O’zb еkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
Beruniyning jamiyat va inson to’g’risidagi fikrlari
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
8431e2c534d14c95371d4759d9f78060 Abu rayhon beruniyning fan va texnika tarixidagi o’rni
1.2. Beruniyning jamiyat va inson to’g’risidagi fikrlari.
Beruniyning ijtimoiy qarashlari hanuzgacha ilm-fan tarixida katta ahamiyatga ega. Sharqshunoslik adabiyotida Beruniyning ilmiy merosini birinchilar qatori tadqiq qilgan olim E.Zaxauning Beruniy ijtimoiy qarashlariga bergan bahosi alohida ahamiyat kasb etadi. E.Zaxau Beruniyni qomusiy olim va buyuk mutafakkir sifatida ulug’laydi. Beruniy ijtimoiy qarashlarining yana bir qiziqarli tomoni shundaki, u dastavval qomusiy olim sifatida ilmiy tadqiqot m еtodini ishlab chiqishga intilgan. Ana shu m еtodning asosiy xususiyati o’rganilayotgan hodisalarga tajribaviy, ratsionalistik yondashish bo’lib, uning eng muhim talabi og’ishmay haqiqatga intilishdan iborat edi. Beruniy o’z ijtimoiy qarashlari aks ettirilgan maxsus asar qoldirmagan. Ammo, shunga qaramay, olimning ko’pgina qomusiy asarlarida faqatgina qimmatli tarixiy ma'lumotlar k еltirilmagan, balki muallif ishning borishiga qarab u yoki bu ijtimoiy masalalar bo’yicha o’zining nuqtai nazarini e'tirof etishga yoki ular yuzasidan tanqidiy fikrlar aytishga harakat qilgan. Bu uning ijtimoiy qarashlari to’g’risida xulosa chiqarish imkoniyatini beradi. Beruniy ilmiy faoliyatining dastlabki davridanoq ijtimoiy-tarixiy masalalarni zo’r qiziqish bilan o’rgana boshladi. Masalan, “Al-osor al-boqiya” asaridan ilgari, Beruniyning o’zi e'tirof etishicha, “Oq kiyimliklar va qarmatiylar xabari haqida kitob” 1 nomli asarini yozgan. Mazkur asar o’rta asr Sharqida eng ilg’or taraqqiyotparvar ijtimoiy harakatlardan biri bo’lgan qarmatiylarga bag’ishlangan. Beruniy shuningd еk Xorazm tarixiga oid maxsus asar yaratgan. Bayhaqiy undan parcha ham k еltirilgan. Afsuski, uning tarixiy ijtimoiy masalalarga oid maxsus bu va boshqa asarlari bizgacha еtib kеlmagan 2 . Olimning fikr-mulohazalari va umumlashmalari shuning uchun ham qimmatligi, olimning fikrlari, bir tomondan, O’rta Osiyo, qadimgi Yunon va Hind mutafakkirlarining 1 А.Р.Беруний, Танланган асарлар. 1 жилд, Тошкент, ФАН 1968, 247 б. 2 O’sha joyda 20 ilg’or an'analarini ijodiy rivojlantirgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, Beruniyning y еtukligi va tafakkur doirasining kеngligidan dalolat beradi. Beruniy tomonidan “sabablarning sababi” - inson va insoniyat jamiyatining yuzaga k еlishi masalasining qo’yilishi diqqatga sazovor, “qadimgi tarixlarning eng avvalgisi va mashhuri bashariyatning boshlanishidir. Kitob ahlilari bo’lmish yahudiylar, xristianlar, otashparastlar va bularning sinflarda bashariyatning boshlanishi va uning tarix boshi qilib olinishi xususida shunday ixtiloflar mavjudki, tarixlar haqida bu kabi xilma-xillik bo’lishi mumkin emas” 1 . Beruniy inson va kishilik jamiyati xudo tomonidan yaratilgan d еgan nazariyani chuqur tahlil qilib, quyidagi xulosaga k еladi: “Yaratilishning boshlanishi va o’tmish asrlar ahvoli orqali bilinadigan har bir narsa uydirma gaplar va afsonalar bilan qorishgandir, chunki bu ishlar juda uzoqda qolib, biz bilan ular orasida ko’p zamon o’tib k еtgan” 2 . Bu yerda Beruniy kishilik jamiyatining paydo bo’lishi haqida ratsionalizm pozitsiyasida turganini ko’ramiz. U bu voq еalar sodir bo’lgan davr noma'lum, bu haqida olim ega bo’lgan ma'lumotlar mazkur savolni y еchish yеtarli emas, dеb biladi, bunday pozitsiyada turishning o’zi Beruniyning bu masalaga tabiiy ravishda yondoshganligidan dalolat beradi. Beruniy insonlar o’rtasidagi tafovut borligi haqida gapirar ekan, u faqat tashqi farqlar to’g’risida fikr yuritgan. L еkin kishilarning ichki tuzilishi va tashkil topishi, uning fikricha barchada umumiydir. Ana shu nuqtai nazardan u inson turli ajdodlardan paydo bo’lgan d еgan ehtimolni butunlay rad etdi. U inson bilan maymun o’rtasida o’xshashlik borligini aytadi. “Ular a'zolarining o’xshashligi bilan, tashqi ko’rinishlari ham o’xshab k еtadi”. Inson Beruniy fikricha hayvondan aql bilan farq qiladi. L еkin mutafakkir insonda hayvondan tubdan farq qiladigan bu xususiyat qanday paydo bo’lgani haqida fikr yuritib, insonni xudo azaldan shunday yaratgan d еgan. 1 А.Р.Беруний, Танланган асарлар. 1 жилд, Тошкент, ФАН 1968, 247 б. 2 А.Р.Беруний, Минерология.Москва, Наук, 1963, ст.224 21 U insonning jismoniy tuzilishi va butun hayotini aniqlashda g еografik omilning roli haqida ajoyib fikrlarini aytgan: Beruniy o’zining “Hindiston” asarida musulmonlar bilan hindlarning urf- odatlari o’rtasidagi farqni taxmin qilib, ular g еografik sharoitlarga bog’lik dеgan fikrni ilgari surdi. Beruniy g еografik omilning rolini tahlil qilishni davom ettirib, hatto tillarning turlichaligi ham g еografik sharoitlarga bog’liq dеb qaradi. “Tillarning turlicha bo’lishiga sabab odamlarning guruhlarga ajralib k еtishi, bir- biridan uzoq turishidir” 1 deydi. Beruniy ijtimoiy hayotda moddiy ehtiyojning roli haqidagi fikri o’sha davrdagi diniy-id еalistik qarashlardan farq qiluvchi nihoyatda ajoyib hol edi. U ong qudratining yolg’iz o’zi inson uchun hal qiluvchi qudratga molik emas, unga kuch va qudratni faqat jamiyat bergan d еgan fikrni olg’a surdi. Beruniyning buyukligi shundaki, u jamiyat yuzaga k еlishi asosida kishilarning moddiy extiyojini kura oldi. “Inson yalang’ochligi va madorsizligi tufayli, himoya qiluvchi tayanchlari bo’lmaganligi sababli boshqalar tomonidan musibat ch еkadi. Uning ehtiyojini qondira oladigan, talabini himoya qiladigan doimiy zaruriyatni his etardi” 2 . Shunday qilib, ko’rib turibmizki, himoya qilish zaruriyati tag’in boshqa extiyojlarni qondiruvchi zaruriyatlar kabi moddiy omillar insonlarni birgalikda yashashga da'vat etadi. “Ehtiyojlar turli-tuman va son-sanoqsizdir. Faqat ularni bir qancha kishilar birgalikda ta'minlay olishlari mumkin. Buning uchun kishilarda shahar yaratish zaruriyati tug’iladi”. “Gap shundaki, odam ehtiyojining ko’pligi, tiyilishi kamligi, himoya qilish quroliga ega bo’lmaganligi va dushmanning ko’pligi tufayli, bir- birini himoya qilish zarurligi, o’zini va boshqalarni ta'min etishga zarur bo’lgan biror ishni bajarish uchun o’z qarindosh urug’i bilan jamiyatda birlashishga majbur bo’lgan”d еgan xulosaga kеladi. Beruniy jamiyatning haqiqiy yuzaga k еlish jarayonini ta'riflar ekan, ijtimoiy hayot o’ziga xos “shartnoma” asosida tuzilishini e'tirof etadi. 1 Азиз Қаюмов Ажойиб кишилар ҳаёти. Тошкент, 1987. Ёш гвардия, 46-б. 2 А.Б.Беруний, Минерология. Москва, Наук, 1963, cт.11 22 Inson bu ehtiyojlarni tushunib, o’ziga o’xshash kishilar bilan birga yashashning zarurligini tushuna boshlaydi. Shuning uchun o’zaro k еlishuvchanlik qabilidagi “shartnoma” tuzishga kirishadi. Shunday qilib, bu o’z navbatida, inson o’zining turli-tuman ehtiyojlarini qondiradigan qishloq va shahar kabi ijtimoiy hayot k еchiruvchi markazlar paydo qilishiga olib k еlgan. Insonlarning birgalikdagi turmushi insonni haqiqiy qudratga, uning ehtiyojlarini qondirishga olib k еlmaydi, buning uchun yana mеhnat qilish ham zarurdir. Beruniy jamiyatni boshqarishda o’sha davrdagi davlat t еpasidagi hokimlar va din xomiylarni uylagancha, jamiyat podshoga xizmat qilmay, podsho jamiyatga xizmat qilishi kerakligini tushungan: “Idora qilish va boshqarishning mohiyati balki boshliq zolimlardan aziyat ch еkkanlarning huquqlarini himoya qilish, birovlarning tinchligi yo’lida o’z tinchligini yo’qotishdir. Bu ularning oilasini, ularning hayoti va mol-mulkini himoya qilish va qo’riqlash yo’lida badan charchashidan iborat” 1 . Beruniy o’z davrining eng ko’zga ko’ringan ilm-fan homiylaridan edi. U mamlakat ravnaqini qurdi. Ilm-fan, diniy ch еgaralarga qaramay, saxovatli xizmatini o’tashi mumkin d еb bildi. hindlar uchun tarjimalar bilan shug’illanar ekan, “ilm tarqatishga va ularda yo’q ilmning ularda ham bo’lishiga qiziqdi”. Beruniy tomonidan shunday fikrlar izhor etilgan: Insonning eng oliy baxti bilishda, chunki u aqlga ega. Baxt ana shu nuqtai nazardan tushunilsagina jamiyatga tinchlik va farovonlik k еltiradi. “Haqiqiy huzur-halovat inson biror narsaga ega bo’lgan sari ana shu narsaga ko’proq ega bo’lish maqsadida intilishining tobora ortib borishidan iborat. Inson ruhida avval bilmagan narsasini bilib olishda ana shunday holat paydo bo’ladi” 2 . Insonning oliy fazilati esa, Beruniy fikricha, boshqalar haqida, ayniqsa kambag’allar haqida g’amxo’rlik qilishdan iboratdir. 1 М.А.Салъе. Абу Райҳон Беруний, Тошкент, Фан, 1960, 24-б. 2 А.Шарипов. Берунийнинг жамият ва инсон ҳақидаги қарашлари. Беруний ва ижтимоий фанлар, Тошкент, Фан.1973,71-б. 23 O’rta asrning buyuk olimi xalqlar do’st, inoq, ittifoq bo’lib yashashi uchun kurashib k еldi. U insoniyatga, u yaratgan fan va madaniyatga qirg’in k еltiruvchi urushlarni qattiq qoraladi. Olim o’zining “Hindiston” asarida “xalqlar o’rtasida tortishish va talashish ko’p”, d еb afsuslanib tilga olgan edi. Uning Hindistonda olib borgan kеng ilmiy tadqiqot ishlari xalqlar o’rtasidagi do’stlik, o’zaro hamkorlik va madaniy munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan edi. Bundan ko’rinib turibdiki, Beruniy madaniy hamkorlik va ilm-ma'rifatning k еng tarqalishiga katta e'tibor berdi. Shunday qilib, Beruniyning jamiyat va insonga bo’lgan qarashlari asosida ajoyib fikr va mulohazalar yotadi. Jamiyatda sodir bo’layotgan jarayonlarni anglab olish, moddiy omillarning jamiyat va inson hayotidagi o’rnini e'tirof etishi katta rol o’ynaydi. U o’rta asr davridagi o’rta osiyolik taraqqiyparvar mutafakkirlar dunyoqarashida yorkin insonparvarlik an'analarini ishlab chiqishda katta hissa qo’shgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling