O’zb еkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana30.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1414205
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8431e2c534d14c95371d4759d9f78060 Abu rayhon beruniyning fan va texnika tarixidagi o’rni




 
O’ZB
ЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI 
ОLIY VА O’RTА MАХSUS TА’LIM VАZIRLIGI 
 
АLISHЕR NАVОIY NОMIDАGI 
S
АMАRQАND DАVLАT UNIVЕRSITЕTI 
 
Qo’lyozm
а huquqidа 
UDK 
 
QORABOYEV SUHROB MUSTAFAQULOVICH 
 
 
АBU RAYHON BERUNIYNING FAN VA TEXNIKA TARIXIDAGI O’RNI 
 
 
5
А 220204 – Tаriхnаvislik, mаnbаshunоslik vа tаriхiy tаdqiqоt usullаri 
mut
ахаssisligi 
 
M
аgistr
аkаdеmik dаrаjаsini оlish uchun yozilgаn dissеrtаsiya 
 
 
 
 
 
Ish ko’rib chiqildi v
а himоyagа ruхsаt
Ilmiy r
арbаr:
b
еrildi 
 
 
 
 
 
 
d
оs. Ilаlоv I.N. 
«T
аriхshunоslik vа mаnbаshunоslik» 
 
__________________ 
K
аfеdrаsi mudiri 
Pr
оf. Sаidоv I.M.______________ 
 
M.O’. 
S
АMАRQАND - 2012 
 



Mundarija 
 



KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi. Qadimgi ajdodlarimiz butun olam doimiy harakatda 
bo’lishi va har jismu jonzotning shu harakatga monand, uyg’un holda yashashi 
tabiiy qonuniyat ekanligini tasavvur etolmaganlar. Qur’oni Karim esa harakat –
olamning yashash tarzi ekanidan dalolat beradi. 
Bizningcha, o’rta asr Movaraunnahr olimlarining ilmdagi mislsiz 
kashfiyotlarida aqlbovar qilmaydigan sir-asror yo’q edi. Ular Quroni Karimda zikr 
etilgan mo’jizalarning hayotiy tasdig’ini dalillab ketdilar xolos. Sharqning buyuk 
mutafakkiri Abu Rayhon Beruniyning ilmiy yangiliklari misolida ana shu narsaga 
yana bir marta ishonch hosil qilamiz. Abu Rayhon Beruniy “Yer yumaloq 
bo’lmaganida odamlar yashaydigan joylar kenglamasi jo’g’rofiy mintaqalarga 
ajralmas edi, yozu-qishda kecha bilan kunduz davomiyligi o’zgarmas edi, 
yoritgichlarning (ufqqa nisbatan) vaziyatlari va sutkalik yo’llari hozirgidek 
ko’rinishda bo’lmas edi”
1
deydi. 
Mustaqillika erishganimizdan keyin xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati, 
qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. 
Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini nasl-nasabi, o’zi tug’ilib voyaga 
yetgan qishloq, shahar, xullaski, Vataning tarixini bilishni istaydi. 
Hozirgi O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz
nafaqat sharq, balki, umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini butun 
jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar fozilu- 
fuzalolar, olimu- ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar, yetishib chiqan.
Ana shunday allomalardan biri buyuk vatandoshimiz Abu Rayhon 
Beruniydir. Beruniyni yer yuzidagi barcha mamlakatlar aholisi buyuk ensiklopedist 
olim sifatida yaxshi bilishadi. U qomusiy olim sifatida tarix, falsafa, astronomiya, 
geografiya, tibbiyot, matematika, astrologiya, fizika, adabiyot kabi fanlarni 
mukammal o’rgandi va ilmiy izlanishlar olib bordi. Bundan ming yillar avval 
yaratilgan ushbu fan sohalariga oid asarlar hali-hanuz o’z ahamiyatini yo’qotgani 
yo’q. 
1
Ватанпарвар. 2006 й., 24-феврал. № 8, 1 ва 7-бет 



Muhtaram Prezidentimiz , “Jamiyat taraqiyyotining asosi, uni muqarrar 
halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch- ma’rifatidir” deb ta’kidlagan edi
1

“Beruniy turli fan sohalariga qo’shgan hissasini 150 dan ortiq asarlaridan 
ham ko’rish mumkin. Ulardan eng yiriklari “Hindiston”, “O’tmish xalqlaridan 
qolgan yodgorliklar”, “Qonuni Mas’udiy”, “Geodeziya”, “Mineralogiya”, 
“Astranomiya” kabi asarlaridir. Qolganlarini quyidagicha taqsimlash mumkin: 
Matematikaga oid 22 ta , astranomik asboblar haqida 10 ta, astralogiyaga oid 21 ta,
turli fanlar ( fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va boshqa) 38 ta. Turli tillardan
tarjima qilingan asarlar 21 ta. Afsuski, Beruniyning bu asarlaridan 30 ga yaqini 
bugungi kunga qadar yetib kelgan”
2

U yashagan davr bizdan qanchalik uzoq bo’lishiga qaramasdan u go’yo 
bizning zamondoshimizga o’xshaydi. Chunki undagi geniylik tabiati, ilmiy 
tadqiqot ishlarida qo’llagan usullari bizga yaqqol ko’rinadi. U yuqorida 
ta’kidlaganimizdek matematik, astranom, geograf, tarixchi, sayohatchi, tilshunos, 
olim shoir va faylasuf edi. Uning asarlari chuqur falsafiy zavq bilan yozilgan 
bo’lib, ulardagi ilmiy masalarning matematik tomondan qarab tekshirilganligi 
yaqqol ko’rinib turadi. Agar Beruniyning tarjimai holiga doir bizgacha yetib 
kelgan manbalarni qator qo’yib, ular ichida eng ishonchlilarini, beradigan 
ma’lumoti jihatidan mukammalroqlarini ajratish kerak bo’lganda, shubhasiz 
olimning o’z asarlarini tanlagan bo’lar edik. Beruniy asarlari – uning jahon fani 
oldidagi buyuk rolini yaqqol ko’rsatuvchi bamisoli muazzam bir haykaldir. 
Ushbu asarlar bizga qomusiy bilimlar sohibi - Beruniyning ilmiy qarashlari, 
jahonshumul ahamiyatga ega bo’lgan kashfiyotlari, tevarak-atrofga, voqea- 
hodisalarga, bir so’z bilan aytganda, tabiatga diniy nuqtai –nazardan qarash 
mutlaqo hukmron bir paytda ko’rsatgan buyuk shijotlari, dunyoqarashlari,
mamlakat siyosiy hayotidagi ishtiroki, shaxsiy hislatlari va h.k. lar haqida 
tasuvvur hosil qilishimizga imkon beradi. Shu bilan birga, ulardagi olimning 
tarjimai holiga doir tarqoq ma’lumotlarni sinchiklab o’rganish Beruniyning hayoti 
1
И. А Каримов. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Тошкент, Шарқ, 1998. 7-б. 
2
П.Г. Булгаков. Абу Райҳон Беруний.Тошкент. Фан .1966, 6-бет. 



va faoliyatining asosiy bosqichlaridangina emas, balki bir qator muhim
detallarni ham aniqlashga imkon beradi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling