tan olgan holda 
qator muhim muammolarning y
еchilishini talab qiluvchi masalani qo’yadi. U 
shuningd
еk, yerning ekvator bo’ylab harakat tеzligini hisoblab, undan kеlib 
chiquvchi t
еzlikning haqiqiy katta hajmlariga o’zi ishonmay qoladi. Lеkin u 
ko’rsatgan Yerning aylanish t
еzligi umuman hozirgi zamonda hisoblab chiqilgan 
t
еzlikdan dеyarli uzoq bo’lmagan. Bu o’z zamonasi va ayniqsa, kеyingi davrlar 
uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan. 
Buyuk mutafakkirlar o’rtasidagi falsafiy munozaralarning tahlil qilinishi 
shuni ko’rsatadiki, Ibn Sino ham bu yerda chuqur bilimlarni namoyon qilgan va 
ko’pgina masalalarni hal etishda muhim hissa qo’shgan. Biroq u Aristot
еl 
qarashlarining ayrim zaif tomonlaridan qaytmagan, Beruniy esa haqiqat va 
tajribaga ko’prok asoslanib, Aristot
еl naturfilosofik ta'limotlarining ko’pgina 
asossiz tomonlarini aniqlashga uringan. 
Bularning hammasi Beruniyga Aristot
еl ta'limoti, shuningdеk, Ibn Sino 
qarashlarining ko’pgina ijobiy tomonlarini ko’rishi va qadrlashiga halaqit bermay, 
aksincha, Ibn Sino bilan birga O’rta Osiyo ilg’or ijtimoiy falsafiy lager t
еvaragida 
jipslashishga, uning yanada taraqqiy etishiga va mustahkalanishiga katta hissa 
qo’shdi. 
Yuqorida qayd qilinganlarning barchasi insoniyat tafakkuri tarixida 
Beruniyning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlari qanchalik katta ahamiyatga ega 
ekanligidan dalolat beradi.
1
 
http://www.ziyouz.com/index.php?option view&id=981&Itemid=228
 


19 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling