O’zb еkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
8431e2c534d14c95371d4759d9f78060 Abu rayhon beruniyning fan va texnika tarixidagi o’rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- АMАRQАND DАVLАT UNIVЕRSITЕTI Qo’lyozm а huquqidа UDK QORABOYEV SUHROB MUSTAFAQULOVICH
- А 220204 – Tаriхnаvislik, mаnbаshunоslik vа tаriхiy tаdqiqоt usullаri mut ахаssisligi M аgistr
3 O’ZB ЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА O’RTА MАХSUS TА’LIM VАZIRLIGI АLISHЕR NАVОIY NОMIDАGI S АMАRQАND DАVLАT UNIVЕRSITЕTI Qo’lyozm а huquqidа UDK QORABOYEV SUHROB MUSTAFAQULOVICH АBU RAYHON BERUNIYNING FAN VA TEXNIKA TARIXIDAGI O’RNI 5 А 220204 – Tаriхnаvislik, mаnbаshunоslik vа tаriхiy tаdqiqоt usullаri mut ахаssisligi M аgistr аkаdеmik dаrаjаsini оlish uchun yozilgаn dissеrtаsiya Ish ko’rib chiqildi v а himоyagа ruхsаt Ilmiy r арbаr: b еrildi d оs. Ilаlоv I.N. «T аriхshunоslik vа mаnbаshunоslik» __________________ K аfеdrаsi mudiri Pr оf. Sаidоv I.M.______________ M.O’. S АMАRQАND - 2012 4 Mundarija 5 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Qadimgi ajdodlarimiz butun olam doimiy harakatda bo’lishi va har jismu jonzotning shu harakatga monand, uyg’un holda yashashi tabiiy qonuniyat ekanligini tasavvur etolmaganlar. Qur’oni Karim esa harakat – olamning yashash tarzi ekanidan dalolat beradi. Bizningcha, o’rta asr Movaraunnahr olimlarining ilmdagi mislsiz kashfiyotlarida aqlbovar qilmaydigan sir-asror yo’q edi. Ular Quroni Karimda zikr etilgan mo’jizalarning hayotiy tasdig’ini dalillab ketdilar xolos. Sharqning buyuk mutafakkiri Abu Rayhon Beruniyning ilmiy yangiliklari misolida ana shu narsaga yana bir marta ishonch hosil qilamiz. Abu Rayhon Beruniy “Yer yumaloq bo’lmaganida odamlar yashaydigan joylar kenglamasi jo’g’rofiy mintaqalarga ajralmas edi, yozu-qishda kecha bilan kunduz davomiyligi o’zgarmas edi, yoritgichlarning (ufqqa nisbatan) vaziyatlari va sutkalik yo’llari hozirgidek ko’rinishda bo’lmas edi” 1 deydi. Mustaqillika erishganimizdan keyin xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini nasl-nasabi, o’zi tug’ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski, Vataning tarixini bilishni istaydi. Hozirgi O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat sharq, balki, umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar fozilu- fuzalolar, olimu- ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar, yetishib chiqan. Ana shunday allomalardan biri buyuk vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniydir. Beruniyni yer yuzidagi barcha mamlakatlar aholisi buyuk ensiklopedist olim sifatida yaxshi bilishadi. U qomusiy olim sifatida tarix, falsafa, astronomiya, geografiya, tibbiyot, matematika, astrologiya, fizika, adabiyot kabi fanlarni mukammal o’rgandi va ilmiy izlanishlar olib bordi. Bundan ming yillar avval yaratilgan ushbu fan sohalariga oid asarlar hali-hanuz o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. 1 Ватанпарвар. 2006 й., 24-феврал. № 8, 1 ва 7-бет 6 Muhtaram Prezidentimiz , “Jamiyat taraqiyyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch- ma’rifatidir” deb ta’kidlagan edi 1 . “Beruniy turli fan sohalariga qo’shgan hissasini 150 dan ortiq asarlaridan ham ko’rish mumkin. Ulardan eng yiriklari “Hindiston”, “O’tmish xalqlaridan qolgan yodgorliklar”, “Qonuni Mas’udiy”, “Geodeziya”, “Mineralogiya”, “Astranomiya” kabi asarlaridir. Qolganlarini quyidagicha taqsimlash mumkin: Matematikaga oid 22 ta , astranomik asboblar haqida 10 ta, astralogiyaga oid 21 ta, turli fanlar ( fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va boshqa) 38 ta. Turli tillardan tarjima qilingan asarlar 21 ta. Afsuski, Beruniyning bu asarlaridan 30 ga yaqini bugungi kunga qadar yetib kelgan” 2 . U yashagan davr bizdan qanchalik uzoq bo’lishiga qaramasdan u go’yo bizning zamondoshimizga o’xshaydi. Chunki undagi geniylik tabiati, ilmiy tadqiqot ishlarida qo’llagan usullari bizga yaqqol ko’rinadi. U yuqorida ta’kidlaganimizdek matematik, astranom, geograf, tarixchi, sayohatchi, tilshunos, olim shoir va faylasuf edi. Uning asarlari chuqur falsafiy zavq bilan yozilgan bo’lib, ulardagi ilmiy masalarning matematik tomondan qarab tekshirilganligi yaqqol ko’rinib turadi. Agar Beruniyning tarjimai holiga doir bizgacha yetib kelgan manbalarni qator qo’yib, ular ichida eng ishonchlilarini, beradigan ma’lumoti jihatidan mukammalroqlarini ajratish kerak bo’lganda, shubhasiz olimning o’z asarlarini tanlagan bo’lar edik. Beruniy asarlari – uning jahon fani oldidagi buyuk rolini yaqqol ko’rsatuvchi bamisoli muazzam bir haykaldir. Ushbu asarlar bizga qomusiy bilimlar sohibi - Beruniyning ilmiy qarashlari, jahonshumul ahamiyatga ega bo’lgan kashfiyotlari, tevarak-atrofga, voqea- hodisalarga, bir so’z bilan aytganda, tabiatga diniy nuqtai –nazardan qarash mutlaqo hukmron bir paytda ko’rsatgan buyuk shijotlari, dunyoqarashlari, mamlakat siyosiy hayotidagi ishtiroki, shaxsiy hislatlari va h.k. lar haqida tasuvvur hosil qilishimizga imkon beradi. Shu bilan birga, ulardagi olimning tarjimai holiga doir tarqoq ma’lumotlarni sinchiklab o’rganish Beruniyning hayoti 1 И. А Каримов. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Тошкент, Шарқ, 1998. 7-б. 2 П.Г. Булгаков. Абу Райҳон Беруний.Тошкент. Фан .1966, 6-бет. 7 va faoliyatining asosiy bosqichlaridangina emas, balki bir qator muhim detallarni ham aniqlashga imkon beradi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling