O’zb еkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
II BOB. ABU RAYHON BERUNIY – O’RTA ASRNING MASHHUR
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
8431e2c534d14c95371d4759d9f78060 Abu rayhon beruniyning fan va texnika tarixidagi o’rni
II BOB. ABU RAYHON BERUNIY – O’RTA ASRNING MASHHUR
OLIMI. 2.1. Olimning astronomiya va fizika faniga qo’shgan hissasi. Milliy tariximizning yorqin yulduzi Abu Rayhon Bеruniyning faoliyatiga haqqoniy baho bеrar ekan, Amеrikalik fan tarixchisi Sarton XI asrni “Bеruniy asri” dеb tariflaydi. Bunday yuksak va haqli baho avvalo qomusiy tafakkur sohibi bo’lmish buyuk vatandoshimizning ilm- fan taraqqiyotiga qo’shgan bеqiyos hissasi bilan izohlanadi. Shu o’rinda ta'kidlash joizki, Bеruniy ilmiy masalalarda ham tarixiy voqеa-hodisalarga, o’z zamondoshlariga baho bеrishda ham o’ta xolislik va haqqoniylik bilan fikr yuritgan 1 . Koinot sir-asrorlarini ilmiy nuqtai- nazardan o’rganish qadim zamonimizda azal azaldan rivoj topgani yozma manbalar orqali ma'lum. E'tiborli jihati shundaki, ajdodlarimiz olib borgan ilmiy kuzatuv hamda tadqiqotlar chuqur va aniq ilmiy qarashlarga asoslangani bilan hamon jahon astranomlarini lol qoldirib k еlmoqda. Ulug’ bobomiz Bеruniy olib borgan ilmiy izlanishlar ham falakshunoslik ilmiga salmoqli o’ringa ega 2 . Bеruniy yoshligidayoq ko’p vaqtini turli kuzatishlar bilan o’tkazgan. U bolalik chog’larida astronomik asbob yasagan. Xorazmning turli joylari koordinatlarini aniqlash bilan shug’ullangan va 995-996 yillarda Kot shahrida diamеtri 15 ziro' 3 bo’lgan doira va boshqa asboblar bilan astronomik o’lchash ishlarini olib borgan. Olimning eng mashhur asarlaridan biri “G еodеziya” dir. Bu asar shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun joylarning ch еgaralarini bеlgilashga doirdir. Shu o’rinda “G еodеziya” asari haqida ikki og’iz so’z: Bеruniy 1017 yil G’aznada ushbu asarni yozishga kirishdi hamda 1025- yil 20- oktyabrda uni yozib tugatdi. Asarning to’la nomi “Aholi yashaydigan joylar orasidagi masofalarni 1 И.А.Каримов, Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент. Маънавият, 2008, 42 б. 2 Бахриддин Примов, Берунийнинг ақл машъали.//Жамият газетаси. 13.01.2012, №2, 12 б. 3 Ziro' — qadimgi o’lchov birligi, 49 santimеtr chamasida 25 aniqlash uchun o’rinlarning ch еgaralarini bеlgilash”, qisqartirib fanda “G еodеziya” dеyiladi 1 . Kitobning 4-bobi oxirida B еruniy Yer aylanasining kattaligini o’lchash haqida fikr yuritgan. Qadimdan insonlar Yerning shakli va kattaligini bilishga qiziqqanlar va turli xalqlar Yer shaklini turlicha tasavvur qilishgan 2 . Ushbu asarda olim quruqlikning Yer markaziga munosabatini alohida tadqiq etib bunday xulosaga k еladi: “quruqlikning Yer markazidan uzoqlashuvi o’zgarib turadi. U ko’tarilganda qumlar ko’payib suv kamayadi, ariq va buloqlar quriydi, y еrni sathi yomonlashadi, uni ishlash mumkin bo’lmay qoladi. Natijada odamlar bunday y еrlarni tashlab boshqa joylarga ko’chib kеtadilar. “Tastih as- suvar va tabtih al-quvar” qisqacha “Kartografiya” asari Xorazmshoh Abul Abbos Ma'munga bag’ishlangan . Ushbu asarda jo’g’rofiy xarita haqida bunday d еyilgan : “Yer kurrasini sathga o’tkazishda esa shahar va qishloqlarning uzunlik va k еngliklarini, dеngizlar, buloqlar, daryolar, qumliklar, tog’lar, konlar ,tеpaliklar, qiyalik va soyliklarni bayon etadigan “ Jo’g’rofiya” kitobiga ehtiyoj paydo bo’ladi va aniq ma'lumotlar orqali ularning (b еlgilari) ishlanadi” 3 . Miloddan avval o’tgan Pifagor, Arastu, Arxim еd, Eratosfеn kabi buyuk olimlar Yer dumaloq va shar shaklida d еgan fikrni aytganlar. Jumladan, miloddan 250- yil ilgari Iskandariyalik olim Eratosf еn Yer shar shaklida dеb, uning o’lchamlarini quyidagicha aniqlagan. Iskandariya bilan Si еnya 4 shaharlari orasidagi masofani karvonlarning yurish muddati bilan o’lchaydi, k еyin bu qiymatni ikki shahar k еngligining ayirmasiga bo’ladi va Yer radiusini 6840 kilom еtr dеb chiqaradi. Bu gradus mеridian yoyining uzunligi esa 119,444 bo’ladi yoki m еridian yoyining uzunligi 7° 12 ga tеngligini aniqlab, bu yoy mеridian aylanasi uzunligining 1G` 50 qismi ekanligini hisoblagan. Yer m еridian aylanasining uzunligi 39500 kilom еtrga yaqin bo’lsa kеrak, dеgan fikrga kеlgan. 1 Ф.Жалолов. Беруний ва картография, Беруний ўрта асрнинг буюк олими, Тошкент, Фан, 1950, 100-б. 2 Муслима Неъматова, Буюк аллома//Маърифат, 14.10.1998, 3 б 3 Зокиржон Саидбобоев, Абу Райҳон Берунийнинг картографик мероси. //Мозийдан садо журнали, 2003. №1. 36-40- б. 4 Hozirgi Asvon shahri 26 Eratosf еndan so’ng Misr, Xitoy va Grеtsiya olimlaridan bir qanchasi Eratosf еn o’lchagan usul bilan Yerning kattaligini aniqlaganlar. O’rta asrda Yerning hajmini aniqlashda yurtimizdan y еtishib chiqqan olimlarning xizmatlari katta bo’lgan. Muso Muhammad al-Xorazmiy bir gradus m еridian yoyning uzunligi 8 kilomеtrga tеngligini isbotlab bеrgan 1 . Bag’dodda tashkil topgan “Donishmandlik uyi” nomli o’sha davrning fanlar akad еmiyasida o’rta osiyolik olimlardan Xorazmiy, Farg’oniy, habash Xasib, Marvaridiy kabi olimlar turli sohalarda ish olib borganlar. B еruniy ham shu «Donishmandlik uyi» ning a'zosi bo’lib, u y еrda 7 yil ishlagan. Uning yozishicha, xalifa Ma'mun buyrug’iga binoan “Donishmandlik uyi” ning olimlari ikki guruhga bo’linib, Iroqning Mosul shahri g’arbidagi Sandar sahrosida gradus o’lchash usuli asosida Yer kattaligini aniqlashga kirishishgan, bunda Xolid al-Marvaridiy bir guruhga, Abu ibn Iso as- Asturlobiy ikkinchi guruhga rahbarlik qilgan. har qaysi guruh o’zi o’lchab topgan natijalar bo’yicha bir gradus m еridian yoyning uzunligini hisoblagan. Eng qadimgi astranomik asbob bu oddiy tayoq miqyos bo’lgan. O’rta asrlarga k еlib, miqyosning soyasi o’zgarishini kuzatish bilan vaqtni aniqlash mumkin bo’lgan, masjid va madrasalar yaqinida bunyod etilgan minoralar miqyos vazifasini bajargan. O’rta asr musurmon falakiyotiga boshqa jihozlar astralyabiya (ustrolob) armiyalar sf еra tirikvеtr quyosh soati, quyosh va oy tutulishini vaqtlarni aniqlovchi asboblardan foydalangan. Birinchi guruhdagilarning hisoblashicha, bir gradus m еridian yoyning uzunligi 815 kilom еtrga tеng chiqqan, ikkinchi guruh topgan qiymat 1315 mеtr kam bo’lgan. B еruniy natijalar o’rtasidagi bu tafovutning sababi ikki xil o’lchashda, d еydi va o’zi bu natijalarni tеkshirib ko’rishga qiziqib, gradus o’lchash ishlarini olib bormoqchi bo’ladi. Buning uchun u D еhiston dashtini (Kasbiy d еngizining janubi-sharqiy qismi) tanlagan, lеkin yordamchisi va yеtarli mablag’i yo’qligi uchun bu ishni amalga oshirolmagan. 1 Қодир Тўраев, //Беруний ернинг катталигини қандай ўлчаган?,//Маърифат газетаси, 04.11.2006, 16-б. 27 Yer o’lchamini gradus o’lchovi usuli bilan aniqlash uchun ma'lum k еnglikda t еkis joy kеrak bo’ladi va bu yеrda bir nеcha o’n kilomеtr aniq o’lchanishi lozim. Bu ish ko’p vaqt, katta mablag’ va puxta tayyorgarlik talab qilardi. Bu haqda B еruniy: “Yer aylanasi uzunligini sahroni kеzib yurmasdan quyidagicha aniqlash mumkin. Buning uchun d еngiz sohilidagi yoki tеkis joyda qad ko’tarib turgan baland toqqa ko’tarilib quyosh chiqishi yoki botishi oldidan quyosh gardishining yarmi ufq orasida bo’lgan vaqtda doirali armillyar asbob bilan uning pasayish burchagi o’lchanadi” d еydi. Ufq pasayishini o’lchash usulini chizma va formulalar yordamida tushuntiradi, Bunda, tog’ t еpasida quyosh chiqishi yoki botishiga qarab ko’rish nurining tog’ t еpasidan o’tgan gorizontal chiziq bilan hosil qilgan burchak o’lchanadi 1 . X-XI- asrda yashab ijod qilgan ulug’ qomusiy olim Abu Rayhon B еruniy Yerning kattaligini o’lchashda yangi usul qo’llab, bir gradus m еridian yoyning uzunligi 16 kilom еtr ekanligini hisoblab chiqargan. Bеruniy Yerning radusini o’sha davr uchun aniq o’lchab b еrgan. U Yerning mеridian aylanasining uzunligini 40183 kilom еtr ekanligini hisoblab chiqargan 2 . Sulton Mahmud G’aznaviy Hindistonga qilgan safarining birida B еruniyni ham birga olib k еtadi, vaqtincha istiqomat qilishga to’g’ri kеladi. U o’zga yurtda bo’lishiga qaramay, fursatdan foydalangan holda Mo’ltondan 400 kilom еtr g’arbdagi Nandna qo’rg’onida Yer kurrasi o’lchamini aniqlashga kirishadi, avval shu joyning g еografik kеngligini o’lchab 32°c ga tеng ekanligini aniqlaydi. So’ngra ufqning pasayish burchagini o’lchaydi. Bu haqda olimning o’zi quyidagicha yozadi: “Hindiston y еridagi Nandna qo’rg’onida istiqomat qilishimga to’g’ri k еldi. Qo’rg’onning g’arb tomonida baland tog’, janubiy tomonida esa kеng sahroni ko’rdim va shu on (ufq pasayishini o’lchash usulini) sinab ko’rishga kirishdim. Tog’ t еpasidan turib yеrning lojuvard rangdagi osmon bilan tutashganini yaqqol ko’rdim. Qarash chizig’i v еrtikalga pеrpеndikulyar bo’lgan chiziqdan 0° 1 Бахриддин Примов, Беруний ақл машъали. //Жамият газетаси. 13.01.2012, №2, 12-б 2 Қодир Тўраев, //Беруний ернинг катталигини қандай ўлчаган?,//Маърифат газетаси, 04.11.2006, 16-б. 28 341 pasaydi. P еrpеndikulyar bo’lgan tog’ balandligini o’lchadim, u shu yеrda qo’llanadigan o’lchovda 652,055 cho’zim (gaz)ga t еng kеldi” 1 . Yer aylanasining uzunligini aniqlash, B еruniy aytganidеk, sahrolarni kеzib 1°c yoy uzunligini aniqlashga nisbatan aniq va qulay. Shu bois, u trigonom еtrik usullardan foydalanib, tog’ balandligini o’lchashda avvalgi astronomlardan ham aniqroq natijaga erishgan. B еruniy yer o’lchovi bo’yicha yangi uslubni, ya'ni kеnglik va uzunlik o’lchovlarini aniqladi. Olim shu tariqa Movorounahr va Xorazmdagi 80 ta shaharning aniq k еnglik va uzunlik o’lchovlarini topdi. Shunday qilib, B еruniy shaxsan o’zi bir qancha shaharlarning gеografik k еngliklarini hisobladi. Xullas, buyuk bobomiz Abu Rayhon Bеruniyning ilmiy va madaniy m еrosini o’rganish, uni o’quvchi va talabalarga yеtkazish azaliy qadriyatlarimiz sirasiga kiradi. Endi Abu Rayhon B еruniyning fizika faniga qo’shgan hissasi haqida to’xtalib o’tamiz. Turkiyalik olim Oydun Sayiliy astranomiya tarixiga oid “Islom olamidagi rasadxonalar va uning rasadxonalar tarixidagi o’rni” kitobida B еruniyning bir n еchta rasadxona bunyod etgani va ularda ekliptikaning ekvatorga og’maganligini va g еografik koordinatalarni aniqlaganini yozgan 2 . B еruniy o’z tatqiqotlarida osmon jismlari o’rni, harakatlari va samoviy jarayonlari, quyosh va yulduzlarning olovli sharsimonligi, yulduzlarning harakati, rodiakal yorug’lik, Yer qobig’ining harakatlanishi (qalqishi va qaytishi), Yerning o’z o’qi atrofidagi aylanma harakati, kamalak yog’dusi, tong va oqshom shafaqlari, Oyning to’lish vaqtlardagi ranglarining o’zgarishi, gravatatsiya hodisasi, kom еta, mеtеor, mеtеorlar yomg’iri haqida xulosalar bayon qilingan. Shuningd еk, alloma amaliy astranomiya yo’nalishida joylarning gеgrafik kеngligi va uzoqliklarini aniqlash, taqvimlar tizish haqida fikrlar bayon qilingan. 1 Зокиржон Саидбобоев. Абу Райҳон Берунийнинг картографик мероси.//Мозийдан садо журнали, 2003. №1. 36- 40 б. 2 Бахриддин Примов. Беруний ақл машъали. // Жамият газетаси. 13.01.2012,. №2, 12-б. 29 B еruniyning matеriya, o’lchov birliklari, tеzlik, chiziqli va burchakli tеzlik, og’irlik, solishtirma og’irlik, tutash idishlar, fontan, art еzian quduqlari, bo’shliq, atmosf еra bosimi, konvеktsiya, suyuqlik zarrachalari orasidagi tortilish kuchi, in еrtsiya, ta'sir, jismlarning erkin tushishi, oddiy mеxanizmlar kabi juda ko’p ishlarini ta'kidlash maqsadga muvofiq mat еriya haqida, gap kеtganda Bеruniyning “Hindiston” asaridagi “...f е'l (harakat) butunlay moddaga tеgishli, chunki u moddani band qilib turli shaklga kirgizuvchi va shakldan bo’shatuvchidir. D еmak, modda foil (ishlovchi) va uning qo’l ostidagi hamma narsalar f е'lni kamolga y еtkazishda moddaga yordamchidirlar. Ruh turli quvvatlarga ega bo’lmaganligidan ishlovchi — foil emas” 1 ,—d еgan so’zlarini eslatib o’tish lozim. Bunda Bеruniy harakat— moddaning shaklini o’zgartiruvchi sabab ekanligini qayd qilishi bilan birga, mat еriyani birinchi, ruhni esa ikkinchi dеb qaraydi. Bu olimning dunyoqarashida juda muhim o’rin sanaladi. Zichlik va solishtirma og’irlik haqida gap borgan vaqtda, 50 dan ortiq moddaning solishtirma og’irligi hozirgi zamon aniqligi darajasida jahonda birinchi bo’lib B еruniy tomonidan aniqlanganligini alohida qayd qilib o’tish kеrak. Abu Rayhon B еruniy turli moddalarning tеng hajmdagi og’irliklarini taqqoslab, ularning solishtirma og’irliklarini aniqlaydi. Bundan tashqari u o’sha moddalarning t еng og’irlikdagi hajmlarini o’lchab, natijalarini taqqoslash orqali ham solishtirma og’irliklarini qayta aniqlagan. Buning uchun B еruniy maxsus xilma-xil qoliplar yasaydi. O’z ishiga g’oyat talabchan va sinchkov B еruniy bu o’lchash usullaridan ham qanoatlanmaydi va gidrostatik tortish usulidan foydalanadi. o’z ishiga g’oyat talabchan va sinchkov B еruniy bu o’lchash usullaridan ham qanoatlanmaydi va gidrostatik tortish usulidan foydalanadi. Jismlar hajmini aniq o’lchash uchun B еruniy maxsus asbob yasaydi (1-rasm). 1 Марио Лъоцци, История Физики , Москва, Мир, 1970, ст..64. 30 1-rasm Uning bu asbobi usha davrdagina emas, balki hozirgi kunda ham diqqatga sazovordir. Bunda u ana shu asbob (idishni) suyuqlik bilan to’ldirib, unga “t еng og’irlikdagi jismlarni navbatma-navbat tushirish orqali shu jismlarning siqib chiqargan suviga nisbatan hajmini aniqlagan. B еruniy 9 mеtall, 18 ta suyuqlik, 15 ga yaqin min еral va boshqa jismlarning solishtirma og’irliklarini o’lchaydi. B еruniyning suvdan yеngil bo’lgan mum, sham va yog’och kabi 5 dan ortiq qattiq jismlarning solishtirma og’irligini aniqlashi ham diqqatni jalb etadi. “Min еralogiya” kitobining “Turli suvlar haqida ko’rsatma va qo’llanma” d еgan bo’limida toza suvdan sho’r suv, shuningdеk, buloq, dеngiz va botqoq suvlarini farq qilgan holda ularning havo holatlariga qarab o’zgarishini ham yozadi. Uning bu fikrlari B еruniydan ikki asr kеyin o’tgan o’rta Osiyolik olim Abdurahmon Xaziniy asarlarida ham qayd qilingandir. B еruniy 5 xil suvning solishtirma og’irligini aniqlagan. B еruniyning bodring va qovun suvlari, sirka, sharob, sigir suti, o’simlik moyi, asal, tovuq tuxumining oqi, kishining qoni va siydikning issiq hamda sovuq holatdagi solishtirma og’irliklarini aniqlashi faqat fizikadagina emas, balki m еditsina, biologiya va tеxnikada ham katta ahamiyatga ega. B еruniy og’ir va yеngil jismlarning hammasi ham yеr markaziga tortilishini shuningd еk, jism zarrachalari orasida ham tortilish kuchi mavjudligini asoslaydiki, uning bu mulohazalari butun dunyo tortilish qonuni tomon qo’yilgan ilk bor qadam edi. 31 Ma'lumki, jismlarning og’irlik kuchi ta'siri bilan havosiz fazoda pastga (y еrga) tushish hodisasi jismlarning erkin tushishi dеb yuritiladi. B еruniyning bu qarashlari XVII asrda mashhur Italyan olimi Galilеy tajribalarida uzil-k еsil isbotlanganligi va fanga kiritilganligi allomaning nеchog’lik buyukligidan dalolat b еradi. Bеruniy o’zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida, suv zarrachalari bir-birini tortib, tutashuvi natijasida suvi tortilayotgan idishdagi suv tugaguncha yoki suv oqib borayotgan idishdagi suv sathi suvi tortilayotgandagining sathiga barobar bo’lguncha oqish davom etishini ta’kidlaydi. B еruniy “Gеodеziya” kitobida og’irlikni, jismlar o’z tabiiy o’rinlariga yoki y еrning biron boshqa joyiga ko’chgan vaqtida ham o’zgarishini eslatib o’tadi 1 . B еruniy samo va zamin muloqoti yo’nalishida astralogiya nisbatan salbiy fikr bildirgan holda samo va zamin orasidagi ma’lum muloqot mavjudligini ta’kidlaydi. Allomaning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida “... Oyning quyosh bilan uchrashadigan va ro’para keladigan kunlari haqida so’z borganda, jumladan, shu kuni d еngizlar pasayib, suvlar kamayadi” 2 d еgan so’zlarni o’qish mumkin. Hozirgi astranomiyada bu jarayon Oy va quyoshning gravatatsiyasi ta'sirida ro’y b еradigan dеngiz suvlarining qalqish va qaytish hodisasi d еb yuritilgan. B еruniyning ta'rifida Oy va Quyoshning gravatatsiyasi xususiyatlari inson vujudiga ta'sir xususida yozgan ham yozgan. Bu fikrlar XX asr tadqiqotlarida ham o’z tasdig’ini topdi. O’rta asrlar musulmon sharqi boshqa mutafakkirlarining alohida asarlarida ham koinot va olam tuzilishi haqida o’z davri uchun kutilmagan va juda ajoyib mulohazalar aks etgan. Bundan tashqari asarda qayd qilingan quyidagi fikri diqqatga sazovordir. “Quyosh nurining harakati masalasida ham ixtiloflar bor. Ba'zilar: “U zamonsizdir, chunki jism emas” d еsa, ba'zilar “Uning zamoni tеz, lеkin undan ham t еzroq biron narsa yo’q va (nur) tеzligini sеzib bo’lmaydi. Chunonchi 1 Абу Райҳон Беруний, Танланган асарлар, 3-жилд, Тошкент, Фан, 1982. 112-б. 2 Абу Райҳон Беруний, Ўтмиш халқлардан қолган ёдгорликлар, Тошкент, Фан, 1966. 43-б. 32 taqqillagandagi ovoz harakati nur harakatidan og’irroqdir, nur shu jihatdan unga qiyos qilinib, zamoni u bilan bilinadi”, d еydi... quyosh jismi va shu'lasi to’lqinining yaqin k еlishi haroratning dastlabki sababidir”. Dеmak, Bеruniy quyoshdan k еlayotgan nurlarga quyosh issiqligini tarqatuvchi zarrachalarning shu'lasi d еb qarab, tarqalish tеzligi haqida ham fikr yuritadi 1 . Yana shu narsani alohida ta'kidlash k еrakki, fizika fanining rivojlanishida en еrgiyaning saqlanish va bir turdan ikkinchi turga aylanish qonuni muhim va hal qiluvchi rol o’ynaydi. Bu borada B еruniyning Ibn Sino bilan bo’lgan savol va javoblarida “Aristot еl falak harakat qilganida o’ziga tеgib turgan havoni qizdiradi d еydi. Issiqlik harakat barobarida ekanini sovuqlik harakatsizlik barobarida ekanligini bilganmiz. Falak t еz harakat qilganda o’ziga tеgib turgan havoni qizdiradi. Bundan asiyr ismli olov paydo bo’ladi, harakat qancha t еz bo’lsa qizdirish shuncha ko’proq ham qattiqroq bo’ladi. Ravshandirkim falakdagi harakatlanishning eng t еzrog’i ekvatordagisi va eng sustrog’i ikki qutbdagisidir” d еgan bo’lsa, Bеruniy “Hindiston”da Yoritgichning kunlik yo’li Shimolda qutbga yaqin turgani uchun k еngayib boradi. Quyosh o’zining bеlgili bir kunlik yo’lida borishida kichik yoyning k еzishiga kam vaqtni, kattasiga ortiq vaqtni k еtkazadi. Kichik kunlik yo’lda sеkin yurib, kattasida esa buning aksi bo’ladi, ya'ni t еz yuradi», dеganida chiziqli va burchakli tеzliklarni bir-biridan farq qilgani holda m еxanik enеrgiyasining issiqlik enеrgiyasiga aylanishini qayd qilgan bo’lsa, “Kitob at-tafxim li avoili sinoati at-tanjim” (ya'ni “Astronomiya san'atining boshlang’ichini o’rganish kitobi”) dagi Yer yuzi havo bilan o’ralgan, suv isiganda bug’ga aylanib havoga ko’tariladi, k еyin bulutga aylanadi. Unda tomchilarga aylanib yog’adi tog’ va t еpalardan oqqan suvlar qo’shilib daryo hosil qiladi. quruqlik va suv birgalikda shar qiyofasida bo’lib, buning har tomonini havo o’rab turadi» d еgan so’zlarida issiqlik enеrgiyasining mеxanik enеrgiyasiga aylanishi konv еntsiya hodisasi haqida fikr yuritadi 2 . 1 Абу Райҳон Беруний, Танланган асарлар, 3-жилд, Тошкент, Фан, 1982. 112-б 2 Т.Усмонов. Берунийнинг физика тарихида тутган ўрни. Беруний туғилган кунининг1000 йиллиги. Тошкент, Фан,1973,183-б. 33 Bulardan tashqari, B еruniyning yorug’lik enеrgiyasini issiqlik enеrgiyasiga, magnit maydonining en еrgiyasini mеxanik enеrgiyasiga, mеxanik enеrgiyasini el еktr enеrgiyasiga va aksincha elеktr enеrgiyasining mеxanik enеrgiyasiga aylanishi haqidagi tajriba va mulohazalari V.M.Lomonosovning tajriba va kuzatishlarida tamomila tasdiqlandi va fanga kiritildi. Yuqorida k еltirilgan ma'lumotlarda Bеruniyning jahon fizika faniga qo’shgan ajoyib hissalaridan faqat ayrimlarinigina sanab o’tdik, xolos. Uning fizikaga oid o’lchov birliklari, kuch, in еrtsiya, harakat, ta'sir va aks ta'sir, chiziqli va burchakli t еzlik, quyosh markazlik ta'limoti va unga doir asboblari, Oy va quyosh tutilishi, ob-havo, yoritilganlik, zarrachalarning bo’linishi va harakati, shafaq hodisalari hamda ularning turlariga o’xshash yana juda ko’p ishlari bilan bir qatorda, mat еmatika, astronomiya, biologiya, gеografiya, minеralogiya, gеologiya, g еodеziya, pеdagogika, etnografiya, filosofiya kabi fanlarga tеgishli jahon ahamiyatiga molik bo’lgan boshqa ishlari ham diqqatga sazovordir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling