O’zbek adabiy tili me’yorlari


Z.M.Boburning nutq va notiqlik haqidagi qarashlari


Download 247.65 Kb.
bet13/19
Sana18.06.2023
Hajmi247.65 Kb.
#1564150
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
O\'zbek tili mustaqil ish (3)

Z.M.Boburning nutq va notiqlik haqidagi qarashlari.

Zahriddin Muhammad Boburning ma’naviy-ma’rifiy qarashlari

Zahiriddin Muhammad Bobur ajoyib sarkardaligi bilan birga ma’rifatparvar shoh va nozik didli shoir ham bo’lgan. U o’z asarlarida go’zallikni kuylagan, insonlarni yaxshilik qilishga, hunar, ilm-fanni o’rganishga da’vat etgan. Bobur asarlarining mavzusi rang-barang bo’lib, ularda insonning ma’naviy qiyofasi, ilm-fanning foydasi, muhabbat, yaxshilik va yomonlik tasvirlangan. U yaratgan “Xatti Boburiy” asari arab yozuvini osonlashtirishga qaratilgan. Bobur arab harflarining osti va ustiga qo’yiladigan diakritik belgilar zol-zabar o’rniga harflar kiritishni taklif qilgan. Buyuk adib xalqni osonroq savodli qilish yo’lini izlab yaratgan mazkur alifbo amalga oshmadi. CHunki uni islomga shak kelitrish bilan barobar deb hisoblandi. “Boburnoma” asosan Hindistonda Boburiylar saltanatini barpo etgan shoh Boburning tarjimai holi bo’lib, unda muallif oddiy va jonli til bilan o’zining yoo’l qo’ygan xatolarini, qozongan g’alabalarini, yuksak orzu-umidlarini, tushkunlik holatlarini hikoya qilgan. Asar Avliyo Avgustino va Russoning kashfiyotlari, Gibbon va Nyutonning yodnomalari qatoridan o’rin olgan. Mazkur kitob umri davomida ko’pdan-ko’p yuksalishlar va tanazzullarni boshidan kechirgan insonning ibratli tarixidirki, uning yuksalishlari qanchalik sarbaland bo’lsa, tanazzullari shunchalik tubsizdir. “Boburnoma” asosan Hindistonda Boburiylar saltanatini barpo etgan shoh Boburning tarjimai holi bo’lib, unda muallif oddiy va jonli til bilan o’zining yoo’l qo’ygan xatolarini, qozongan g’alabalarini, yuksak orzu-umidlarini, tushkunlik holatlarini hikoya qilgan. Asar Avliyo Avgustino va Russoning kashfiyotlari, Gibbon va Nyutonning yodnomalari qatoridan o’rin olgan. Mazkur kitob umri davomida ko’pdan-ko’p yuksalishlar va tanazzullarni boshidan kechirgan insonning ibratli tarixidirki, uning yuksalishlari qanchalik sarbaland bo’lsa, tanazzullari shunchalik tubsizdir. Bobur qirq yetti yilu o’n oy umr ko’rgan bo’lsa, “Boburnoma” uning hayotidan atigi o’n sakkiz yilini qamragan. Kitob Boburning o’z qo’li bilan turkiy tilda yozilgan. Unda Bobur ijodiyotida ta’lim-tarbiya, odob-axloq masalalari keng o’rin olgan. Bir asarida: Xulqingni rost qilg’il har sorig’aki borsang, Axsanta der bari el gar yaxshi ot chiqarsang, deb yozgan Boburning o’zi umr bo’yi ana shu gapiga rioya qilgan. Ko’p g’azallarida axloqning barcha normalariga rioya qilish kerakligini va shundagina kishi el hurmatiga, katta baxtga sazovor bo’lishini uqtirgan. Insonlarga hurmatni, mehr-oqibat va boshqa ezgu fazilatlarni doimo ulug’lagan. Quyidagi ruboiy Boburning kamtarligidan, fikr-mulohazaliligidan dalolat beradi: Ko’p g’azallarida axloqning barcha normalariga rioya qilish kerakligini va shundagina kishi el hurmatiga, katta baxtga sazovor bo’lishini uqtirgan. Insonlarga hurmatni, mehr-oqibat va boshqa ezgu fazilatlarni doimo ulug’lagan. Quyidagi ruboiy Boburning kamtarligidan, fikr-mulohazaliligidan dalolat beradi: Ey, yel, borib ahbobg’a nomimni degil, Har kim meni bilsa, bu kalomimni degil. Mendin demagil, gar unutilgan bo’lsam, Har kimki meni so’rsa, salomimni degil. Bobur she’rlarida haqiqiy, barkamol inson timsoli madh etiladi, ulug’lanadi. Eng avvalo, insonning qadr-qimmatini yuqori tutish, amal va davlatga erishib g’ururlanmaslik, kamtarinlik kabi xislatlar targ’ib etiladi. Bobur she’rlarida haqiqiy, barkamol inson timsoli madh etiladi, ulug’lanadi. Eng avvalo, insonning qadr-qimmatini yuqori tutish, amal va davlatga erishib g’ururlanmaslik, kamtarinlik kabi xislatlar targ’ib etiladi.


Download 247.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling